Baliqlar ekologiyasi fanidan ma’ruzalar Kirish Baliqlar ekologiyasi fanining mohiyati va rivojlanishi


Baliqlarning tuproqning, muallaq moddalarning, yorug`lik, ovoz, suvning o`zgarishining ta`siri



Yüklə 152,5 Kb.
səhifə3/10
tarix21.05.2022
ölçüsü152,5 Kb.
#87511
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Baliqlar ekologiyasi

3.Baliqlarning tuproqning, muallaq moddalarning, yorug`lik, ovoz, suvning o`zgarishining ta`siri.
Baliqlarning yashashiga tuproqning (grunt) ta`siri muhim ahamiyatga ega. Suv ostidagi tuproqdan baliqlar substrakt(tayanch) sifatida foydalanmaydi.
Shunday baliqlar borki, ular suv ostidagi tuproqdan umuman foydalanmaydi. Ammo ko`pchilik baliqlar suv osti tuprog`idan har xil maqsadlar uchun foydalanadi. Ko`pincha baliqlar bilan tuproq orasidagi munosabat-ozuqa sifatida foydalandi. Misol uchun, lesh balig`I tuproqqa yig`ilgan faol loyqadan hosil bo`lgan biomassa hisobiga yashaydi. Toshli tuproqlarda yashovchi baliqlarning maxsus moslanmalari bo`lganligi sababli, ular o`zlarini himoya qilish uchun berkinishmaydi.
Ayrim baliqlar tuproqdagi balchiq rangiga o`xshash rang hosil qiladi. Ko`pchilik baliqlar faol loyqa ichkarisiga kovlab, oziqlanish uchun kiradi, ayrimlar esa uy qilib yashash uchun foydalanadi.
Baliqlar hayotida faqat tuproqdagi balchiq emas, muallaq moddalar ham muhim ahamiyatga ega. Bulardan biri suvning rangi. Ichki suv havzalaridagi va ayrim dengizlarning qirg`og`idagi suvlarning rangi ular tarkibidagi mineral muallaq zarrachalarga bog`liq. Suvdagi muallaq moddalar, baliqlarga har xil ta`sir qilishi mumkin. Muallaq zarrachalarning kuchli ta`siri oqadigan suvlarda kuzatiladi. Undagi qattiq zarrachalarning miqdori 4% gacha tashkil qiladi, qattiq mineral zarrachalarning diametri 2-3 sm bo`lganligi sababli, ular baliqlarga mexanik ta`sir qiladi. Shu sababli baliqlarda loyqa suvlarda yashashga moslanish paydo bo`ladi. Loyqa suvda yashovchi baliqlarning, misol uchun golstov-Nemachilus mexanik ta`sirlardan himoyalanish uchun ko`zlari kichiklashadi ya`ni ko`zlarini qattiq muallaq zarrachalardan himoyalsh uchun ham shu holatga o`tadi.
Loyqa suvlarning tarkibidagi muallaq moddalar baliqlarning nafas olishiga ham ta`sir qiladi. Shu sababli loyqa suvda yashovchi baliqlar terisi orqali shilimshiq moddalar ishlab chiqarib, muallaq moddalarni tezda cho`ktiradi. Aniqlanishicha, baliqlar terisidan chiqariladigan shilimshiq moddadan 500 sm3 hajmdagi loyqa suvga 1-2 tomchi tomizilsa, 20-30 sekund ichida loyqalar cho`kar ekan. Baliqdan chiqadigan shilimshiq modda baliq jabrasini muallaq moddalarning tiqilib qolishidan saqlar ekan.

Yüklə 152,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə