Buxgalteriya lit


O‘rnatiladigan asbob-uskunalar



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/79
tarix28.01.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#99598
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   79
Buxgalteriya lit

O‘rnatiladigan asbob-uskunalar
“ 
schoti.
Bu schotda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va
chet davlatlarda ishlab chiqarilgan asbob-uskunalar
alohida-alohida hisobga olinadi. Schot aktiv hisoblanib,
uning debetida o‘rnatishni talab qiluvchi, kelib tushgan
asbob-uskunalar hamda o‘rnatilishini talab qiluvchi asbob-
uskunalarning qiymatiga yordamchi ishlab chiqarishning
turli xizmatlaridan foydalanish bilan bog‘liq sarf-
xarajatlar ko‘rsatiladi. „O‘rnatiladigan asbob-uskunalar“
schotining kredit tomonida o‘rnatishga berilgan asbob-
uskunalar qiymatini hisobdan chiqarish ko‘rsatiladi.


90
O‘rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oladigan
schotlarda uskunalar sotib olish (tayyorlash) qiymati va
qiymatlarni tayyorlash va korxonaga olib kelish xarajatlari
yig‘indisidan hosil bo‘ladigan haqiqiy sotib olish tannarxi
hisobga olinadi.

Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar
“ schoti.
Bu schotning o‘ziga xos xususiyati shundaki, amalga
oshirilayotgan xo‘jalik operatsiyalari bevosita naqd pul
berish, to‘lash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Korxona va tashkilotlar faoliyatida shunday xo‘jalik
operatsiyalari amalga oshiriladiki, ular bevosita hisobdor
shaxslar tomonidan bajariladi. Bunday xo‘jalik operat-
siyalarini amalga oshirish uchun tashkilot tomonidan
hisobdor shaxslarga naqd pul beriladi va berilgan pul
hisobiga tegishli xo‘jalik operatsiyalari amalga oshiriladi.
Т
ashkilot kassasidan hisobdor shaxsga berilgan pul uchun
maxsus hisobot buxgalteriyaga topshiriladi. Hisobdor
shaxslar bilan olib borilgan xo‘jalik operatsiyalarini
quyidagi misollarimizda ko‘rib chiqamiz.
Birinchi
operatsiya.
Korxona ekspeditori X. Isoqovga tegishli
materiallarni sotib olish uchun kassadan 6000 so‘m pul
berildi. Bunda quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:
Debet „Xodimga berilgan bo‘naklar“ schoti—6000
so‘m.
Kredit „Kassa“ schoti—6000 so‘m.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə