Buxgalteriya lit



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/79
tarix28.01.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#99598
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Buxgalteriya lit

Kelgusi davr xarajatlari
“ deb hisobga
olinadi. Hisobot yili boshlangandan so‘ng obuna
xarajatlarining o‘rtacha oylik miqdori aniqlanib, ishlab
chiqarilgan mahsulot tannarxiga oyma-oy o‘tkazilib
boriladi.
Mahsulot tannarxining to‘g‘ri hisoblanishi, har bir
korxona va tashkilot uchun mas’uliyatli davr hisoblanib,
unda mahsulot ishlab chiqarishga sarf qilingan asosiy va
qo‘shimcha xarajatlar hisob-kitob qilinadi. Iqtisodiy
adabiyotlarda mahsulot ishlab chiqarishda, uning tan-
narxini aniqlashda turli usullar, shu jumladan: oddiy
oraliq, zakaz (buyurtma), normativ usullarining ishla-
tilishi ko‘rsatilgan.
Yuqoridagi usullardan qaysi birini tanlash va
amaliyotda foydalanish bevosita ishlab chiqarilayotgan
mahsulotga, korxona texnik holatiga ham bog‘liqdir.
Mahsulot tannarxini aniqlashda qaysi bir usuldan
foydalanmaylik, tannarxni aniqlovchi schot bo‘lib, u


86
„Asosiy ishlab chiqarish“ schoti hisoblanadi. Bu schotning
debet tomonida tegishli mahsulot ishlab chiqarishga sarf
qilingan asosiy xarajatlar ko‘rsatiladi. Mahsulot ishlab
chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan turli xarajatlar bosh
schotlarda yig‘ilib boradi. Hisobot davrining oxirida
mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar
«Asosiy ishlab chiqarish» schotiga o‘tkaziladi.
Mahsulot tannarxini aniqlashda hukumat tomonidan
belgilangan xarajatlarni mahsulot tannarxiga o‘tkazish
tartibi va xarajat moddalariga alohida e’tibor talab qilinadi.
Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajat moddalariga
asosan ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxi „Asosiy
ishlab chiqarish“ schotida aniqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1999- yil 5- fevraldagi 54- qarorida mahsulot (ishlar,
xizmatlar) ning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan
xarajatlar tarkibi ko‘rsatilgan. Qarorga asosan, mahsulot
(ishlar, xizmatlar) ning ishlab chiqarish tannarxiga ishlab
chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan, ishlab chiqarish texno-
logiyasi bilan shartlangan xarajatlar kiradi.
Ularga quyidagi xarajatlar tegishlidir:
— bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar;
— bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari;
— ishlab chiqarish xususiyati bilan bog‘liq bo‘lgan
ustama xarajatlar.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə