Buxgalteriya lit



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/79
tarix28.01.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#99598
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   79
Buxgalteriya lit

Ikkinchi operatsiya.
Hisobdor shaxs X. Isoqov
tomonidan 5800 so‘mlik materiallar naqd pulga olindi va
korxona omboriga topshirildi. Ikkinchi operatsiyaga quyi-
dagicha buxgalteriya provodkasi beriladi.
Debet „Materiallar“ schoti—5800 so‘m.
Kredit „Xodimga beriladigan bo‘naklar“ schoti — 5800
so‘m.
Uchinchi operatsiya
. Hisobdor shaxs Isoqov X.
tomonidan ishlatilmay qolgan 200 so‘m kassaga qaytarildi
(6000—5800=200 so‘m). Uchinchi operatsiyaga quyidagicha
buxgalteriya provodkasi beriladi.


91
Debet „Kassa“ schoti — 200 so‘m.
Kredit „Xodimga berilgan bo‘naklar“ schoti — 200 so‘m.
Korxona kassasidan hisobdor shaxslarga berilgan pul
bo‘yicha har bir hisobdor shaxs buxgalteriyaga hisobot
beradi. Hisobotda kassadan olingan pul mablag‘ining sarf
qilinishi tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanganligi ko‘r-
satiladi.
Korxonada ishlab chiqarish jarayonini bir me’yorda
tashkil qilish bevosita ta’minot jarayonida yaratiladi.
Т
a’minot jarayonida materiallar harakatini to‘g‘ri tashkil
qilish alohida ahamiyatlidir.
Buxgalteriya hisobida materiallar harakati aktiv „Ma-
teriallar“ schotida olib boriladi. „Materiallar“ schotining
debetida omborga tegishli hujjatlar asosida kirimga bori-
ladi. „Materiallar“ schotining debetida omborga tegishli
hujjatlar asosida kirimga qabul qilingan materiallar,
xomashyo, yarimtayyor mahsulotlar va hokazolar ko‘rsa-
tiladi, kreditida esa ombordan tegishli hujjatlarga asosan
chiqim qilingan materiallar ko‘rsatiladi. Omborga kirim va
chiqim qilingan xomashyo va materiallarning harakati
moddiy javobgar shaxs — ombor mudirining hisobotida
o‘z ifodasini topadi. Hisobot tuzish uchun asos bo‘lib,
ombordagi materiallarning kirim va chiqimini tasdiqlovchi
hujjatlar hisoblanadi.
Materiallar schoti yordamida ishlab chiqarish rejasini
bajarish imkoniyatlari o‘rganiladi. Bu schotda xomashyo
va materiallarning harakati kelishilgan shartnoma, ya’ni
sotib olish baholarida hisob-kitob qilinadi.
Mol yetkazib beruvchilardan olingan materiallar
summasiga debet „Materiallar“ schoti, kredit „Mol yet-
kazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar“ schoti
deb yozuv beriladi.
Omborga qabul qilingan material-xomashyolarning
to‘liqligini ta’minlashda moddiy javobgar shaxslarning
hisobotlari birlamchi asos sifatida qabul qilinsa, ikkinchidan,


92
buxgalteriya hisobining tegishli schotlarida mablag‘larning
to‘liqligi nazorat qilinadi.
Moddiy javobgar shaxslarning hisobotlari asosida
buxgalteriya hisobida tegishli yozuvlar beriladi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə