Buxgalteriya lit


-§. Ishlab chiqarish jarayoni hisobi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/79
tarix28.01.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#99598
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   79
Buxgalteriya lit

4-§. Ishlab chiqarish jarayoni hisobi
Har bir korxona va tashkilot tegishli faoliyat yuritish
bilan o‘zining ishlab chiqarish jarayonini tashkil qiladi,
bu jarayonning bir me’yorda tashkil qilinishi uchun asosiy
mezon bo‘lib ta’minot jarayoni hisoblanadi.
Ishlab chiqarish jarayoni, o‘z navbatida, ta’minot va
sotish jarayonlariga o‘z ta’sirini o‘tkazib borishi mumkin.
Buxgalteriya hisobida ishlab chiqarish jarayonining
to‘g‘ri tashkil qilinishi,
birinchidan,
mahsulot tannarxini
to‘g‘ri hisob-kitob qilish imkoniyatini yaratsa, 
ikkinchidan,
mehnat unumdorligi, mavjud resurslardan tejamkorlik bilan
foydalanishni ifoda etadi.
Ishlab chiqarish jarayonida korxonaning tegishli
mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq imkoniyatlari to‘liq
namoyon bo‘ladi. Buxgalteriya hisobida ishlab chiqarish
jarayoni quyidagi schotlarda hisobga olinadi:
— asosiy ishlab chiqarish schotida;
— asosiy vositalarning eskirishi schotida;
— nomoddiy aktivlarning eskirishi schotida;
— yordamchi va boshqa ishlab chiqarishlar schotida;
— umumishlab chiqarish xarajatlari schotida;
— tayyor mahsulot schotida.
„Asosiy ishlab chiqarish“ 
schoti. Schot aktiv hisob-
lanib, uning uslubiyatida asosiy ishlab chiqarishga chiqa-
rilgan xomashyo va materiallar summasi ko‘rsatilsa, kredit
tomonida asosiy ishlab chiqarishdan olingan tayyor
mahsulotlar summasi ko‘rsatiladi. Bu schotning o‘ziga xos
xususiyati shundaki, mahsulot ishlab chiqarish bilan
bog‘liq barcha xarajatlar oy oxirida shu schotga o‘tkaziladi.
„Asosiy ishlab chiqarish“ schotida mahsulotning tannarxi


93
aniqlanadi. Demak, „Asosiy ishlab chiqarish“ schoti tannarx
aniqlovchi schot hisoblanadi.
„Asosiy ishlab chiqarish“ schoti yordamida tayyor-
langan tayyor mahsulot hisob-kitob qilinadi va tannarxi
ko‘rsatiladi. Agar korxonada bir nechta xildagi mahsulot
tayyorlansa, har bir turi bo‘yicha alohida-alohida analitik
ko‘rsatkichlar yuritiladi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə