Buxgalteriya lit



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/79
tarix28.01.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#99598
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Buxgalteriya lit

bevosita
xarajatlar
deb yuritiladi. Shunday
xarajatlar qilinadiki, ularni ishlab chiqarilgan mahsulot
tannarxiga to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tkazish mumkin emas,
chunki bunday xarajatlar turli ishlab chiqarilgan mahsu-
lotlarga taalluqlidir, bunday xarajatlar 
bilvosita
xarajatlar
deb ataladi. Bilvosita xarajatlar ishlab chiqarilgan mahsulot
tannarxiga tegishli taqsimlash yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Mahsulot ishlab chiqarishda sarf qilingan xarajatlarni
to‘g‘ri hisob-kitob qilishda ularni tugallangan va tugallan-
magan tayyor mahsulotlar bo‘yicha alohida-alohida
aniqlash talab qilinadi, chunki mahsulot tannarxi kalku-
latsiyasi, asosan, tayyor mahsulotga nisbatan amalga
oshiriladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda, shu jumladan, buxgalteriya
hisobiga doir yozilgan adabiyotlarda 
kalkulatsiya
bilan
kalkulatsiya
qilishga
turlicha ta’rif berilgan. Professor
M.Ostonaqulov tomonidan yozilgan „
Buxgalteriya hisobi
nazariyasi“
darsligida bu holatga to‘g‘ri ta’rif berilgan.
Kalkulatsiya 
deb, ma’lum ishlab chiqarilgan mahsulot,
tayyorlangan moddiy qiymatlik, bajarilgan ish va qilingan
xizmatlarning rejalashtirilgan, me’yoriy yoki haqiqiy
tannarxini ko‘rsatuvchi hujjatga aytiladi.
Kalkulatsiya qilish 
deb esa, ishlab chiqarilgan mahsulot,
tayyorlangan moddiy qiymatlik, bajarilgan ish va qilingan
xizmatlarning rejalashtirilgan ish va qilingan xizmatlarning
rejalashtirilgan, me’yoriy yoki haqiqiy tannarxini aniqlash
jarayoniga aytiladi.


85
Xarajatlarni mahsulot tannarxiga o‘tkazish, ya’ni
bevosita tannarxga ta’sir qiluvchi xarajatlardan unumli
foydalanish, mahsulot sifatiga salbiy ta’sir qilmasdan
ularni tejab qolish imkoniyatlarini ishga solish, rentabellik-
ni oshirishga qaratilgan omildir.
Mahsulot (ish, xizmatlar) tannarxiga kiritilgan xara-
jatlar qonun va me’yoriy hujjatlar bilan tasdiqlanib,
kalkulatsiya moddalari ishlab chiqiladi.
Mahsulot tannarxini to‘g‘ri aniqlashda xarajatlarni
hisobot davrlari bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlash alohida e’ti-
borlidir. Shunday xarajat moddalari borki, ularni hisobot
davri bo‘yicha to‘liq tannarxiga o‘tkazish iqtisodiy jihatdan
noo‘rindir. Hozirgi kunda mahsulot (ish, xizmat)lar
tannarxiga quyidagi xarajatlar kiritilgan.
Misol uchun,
kelgusi yil uchun gazeta va jurnallarga
obuna bo‘lish hisobot yilining oxirida amalga oshiriladi.
Agar bu xarajatlarni hisobot yilining oxirgi oylarida
xarajatlarga qo‘shilmasa, mahsulot tannarxida sezilarli
o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday xarajatlar
buxgalteriya hisobida „

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə