Baliqlar ekologiyasi fanidan ma’ruzalar Kirish Baliqlar ekologiyasi fanining mohiyati va rivojlanishi



Yüklə 152,5 Kb.
səhifə10/10
tarix21.05.2022
ölçüsü152,5 Kb.
#87511
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Baliqlar ekologiyasi

13. Baliqlar migratsiyasi:

Baliqlar o’z yashash joylarini faol ravishda yoki faolyatsiz ravishda almashtirib turish xususyatiga ega. Bunday jarayonga migratsiya deyiladi. Baliqlar migratsiyasining o’ziga xos xususyati , asosan moslanish xulqini namayon qiladi. Baliq turlari yashash uchun qulay joy qidiradi.


Migratsiya baliqlar hayot siklining asosiy zvenolaridan biridir. Baliqlarning migratsiyon jarayonlari quyidagilarda iborat:
Nerest migratsiyasi – baliqlarning yaylov yoki ozuqa zonasidan yoki qishlash joyidan ko’payish , nerest joylariga o’tishi
Nagul (yaylov) yoki ozuqa joyiga qarab migratsiya.
Qishlash joyiga qarab migratsiya.
Baliqlarning migratsiya siklini amalga oshirish 2-xil ko’rinishda yani migratsiyalanuvchi va o’troq baliqlarga bo’linadi. Baliqlar ichida o’troq holatida yashovchiri kam uchraydi. Bunday baliqlar turiga bichoklar (buqachalar) Gobiiolas, gambuziya-Gambusia affinis kiradi. Barcha baliqlarda migratsiya jarayoni bir xil kechmaydi. Bir xil baliqlarda nerest va nagul (yaylov) migratsiyasi bo’lib qishlash migrasiyasi kuzatilmaydi. Nagul davri tugashi bilan qishlash davri boshlanadi. Ayrim baliqlarda nagul joyi bilan nerest joyi to’g’ri keladi. Baliqlar suvliklarning 8-10 metr chuqurliklarida qishlaydilar. Ayrim baliqlarda ozuqa va nagul migratsiyasi voyaga etishi bilan boshlanadi. Yosh baliqlar nerest joyidan yayllov joylariga faqat voyaga yetganda , yani 2-3 yoshligida boradilar. Bunday migratsiya dengizlarda kuzatiladi.
Ko’pchilik baliqlarda nerest migratsiyasi voyaga yetish stadyasi bilan boshlanadi. Bu davrda baliq tanasida garmonal follik jarayoni namayon bo’lib , baliq xarakter va xulqida o’zgarish yuz beradi. Natijada yangi tabiiy tasirlagichlar shakllanadi va bu nerest migratsiyasi uchun signal hisoblanadi.
Baliqlarda qishlash migratsiyasi semizlik va yog’ to’plami bilan bog’liq.
Migratsiya masofasi va davomiyligi migrasiyalanuvchi baliq tuzulishi holati bilan bog’liq bo’ladi. Katta baliq kuchli va semiz bo’lsa oqimga qarshi uzoq masofaga migratsiyalanadi.
Nerest migratsiyasi – baliqlaning qishlash joyidan yoki yaylov joylaridan ikra qo’yish joylariga o’tishidir. Baliqlarning nerest joylarini tanlashi hayot davomida shakllanib, u ikralar otalanishi , rivojlanishi uchun qulay joy sanaladi. Tanlangan joy yirtqichlardan himoyanlangan bo’ladi.
Ko’pchilik baliqlar ko’payish uchun ko’ldan daryo yoki kanal, zovurlarga chiqadi anadrom migratsiya amalga oshiriladi. Anadrom migratsiya asosan karpsimonlarga xos xususyat hisoblanadi. O’tuvchi baliqlar daryo va kanallarda va ko’llarda oziqlanadilar. Bazi bir daryoda yaashovchi baliqlar tuxum qo’yish uchun ko’llarga yoki suvomborlariga keladi va bu jarayonga katadrom migratsiya deyiladi. Nerest migratsiyasi suv harorati bilan ham bo’liq. Suv harorati 8-10 0C bo’lganda fevral oyida sudak , jerex kabi turlar chiqsa , harorat 12-14 0C bo’lganda vabla kabi turlar chiqadi, suv harorati 18-20 0C bo’lganda zog’ora, lesh, karas va boshqalar nerestga chiqishadi.
Ozuqa yoki nagul migratsiyasi bu baliqlarning ko’payish joyidan yoki qishlash joyidan yangi ozuqaga boy bo’lgan joyga o’tadi. Voyaga yetgan baliqlar ko’payish davri tugallanishi bilan ozuqlanish uchun yangi joylarga aktiv harakat qilib keladi. Kopatish joyini tark etishlari aktiv migratsiya deyiladi. Baliqlar gorizantal migratsiyadan tashqari vertical migratsiya ham mavjud. Ozuqa qidirib suvning chuqur joylariga boradilar va o’zlarini dushmanlardan himoya qiladilar.
Baliqlarning nagul joylaridan qishlash joylariga o’tishi qishlash migratsiyasi deyiladi. Qishlash migratsiyasi asosan suvliklarning sayoz joyidan chuqur joylariga ko’chishida kuzatiladi. Buning asosiy sababi suv haroratining suv yuzasiga nisbatan suv tubida yuqori bo’ladi. Ko’llarning chuqurligi 1,5-2 m , maksimal 5-6mli joylar bo’lmasa baliqlar daryoning chuqur joylariga migratsiya qiladi. Ko’llarning chuqur joylarida baliqning biotik omillariga bo’lgan talabi qoniqarli darajada bo’lishi kerak. Kislarodning miqdori 2 mg/l dan kam bo’lmasligi kerak. Qishda esa muzlar sindirilib har 4-5 mdan bittadan 1-1,5 m teshiklar ochilishi kerak. Baliqlarni qishlash joyida karbonat angidrid gazi ko’paysa, baliqlarni bezovta bo’lishiga olib keladi.
Migratsiya baliq hayoti uchun zarur biologic jarayon bo’lib , turlarni qirilib ketishidan saqlashga qaratilgan murakkab jarayondir.
Yüklə 152,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə