Buxgalteriya lit



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/79
tarix28.01.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#99598
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Buxgalteriya lit



82
V BOB.
ASOSIY XO‘JALIK JARAYON-
LARINI HISOBGA OLISH
1-§. Xo‘jalik jarayonlari to‘g‘risida tushuncha
Har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt xo‘jalik faoliyati
davomida turli xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirib bo-
radi va, buning oqibatida, o‘z mablag‘larining holatini,
ulardagi o‘zgarishlarni tartibga soladi. Xo‘jalikda yuz
berayotgan iqtisodiy jarayonlar, asosan, mablag‘lar haraka-
ti bilan bog‘liq bo‘lib, har bir jarayon mablag‘lar hara-
katiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Buxgalteriya hisobining o‘ziga
xos xususiyati va boshqa hisob turlaridan farqi shundaki,
birinchidan
, uning uzluksiz olib borilishi bo‘lsa, 
ikkin-
chidan,
turli o‘lchov birliklarida amalga oshirilgan xo‘jalik
operatsiyalarining pul o‘lchov birligida ifoda etilishi, 
uchin-
chidan, 
hisob ko‘rsatkichlarida mablag‘larning turlari bo‘yi-
cha alohida-alohida hisobga olinishini ta’minlashdir.
Har bir xo‘jalik jarayonida o‘zaro bog‘liqlikning to‘g‘ri
tashkil qilinishi korxona faoliyatining bir me’yorda olib
borilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Asosiy xo‘jalik
jarayonlari yordamida korxona va tashkilotlardagi mab-
lag‘larning holati o‘rganiladi.
Asosiy xo‘jalik jarayonlariga uch jarayon, ya’ni ta’-
minot, ishlab chiqarish, sotish jarayonlari kiradi. Har bir
jarayonda mablag‘larning harakati baholanadi. Demak, bu
jarayonlarda buxgalteriya hisobida aks ettirilgan korxona va
tashkilotlarning asosiy va oborot mablag‘larining holati
ko‘rsatiladi. „
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida
“ gi Qonun-
ning 12-moddasida „Oborot aktivlarini baholash quyida-
gi ikki bahoning eng pasti bo‘yicha balans tuzilgan sana-
dagi haqiqiy tannarxi bo‘yicha (sotib olish narxi yoki ishlab
chiqarish tannarxi) yoki bozor bahosi bo‘yicha (sof sotish
qiymati) amalga oshiriladi. Asosiy mablag‘lar va nomoddiy
aktivlar ularning to‘liq boshlang‘ich ishlab chiqarish qiy-
mati bo‘yicha hisobga olinadi“ deb belgilangandir.


83
Asosiy vositalarni sotib olish, o‘rnatish, tashib kelish
bilan bog‘liq xarajatlar bevosita ularning boshlang‘ich
qiymatiga o‘tkaziladi. Asosiy vositalar ishlab chiqarish
jarayonida uzoq vaqt ishlatilishi munosabati bilan o‘z
qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga o‘tkazib
beradi. Asosiy vositalarni baholashda ularni sotib olish,
tayyorlash yoki boshqa mulk egalaridan qaytarib bermaslik
sharti bilan olinishiga alohida ahamiyat berish lozimdir.
Har bir xo‘jalik jarayonida ishtirok etuvchi schotlar
tizimi bir-biridan farq qiladi, buning sababi shundaki,
jarayonlardagi xo‘jalik operatsiyalari mablag‘lar xarajatidagi
o‘zgarishlarni tartibga soladi, ikkinchidan, baholash tar-
tibida ham bir-biridan farq qiladi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə