Buxgalteriya lit



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/79
tarix28.01.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#99598
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Buxgalteriya lit

„Materiallar“ schoti.
Bu schot aktiv schot hisoblanib,
uning debet tomonida omborga qabul qilingan materiallar
summasi, kredit tomonda esa ombordan chiqarilgan
materiallar summasi ko‘rsatiladi. «Materiallar» schotining
debet va kredit tomonlaridagi yozuvlar bevosita kirim va
chiqim summalarini tasdiqlovchi hujjatlar bilan rasmiy-
lashtiriladi va bu hujjatlarga asoslanib, moddiy javobgar
shaxslar materiallar harakati bo‘yicha belgilangan sanalarga
hisobot tuzadilar va korxona buxgalteriyasiga topshiradilar.
Moddiy javobgar shaxslar tomonidan tuzilgan hisobotda
hisobot sanasiga kirim va chiqim qilingan materiallar
miqdori, summasi va qoldiqlari har bir moddiy javobgar
shaxsning hisobi bo‘yicha alohida-alohida hisoblanib
chiqiladi.
Demak, moddiy javobgar shaxslar tomonidan
tuziladigan hisobotlar uchun asos qilib, kirim va chiqim
hujjatlari olinadi.
Kt
Kt


89
„Materiallar“ schotining ko‘rsatkichlariga asosan
materiallar yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnoma
shartlarining bajarilishini nazorat qilish imkoniyati yara-
tiladi.
Bu schotda materiallarning harakati shartnoma baho-
larida olib boriladi.
Т
uzilgan shartnomaga asosan mol yetkazib beruv-
chilardan olingan materiallar summasiga debet, „Mate-
riallar“ schoti, kredit „Mol yetkazib beruvchilar va pud-
ratchilarga to‘lanadigan haq“ schoti deb buxgalteriya yozuvi
beriladi. Yozuv materiallar harakatini tasdiqlovchi schot-
faktura yoki yuk xatiga asosan beriladi va shu hujjatlarga
asosan materiallar moddiy javobgar shaxs tomonidan
kirimga qabul qilingan bo‘lishi kerak. Demak, „Materiallar“
schotining debet tomonida tegishli hujjatga asosan moddiy
javobgar shaxslar tomonidan omborga qabul qilingan
materiallar ko‘rsatiladi. Korxona va tashkilotlarda „Ma-
teriallar“ schotidagi yozuvlar pul o‘lchov birliklarida, ya’ni
so‘mda ifoda etilsa, materiallarni saqlash, ularni ishlab
chiqarishga sarf qilishi so‘mda va miqdor ko‘rsatkichlarida
ham olib boriladi. Buning uchun materiallar bo‘yicha
omborda har bir material turi bo‘yicha alohida-alohida
analitik kartochkalar yuritiladi. Analitik kartochkalarni
yuritishdan asosiy maqsad
birinchidan
, materiallarning
turlari bo‘yicha aniq ma’lumot olish bo‘lsa, 
ikkinchidan
,
ularning to‘liqligini ta’minlashdir.


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə