Buxgalteriya lit



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/79
tarix28.01.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#99598
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Buxgalteriya lit

3-§. 
Т
a’minot jarayoni hisobi
Mulk shaklidan qat’i nazar, har bir korxona va tash-
kilot birlamchi faoliyat ko‘rsatish uchun tegishli asosiy va
oborot mablag‘lari holatini tartibga solgan holda o‘z
Nizomini ishlab chiqadi va shu Nizomga asosan faoliyatni
amalga oshiradi. Buning uchun, Nizom tegishli davlat
idoralari (hokimlik) ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lishi shart.
Т
a’minot jarayonida korxona va tashkilotning bevosita
o‘ziga taalluqli bo‘lgan asosiy va aylanma mablag‘larining
holati hisob-kitob qilinadi va mablag‘lar holatidagi


87
o‘zgarishlar tegishli schotlarda alohida-alohida hisobga
olinadi. Bu jarayonning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u
orqali boshqa jarayonlar uchun asos yaratiladi.
Ya’ni boshqa korxona va tashkilotlar bilan o‘zaro hisob-
kitoblarni yuritish uchun imkoniyat yaratiladi. O‘zaro
hisob-kitoblarni tartibga solish tomonlar o‘rtasida tuzilgan
shartnomalar asosida amalga oshiriladi. 
Т
uzilgan shart-
nomalarning bajarilishi ta’minot, ishlab chiqarish va sotish
jarayonlarining boshlanishi uchun asos yaratadi.
Т
a’minot jarayoni korxona faoliyatining asosini tashkil
qilishi kerak, chunki u jarayon tannarxga ham o‘z ta’sirini
o‘tkazadi.
Buxgalteriya hisobida ta’minot jarayoni quyidagi schot-
larda ko‘rsatiladi:
Asosiy vositalar“ schotida;
„Materiallar“ schotida;
„O‘rnatiladigan asbob-uskunalar“ schotida;
„Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar“ schotida.

Asosiy vositalar“
schoti. 
Asosiy vosita deb, har bir
donasining qiymati 15 minimal ish haqidan yuqori va xizmat
qilish muddati bir yildan ortiq bo‘lgan mehnat qurollariga
aytiladi.
Asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonida uzoq
vaqt ishtirok etib, o‘z qiymatini asta-sekin ishlab chiqa-
rilgan mahsulot tannarxiga eskirish, hisoblash yo‘li bilan
o‘tkazib boradi.
„Asosiy vositalar“ schoti aktiv schot hisoblanib, uning
debet tomonida asosiy vositalarning ko‘payishi, kredit
tomonida esa ozayishi ko‘rsatiladi. Asosiy vositalarning
kirimga qabul qilinishi yoki tugatilishi maxsus komissiya
a’zolari tomonidan tuzilgan dalolatnoma bilan hujjat-
lashtiriladi. Asosiy vositalar buxgalteriya hisobida bosh-
lang‘ich bahoda ko‘rsatiladi. Asosiy vositalarning haraka-
tini va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibini o‘rganish
maqsadida quyidagi misolni keltiramiz.
1. 2003- yil 15- fevralda tuzilgan dalolatnomaga asosan
korxonaga „Bahor“ sovitgichi qabul qilindi—150000 so‘m.


88
Bu misolimizga quyidagicha buxgalteriya yozuvi beriladi.
Debet — „Asosiy vositalar“ schoti—150000 so‘m.
Kredit „Kapital qo‘yilmalar“ schoti—150000 so‘m.
Misolimiz schotlar chizmasida quyidagicha ko‘r-
satiladi:
Dt 0800
Boshlang‘ich
qoldiq
150000
Dt 01000
Boshlang‘ich
qoldiq
150000
„Asosiy vositalar“ schoti bo‘yicha kirimga qabul qilin-
gan va ishlab chiqarishda tugatilgan asosiy vositalar bu
to‘g‘rida tuzilgan maxsus dalolatnomalar bilan rasmiy-
lashtiriladi. Buning uchun korxona rahbari tomonidan
buyruq chiqariladi va unda dalolatnoma tuzuvchi komis-
siya a’zolarining tarkibi ko‘rsatiladi. Dalolatnoma har bir
kirim yoki tugatilgan asosiy vosita bo‘yicha alohida-alohida
tuziladi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə