Baliqlar ekologiyasi fanidan ma’ruzalar Kirish Baliqlar ekologiyasi fanining mohiyati va rivojlanishi



Yüklə 152,5 Kb.
səhifə4/10
tarix21.05.2022
ölçüsü152,5 Kb.
#87511
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Baliqlar ekologiyasi

Yorug`lik ta`siri: yorug`likning barcha turlari baliqlar hayotida bevosita va bilvosita muhim ahamiyatga ega. Ko`pchilik baliqlarning harakatida, oziqlanishida, yirtqichligida, harakatsiz jismlarga tegmaslikda ko`rish muhim ahamiyatga ega. Faqat ayrim baliqlar qorong`I joylarda g`orlarda artisan suvlarda yashashga moslashganlar.
Yorug`lik baliqlarning struktura tuzilishida muhimdir. Ko`rish organining rivojlanishida yorug`lik beruvchi organining bo`lmasligi, sezish organining rivojlanishida, bo`yoq moddalar hosil bo`lishida zarurdir. Yorug`lik baliqlarda moddalar almashinuvida muhim ahamiyatga ega. Yorug`likning suv uchun muhimligini isbotlovchi asosiy fakt-suvning tiniqligidir. Suv havzalarining tiniqligi turli xildir. Ayrim suv havzalarida suvlar loyqa bo`lganligi sababli, ularda tiniqlik deyarli yo`q. bunday suvlar Hindiston, Xitoy va O`rta Osiyoda mavjud. Ayrim dengizlardagi suvlarning tiniqligi 59-66,5 metrgacha boradi. Suv havzalari muzlaganda ham tiniqlik kamayadi.
Baliqlar yorug`likni ko`zi va yorug`lik sezuvchi buyragi orqali qabul qiladi. Suvdagi yorug`likning o`ziga xos xususiyati baliq ko`zining tuzilishi va funksiyasining xususiyati bilan belgilanadi. Yorug`lik kam tushadigan suvning chuqur joylarida baliqlar har xil moslanishlarni hosil qiladi. Ayrim baliqlarning ko`zi kattalashadi. Ko`zning kattaligi baliq boshining 40% ini tashkil etadi.
Suvning chuqur qismida yashovchi baliqlarning ko`zlari kattalashishi bilan ayrimlarida esa, qisqaradi( kichiklashadi) yoki umuman yo`qoladi. Bunday baliqlarning tansida har xil o`zgarishlar hosil bo`ladi. Suzuvchi toq yoki juft qanotlari cho`ziladi yoki mo`ylovi o`sadi. Bular esa ko`rish organi vazifasini bajaradi. 300 m dan chuqurlikda yashovchi baliqlar nur tarqatish qobiliyatiga ega. Tanadan chiqariladigan shlimshiq modda tarkibida fosfor, ayrim pigmentlar nur tarqatish qobiliyatiga ega.
Ayrim baliqlar yorug`likka qarab intiladi. Kilka, sayra va boshqalar yorug`likka intilib, ko`zi orqali kerakli ozuqani topadi. Bir xil baliqlar, masalan sazan yorug`likdan qochadi.
Yorug`lik baliqlarda moddalar almahsinuvi jarayonida muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 152,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə