Baliqlar ekologiyasi fanidan ma’ruzalar Kirish Baliqlar ekologiyasi fanining mohiyati va rivojlanishi



Yüklə 152,5 Kb.
səhifə5/10
tarix21.05.2022
ölçüsü152,5 Kb.
#87511
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Baliqlar ekologiyasi

Ovozning ta`siri: suvlarda ovozning tarqalishi, havoga nisbatan 4,5 marta tez. Ovozning suvga yutilishi havoga nisbatan 1000 marta kichik. Baliqlar ovozni mexanik, infraovozli va ovozli tebranish sifatida qabul qiladi.
Baliqlar ovozni eshitmasdan balki ovoz chiqarish xususiyatiga ega. Baliqlarning ovoq chiqarish organlari har xildir. Ko`pchilik baliqlarda ovoq chiqarishi organi bu havo pufakchasi(suzgich pufagi).
Suzish pufakchasi maxsus muskullar bilan ta`minlangan. Baliqlar ovozga kuchli sezgir bo`lishadi. Ovoz bir xil baliqlarni qo`rqitadi, ayrimlari esa ovozni yaxshi qabul qiladi. Motorlarning ovozi, qayiqlardan chiqadigan ovozlar baliqlarni qo`rqitib, ularni sakratadi. Shovqindan amur, tolstalob suvda qo`rqqanidan sakraydi. Baliqlarni ushlashda ovozdan foydalaniladi.


4.Baliqlarga elektr tokining, rengent nurining, radiaktivlikning va haroratning ta`siri.

Tabiiy suv havzalarida kuchsizlangan elektr toklari mavjud bo`lib, ular yerning magnitizmi va quyoshning faolligi bilan aloqada bo`ladi. Tabiiy elektr toklarining mavjudligi Barents va Qora dengizlarda aniqlangan, ularning barcha suv havzalarida mavjudligi o`rganilgan. Bu toklar baliqlarning biologik jarayonlarida muhim ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda 300 ga yaqin baliqlarda toklarni yig`uvchi maxsus organlari borligi aniqlangan. O`zida elektr toklarini yig`uvchi baliqlar 3 guruhga bo`linadi:


1.Katta elektrik organlarga ega baliqlar. Bular 20 dan 600 woltgacha tok ishlab chiqaruvchilar. Bu guruhga elektrik ugor, elektrik skat, elektrik som va boshqalar. Bu razyadlarning ekologik ahamiyati ozuqaga hujum qilish va himoyalanishdir.
2. Maxsus elektrik organlarga ega bo`lmagan baliqlar, lekin 17 woltgacha razyadlar hosil qiluvchilar. Bu guruhga ko`proq skatlar misol bo`ladi. Bu guruhdagi razyadlar tovushlarni qabul qilish qilish (lokatsiya), signallarni qabul qilish, maxsus joylarni aniqlashga moslashganlar.
3.Maxsus elektrik organlarga ega bo`lmagan baliqlar. Bular elektr aktivligiga ega bo`lgan dengiz va toza suvda yashovchi baliqlar kiradi.
Baliqchilik xo`jaliklarida elektr tokidan foydalanib baliqlar ushlanadi.

Yüklə 152,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə