Baliqlar ekologiyasi fanidan ma’ruzalar Kirish Baliqlar ekologiyasi fanining mohiyati va rivojlanishi


Rengent nuri va radiaktivlikning ta`siri



Yüklə 152,5 Kb.
səhifə6/10
tarix21.05.2022
ölçüsü152,5 Kb.
#87511
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Baliqlar ekologiyasi

Rengent nuri va radiaktivlikning ta`siri
rengent nuri tezlik bilan Yoshi katta baliqlarga, ikralarga, embrionlarga va lichinkalarga yomon ta`sir qiladi. R.V. Samoxvalovaning olib borgan tajribalarida Lebistes reticulatus ga 4000 rentgen ta`sir qilganda uning o`lishi kuzatilgan. Ushbu baliqga kam miqdordagi roentgen nuri jinsiy bezga ta`sir qilganda xotiraning yo`qolishi va bezning degineratsiyaga uchrashi kuzatilgan.
Rentgen nuri suvning chuqur qismiga borishi bilan o`z kuchini kamaytiradi, 100 m chuqurlikka borgan roentgen nurining yarmi qisqaradi. Radioaktiv nurlar Yoshi katta baliqlarga qaraganda ikra va embrioni kuchli ta`sir qiladi. Losos ikrasiga 16 rentgen nuri ta`sir qilganda 50 % ikralar o`ladi. Kuchsiz miqdordagi nurlar bilan nurlanganda, ular ta`sirida organizmda rivojlanish tez bo`ladi.
Ishlab chiqarishda, qishloq xo`jaligida va tbbiyotda ishlatiladigan radiaktiv izatoplarni qo`llaganda, gidrosferaning ifloslanishiga sabab bo`ladi. Baliqlar va suvda yashovchi organizmlar, o`z tanasida radiaktiv moddalarni yig`ish xususiyatiga ega. Insonlar baliqlarni iste`mol qilib o`z organizmida radiaktiv moddalarni yig`ishi mumkin. Eng xavfli radionukliotidlardan stronsiydir,( Sr90-tarqalish T=28,4 yil). Stronsiy asosan baliqlarda oshqazon, jabralar teri orqali o`tadi. Stronsiyning asosiy miqdori( 50-65%) suyaklarda, ichki a`zolarda(10-25%kullarda esa(2-8%) gacha yig`iladi. Radiaktiv moddalar asosan baliqlarga ozuqa orqali o`tadi. Radiaktiv moddalarning organizmlarda yig`ilishi yosh baliqlarda ko`proq bo`ladi. Organizmda stronsiyning ko`p miqdorda yig`ilishi, suyakdagi kalsiy elementining alamshinuviga ta`sir qiladi. Stronsiy baliqlar suyagida ko`p vaqtga saqlanishi munosabati bilan ularning suyagini iste`mol qilish tavsiya qilinmaydi.


Haroratning baliqlarga ta`siri
Baliqlar sovuqqonli hayvonlar guruhiga mansub bo`lganligi sababli, ulardagi moddalarning almashinuvi, o`sishi, rivojlanishi, ko`payishi va barcha biologic xosslari tashqi muhitdagi hariratga bog`liq.
Shu sababli baliqlar hayotida harorat eng muhim ahamiyatga ega bo`lgan omildir.
Ko`pchilik baliqlarning tana harorati tashqi muhit haroratidan 0,5-10 C farq qiladi. Baliqlar har xil haroratlarda yashashi mumkin. Eng yuqori haroratda ya`ni 520C dan yuqori bo`lgan Kaliforniyadagi issiq suvlarda Cyrinoblopzidae oilasiga mansub bo`lgan baliqlar yashaydi. Karas va qora baliq muzlagan suvlarda yashashi mumkin. Sayqa balig`I -20 C da faol hayot kechiradi. Suv harorratining o`zgarishi bilan baliqlarning unga moslashivu bilogik ahamiyatga bog`liq. Misol, losos ikarasi 0 dan 120 c gacha yaxhsi rivojlandi, ularning kattalari minusli haroratdan 18-200c va undan yuqorida rivojlanadi. Sazan balig`I qish paytida minus haroratdan 200 C va undan yuqorida yashaydi. Lekin uning ovqatlanishi 8-100C dan past bo`lmasligi, ko`payishi esa 150 C dan past bo`lmasligi kerak.
Haroratning oshishi bilan baliqlarda ovqatning hazm bo`lishi tezlashadi. Vobla balig`ida ovqatning hazm bo`lishi 1-50 C nisbatan 15-200 C da 3 barobar tez bo`ladi. Ovqatning tez bo`lishi munosabati bilan, qo`shimcha ovqatlanib uning o`sishi tezlashadi.
Harorat baliqlarga gaz almashinuvi jarayonlariga kuchli ta`sir qiladi. Bunday holatda, bir vaqtning o`zida, kam miqdordagi kislorod bilan yashovchi baliqlarda ham o`zgarish sodir bo`ladi. Karp balig`I uchun, 10c da kislorodning eng kam miqdori 0,8 mg/l bo`lsa, 300 C bo`lsa 1,3 mg/l tashkil qiladi. Har xil haroratda baliqlarning kislorodni qabul qilishi, ularning biologic holatiga bog`liq.
Harorat ta`sirida baliqlar organizmdagi moddalar alamashinuvi jarayonida zararli ta`sirlar ham kuzatiladi. Misol, Karma uchun 10 C da CO2 gazining 120 mg/l I o`ldiruvchi miqdor hisoblanadi, 300C da esa CO2 gazining miqdori 55-60 mg/l gacha kamayadi.
Baliqlar hayoti davomida ma`lum bir haroratga moslashgan bo`lsa, ularning suv havzalarida tarqalishi ushbu harorat bilan bog`liqdir. Haroratning fasl davomida yoki yillar davomida o`zgarishi, baliqlarning ham, suv havzalarida o`zgarishiga sabab bo`ladi.
Tezlik bilan haroratlarning o`zgarishi baliqlarning o`lishiga sabab bo`ladi. Sovuq suvda yashovchi forel va beloribitslar harora oshishi bilan o`lganlar. Harorat oshganda suvdagi kislorodning miqdori kamayadi, shu sababli baliqlarning o`lishi kuzatiladi. Suvdagi kislorodning kamayishi nafas olish jarayoning og`irlashishiga olib keladi.

5. Baliqlarning sho’rlangan suvlarga va suvda erigan gazlarga moslashuvi.


Suvning sho’rlanganligi.


Juda ham muhim ahamyatga ega bo’lgan mamentlardan biri baliqlarning sho’rlangan suvlarda yashashga moslashuvidir. Bunday sharoitga moslashuvning qonunyatlaridan biri baliqlarning ichki muhitining doimiyligidir. Ichki muhit doimiyligi har xil osmoregulyatorlar yordamida erishiladi,yani baliqlar tanasidagi suyuqlikning osmotik bosimi boshqarilishidandir.


Ichki muhitning osmotic bosimiga qarab ayla og’izlilar va baliqlar 4 guruhga bo’linadi.

  1. Miksinalar ichki suyuqlik bilan tashqi muhit bosimi bir xil.(izotonik)

  2. Tog’ayli baliqlar – ichki suyuqlik bosimi tashqi suv bosimidan yuqori. Bu esa siydik tarkibidagi tuzlar hisobiga.

  3. Dengiz suyakli baliqlari – ichki osmotic bosim tashqi suv bosimidan past.

  4. Chuchuk suvda yashovchi suyakli baliqlar – ichki suyuqlik bosimi tashqi suv bosimidan katta, mineral tuzlar hisobiga.

Baliqlar ichidagi suyuqliklar tarkibidagi moddalar bir xil emas. Akula tanasidagi suyuqlikning 1,42dan 1,77%gacha tashkil qilgan natriy xloriddan tashqari machavina ham muhim ahamyatga ega. Akula qonidagi mochevinaning miqdori 2 dan 2,6% gacha , skatlarda esa 1,42 dan 2% gacha tashkil qiladi.


Suvda erigan tuzlarning miqdori baliqlardagi osmotic bosimning hamda suvning zichligiga tasir qiladi.
Suvdagi tuzlarning o’zgarib turishiga moslashgan baliqlar – evrigalinlar deyiladi. Suvdagi tuzlarning o’zgarishiga moslasha olmagan baliqlarni stenogalinlar deyiladi.
Evrigalin guruhiga mansub bo’lgan baliqlardan Pomatoschistus caucasicus – suvda erigan tuzlarnung katta o’zgarishiga yani 60% sharoitda yashaydi. Kaspiyiskaya igla – Syngnathus nigrolineatus caspius tuznung miqdori 0,27 dan 38% gacha bo’lgan muhitda yashaydi. Stenogalinlarda okunsimonlar va chuchuk suvda yashovchilar kiradi.
Suvda erigan tuzlar baliqlar tanasiga engillik bilan o’tadi, asosan jabralar orqali o’tadi. Ko’pchilik olimlarning izlanishlari bo’yicha suvda erigan ayrim mineral tuzlar baliqlarning o’sishiga yaxshi tasir qiladi. G.S.Karzinkin va I.A.Shexanovalarning ishlarida ko’rsatilishicha mineral tuzlar baliqlarning og’iz bo’shlig’I orqali emas , balkim jabra va teri orqali o’tishi aniqlangan. Misol karp og’iz bo’shlig’ va jabrasi orqali 93% tana yuzasi orqali 6,3% zerkalniy karp esa og’iz bo’shlig’i va jabrasi orqali 87,9% tana yuzasi orqali 12,1% suvda erigan tuzlarni o’tkazar ekan.
Suvda erigan fosfor tuzlarning 10mg/l baliqlarni yaxshi o’sib rivojlanishiga tasir qilar ekan.
Suvda erigan mineral tuzlar baliqlarga bevosita tasir qilmasdan , balkim bilvosita oziqalar orqali tasir qiladi. Suv havzalarida organic moddalarning ko’payishi baliqlar uchun kerar bo’lgan ozuqalarni ko’paytiradi. Yomg’ir yog’gan paytlarida suv havzalariga katta miqdorda biogen elementlar va organic moddalar tuproqdan yuvilib kelib suvda fit ova zooplanktonlarning ko’p miqdorda rivojlanishiga olib keladi. Bu esa o’z navbatida baliqlar uchun ozuqaviy manbalar yaratiladi.
Hovuz baliqchilik xo’jaliklarida baliqlarning hosildorligini oshirish uchun maxsus mineral o’g’itlar ishlatiladi.
Mineral o’g’itlarni hovuzlarga yuborishdan asosiy maqsad suv havzalarini hosildorligini oshirishdir yani suvda fit ova zooplanktonlarning ko’p miqdorda rivojlanish uchun sharoit yaratishdir. Shu bilan bir qatorda ayrim miberal tuzlar baliqlar tomonidan o’zlashtiriladi. Bir xil metallarning suvda erigan tuzlari baliqchilikda muhim ahamyatga ega. Ayniqsa temir elementi A.L.Mikinaning tajribalarida aniqlanishicha bir litr suvdagi 0,2mg temir baliqlarda gazlar almashinuvini tezlik bilan kamaytirib baliqlarning o’sishiga yomon tasir qiladi. Bir litr suvdagi temirning 0,1mg baliqlarning o’sishini tezlashtiradi. Suvdagi baliq ikrasining rivojlanishini tezlashtiradi. Suvdagi temir tuzlarini (FeCl3)10,3mg /l okunning barcha ikralarini o’ldiradi, ammo temir tuzlarining 3,94 va 1,92 mg/l ikradan lichinkalarning chiqishini tezlashtiradi.
Alyuminiy birikmalarning 0,5 mg/l baliqlarni o’ldiradi. Keyingi vaqtlarda sanoatdan komunal xo’jaliklardan qishloq xo’jaligidan va ko’pgina boshqa korxonalardan chiqadigan oqava suvlarni suv havzalariga tashlanishi baliqlar o’limiga sababchi bo’lyapti. Ko’pchilik baliqlarda teri CO2 chiqarish bilan nafas olish vazifasini ham bajaradi. Misol uchun veyuna balig’i 63% kislarodni teri orqali 37% jabra orqali qabul qiladi. Agar jabradan nafas olish bo’lmasa 85% teri orqali qolganini esa ichaklar orqali qabul qiladi.
Baliqlarning ko’’pchilik turlari suvda erigan kislarodning har xil miqdorida yashashga mosklashganlar. Losos balig’i suvda erigan kislarodning miqdori bir litrda 7-8sm3 da yashashga moslashganlar karplar esa bir litrda 3sm3 bo’lganda yashay oladilar.
Baliqlar suvda erigan kislarodga bo’lgan talabiga qarab 4 ta guruhga bo’linadi.

  1. ko’p miqdorda kislarodni talab qiluvchilar , bular uchun 1 litrda 7-11 sm3. 5sm3 da ularningyashahsi yomonlashadi. Bu guruhga kumja – Salmo trutta , golyan – Phoxinis phoxinus, goles – Nemachilis barbatus va boshqalar. Bular asosan tez oqar va sovuq suvda yashovchilar kiradi.

  2. Ko’p miqdorda kislarodni talab qiluvchi , lekin 1 litr 5-7 sm3 da yaxshi yashaydi.bu guruhga xarius – Thymalus thymalus , podust- Chonarostoma nasus, peskar- Gobio gobio, nalim-Lota lota va boshqalar.

  3. Baliqlar nisbatan kam miqdorda kislarodni talab qiluvchilar – bular bir litrda 4sm3 da ham yashaydilar. Bularga plotva – rutilis rutilus, okun – Perca fluviatilis, ersh- acerina cernua va boshqalar.

  4. Eng kam miqdorda yashovchi baliqlar , hattoki bir litrda 0,5sm3 da yashaydi.bularga sazan , lin karaslar va boshqalar kiradi.

Baliqlar hayotida kislaroddan tashqari boshqa gazlar ham muhim ahamyatga ega. Malumki CO2 gazining kam miqdorda ham baliqlarni o’lishga olib keladi. Chunki CO2 gazi kislarodni qonga o’tishiga to’sqinlik qiladi. Suvdagi CO2 gazi ayrim elementlar bilan – magniy , kalsiy, va boshqa kationlar bilan birikma hosil qiladi. CO2 gazi ayniqsa vodorod ioni bilan birikib baliqlarga har xil ta’sirlarni ko’rsatadi


Vodorod sulfid gazi baliqlarga katta ziyon yetkazadi vodorod sulfide gazi asosan kislorod yo’q joylarda uchraydi.

6. Baliqlarning biotik munosabatlari(o’zaro munosabatlari)


Baliqlarning biotik munosabatlari xilma-xildir.Baliqlarning oziqlanishiga qarab biotik munosabatlar asosan turlararo va turlar ichidagi guruhlarga bo’linadi.Bu munosabatlar asosan:

  • Tirik baliq hisobiuga yashovchi va qurbon bo’luvchi

  • Ozuqa va talab qiluvchi

  • Tekinxo’r va xo’jayin

Holatlarida namoyon bo’ladi.Oziqlanish jihatidan aloqada bo’lgan guruhlar,bular simbiotik munosabatda bo’lib turlar ichidagi guruhlarga mansubdir.Bu guruhlar birgalashib dushmanlarga qarshi to’da va kaloniya hosil qiladi.Dushmanlaridan himoyalanish uchun har xil bo’yoq moddalar hosil qiladi.Eng muhim biotik aloqalardan biri bu moddalarning hosil qilinishi.


Baliqlarning turlzr ichidagi aloqasi.


Baliqlarda turlar ichidagi munosabatlarning xarakterlari,turlarning hosil bo’lish jarayoniga bog’liq.Turlararo bo’ladigan aloqalar, shu turning hosil bo’lgan va yashayotgan joyida doimiy saqlanishidir. Turlar ichidagi formalar va moslashuvlar turlichadir. Bular bir turning har xil guruhlarga bo’linishidir,ya’ni to’da populyatsiyaning elementarligi,yig’ilish, kaloniyalar va boshqalar.
Baliqlar to’dasi (galasi) – bular yoshi , biologik holati bir-biriga yaqin bo’lgan , bir-birini his qilayotgan, hulqlari mustahkam guruhlardir. Baliqlar to’dada bir-birini mustahkam qo’llashga egadirlar.
Elementar populyatsiya – bir xil yoshga, umirbot bitta guruhga , kelib chiqishi biologic jihatdan bir xil bo’lgan , biologic maqomi bir xil bo’lganlar shu guruhga mansubdirlar. Elementar populyatsiya – tug’ilgan joyda ko’p vaqtlar yashashdir.
Yig’lish – bu , bir necha podaning yoki elementar populyatsiyaning vaqtincha yig’ilishidir, har xil sabablarga ko’ra. Yig’lish sabablari turlichadir : baliqlar ko’payish vaqtida yig’ilishadi, migratsiya vaqtida yig’ilishadi, baliqlarning faollik bilan oziqlanishi paytida , qish paytlarida yig’lishlar bo’ladi.
Kaloniya – yangi avlod hosil bo’layotganda , bir guruhga mansub bo’lgan baliqlarning vaqtincha yig’lib dushmanlaridan himoyalanishidir.
Baliqlarda galalarning hosil qilinishi har xil sabablarga asoslangan , yani dushmanlardan himoyalanish, ozuqa qidirish , migratsiya yo’li va birgalashib qishlashdan iboratdir.
Baliqlar hayotida galalarning hosil qilinishi barcha baliqlarga xos emas. Galalarning hosil qilinishi ko’pincha mayda baliqlarga xosdir. Gala bo’lib hayot kechirishning o’ziga xos xususyatlari , ularning tuzilishida va bo’yoq moddalarning hosil bo’lishi bilan bo’liq. Bo’yoq moddalar ularda bir birini aniqlashda muhumdir. Gala bo’lib yashash bir guruhga mansub bo’lgan baliqlarga xosdir.
Baliqlarning turlar ichidagi munosabati juda xilma xildir. Abiotik sharoitlar o’zgarishi bilan baliqlar bir biriga tasir qilishadi. Malumki , ko’p turlar suzgich pufagi orqali suvni to’lqinlatib , ikrasini himoya qiluvchilarga tasir qiladi. Bularga sudaklar , bichkilar, gubanlar va boshqalar. Bir biriga tasir qilishda , inson uchun losos balig’ining uyasidagi ikrasiga tasir qilishi kuzatilgan.
Baliqlar o’z tanasi atrofiga kimyoviy jihatdan o’zgargan suvni yig’adi yani metablizm natijasida chiqarilgan moddalar boshqa baliqlarga tasir qoladi.
Baliqlar ijobiy tomondan tasir qilishi mumkin. Ularni suv havzalarida ko’p miqdorda ko’paytirilsa , suvda zaharli moddalarning baliqlarga tasiri kamayadi.
Baliqlar orasida eng muhim ahamyatga ega bo’lgan munosabatlar bu oziqlanishidir. Ayrim turlar ichida bi-biridan ozuqa sifatida foydalanish kuzatiladi. Bu jarayon kamdan kam uchraydi. Turlar ichida ozuqlanishiga har xil yo’llar bilan moslashib , asosiy maqsad turlarni saqlashdir. Ayrim paytlarda baliqlarda turlar ichida parazitlik jarayoni ham kuzatiladi.

Baliqlardagi turlararo aloqalar.


Baliqlardagi turlararo aloqalar turlar ichidagi aloqaga o’xshash turlar hosil bo’lish jarayonida hayotning yangi sharoitiga moslashuviga bo’liq. Yangi turlarning shakllanishi geografik zonadagi abiotok va biotok omillarning xaraktiriga bog’liqdir. Faunalar hosil bo’lish jarayonida turlar aro munosabatlar ayniqsa ozuqa va hudud masalasida turli jarayonlar sodir bo’ladi , ayniqsa yirtqish va qurbon bo’luvchi orasidagi munosabatlar. Qurbon bo’luvchi turlar yashash jarayonida dushmandan himoyalanish uchun bo’yoqlar , tikonlar , tuklar , qalqonlar , zaharlash to’da hosil qilish usulublari yaratiladi. Dushmandan himoyalanish qilinadigan moslanishlar asosiy emas , vaqtinchalik himoyalanishni bajaradi.


Baliqlarning turlar orasidagi munosabatlar turlichadir – yirtqichlik, parazitlik, kommensalizm aloqalari kuzatiladi.
Turlararo munosabatlarning asosi bu “yirtqichlik-qurbonlik”dir . Yirtqichlirda baliqlarni ovlash uchun maxsus moslamalar hosil bo’ladi. Ular turli tumandir. Ko’p baliqlar dushmandan himoyalanish uchun ko’p miqdorda zaharli moddalar ishlab chiqaradi. Zaharli baliqlar ikkita guruhga faol zaharli va harakatsiz zaharli. Faol zaharli yoki zaharli a baliqlarning suzuvchilarning tukuda yoki jabralarning tomida zahar chiqaruvchi bezlar joylashgan. Zahar bezlari epidermis zaharli hujayralardan tashkil topgan. Ulardan chiqadigan zahar ilonlar zahariga o’xshashdir. Zahari kuchli tasir qiluvchi baliqlardan biri – Synanceia verrucosa (borodavchatki strashnoy).
U tikanlari bilan ukol qilganda odamga ham kuchli tasir qilib o’limga ham olib kelishi mumkin.
Ko’pchilik suv havzalarida zaharli baliqlardan dengiz ajdarhosi yoki zmeyka – Trachinus draco L. morskix ershey- Scorpana , morskix okunlar – Sebastes va boshqalar.
Nikanlari va tuklari zahar bilan taminlangan sekinlik bilan suzuvchi va balchiqda yashovchi baliqlarda ham mavjud. Pelagic baliqlarda zaharli tikan va tuklar kam rivojlangan bo’lsa ham ularning ularning dum qismiga joylashgan.
Ayrim baliqlar hujum qilganda yoki himoyalanganda elektr tokini hosil qiladi. Elektrichiskiy ugor – Electrophorus electricus elektr bateriyasi yordamida o’ljasini zaryadlaydi.
Ko’pchilik baliqlarda dushmandan himoyalanish uchun kosa (pansir) hosil qiladi.
Baliqlardagi parazitlik kam uchraydigan jarayon. Parazitlik 2 xil turda uchraydi.

  1. Baliq- parazit tezlik va sikinlik bilan o’z xo’jayinini o’ldiradi.

  2. Baliq- parazit o’z xo’jayininio’ldirmaydi.

Birinchi turga mansub bo’lgan parazitlik aylana og’izlilar va baliqlar orasida yirtqichlilik sodir bo’ladi. Oddiy miksina – Myxine glutinosa baliq tanasiga yopishib sekinlik bilan ichki organlarini parchalab baliqni o’ldiradi.


Ikkinchi turga mansub bo’lgan parazitlik ikki turdagi amerkalik somlar bor.
Com Stegophilis kammarok com Platytstomaning jabrasida parazitlik qilib , qonini so’rish hisobiga yashaydi.
Turlar orasidagi munosabatda kommensalizm jarayoni kuzatiladi. Kommensalizm jarayonida , bir turga mansub bo’lgan baliq, ikkinchi turdagi baliqqa foyda ham zarar ham keltirmasdan o’zi qandaydir foyda ustunlikka ega bo’ladi. Masalan akulalar terisiga prilipalo balig’I yopishib olib unda qolgan ozuqa qoldiqlarini yeb hayot kechiradi.
Turlar orasidagi simbiyozlik kam uchraydi. Simbizlik yani 2tur orasidagi bir birigayordam berib yashash akula bilan losmanon (Naucrates vuktor) balig’i orasida kuzatiladi. Losmanom akulalar ketidan yurib tashlangan ovqatlarga yoki karabillardan tashlangan narsalarga tezlik bilan tashlanib , akulaga ozuqa borligini ko’rsatadi. Losmonomning ko’rishi akulaga nisbatan yaxshi bo’lganligi sababli unga ozuqani ko’rsatadi.
Turlar orasida juda ham murakkab aloqalar ozuqa uchun kurashishda kuzatiladi.



Yüklə 152,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə