Buxgalteriya lit



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/79
tarix28.01.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#99598
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   79
Buxgalteriya lit

„Davr xarajatlari“
schoti. Mahsulotni sotish, iste’-
molchiga yetkazib berish bilan bog‘liq xarajatlar davr
xarajatlari (savdoda muomala xarajatlari) deb yuritiladi.
Davr xarajatlari buxgalteriya hisobida „Davr xara-
jatlari“ yig‘ib-taqsimlovchi schotida yuritiladi. Hisobot
davrining oxirida davr xarajatlari olingan yalpi daromad-
dan qoplanadi. Davr xarajatlariga tovarni iste’molchiga
yetkazib berish bilan bog‘liq xarajatlar, ya’ni trans-
port, reklama, asosiy vositalarning eskirishi, ish haqi
xarajatlari kiradi.
Т
armoq xususiyatidan kelib chiqqan davr xarajatlari
savdo tashkilotlarida muomala xarajatlari deb yuritiladi.
Savdodagi xarajatlarni hisobot davrida qoplashda ularning
bevosita sotilgan tovarlarga taalluqli va qolgan tovarlarga
taalluqli summalarini aniqlash talab qilinadi. Shuning
uchun, har oyning oxirida sotilgan va qolgan tovarlarga
tegishli xarajatlarni aniqlash maxsus hisob-kitobni talab
qiladi.


99
Buxgalteriya hisobida „Davr xarajatlari“ schoti
yuritiladi. Bu schotning debet tomonida tovarni sotish va
sotishga tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlar ko‘rsatiladi.
Misol.
1. Xodimlarga may oyi uchun 70000 so‘m ish haqi
hisoblandi.
2. Xodimlarga hisoblangan ish haqidan 24000 so‘m
ijtimoiy sug‘urtaga ajratilgan.
3. Xodimlar ish haqidan 18000 so‘m soliq summalari
ushlab qolindi.
Misolimizga quyidagicha buxgalteriya yozuvlari beri-
ladi:
1. Debet „Davr xarajatlari“ schotining „Mehnatga haq
to‘lash bo‘yicha xarajatlari“ subschoti — 70000 so‘m,
kredit „Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob-
kitoblar“ schoti — 70000 so‘m.
2. Debet „Davr xarajatlari“ schoti — 24000 so‘m,
kredit „Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar“ schoti — 24000
so‘m.
3. Debet „Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob-
kitoblar“ schoti — 18000 so‘m, kredit „Budjetga to‘lovlar
bo‘yicha qarzdorlik“ schoti — 18000 so‘m.
Misolimiz buxgalteriya hisobi schotlari chizmasida
quyidagicha ko‘rsatiladi:

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə