A. Q. Q a y im o V aholi yashash joylarini



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/64
tarix15.04.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#105652
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
AHOLIYASHASHJOYLARINIKOKALAMZORLASHTIRISHPDF

Savollar
1. Inson salomatligi uchun eng m o” tadil boMgan ob-havo
sharoiti qanday?
2. 1 ga maydondagi yashil ekinzorlar qancha miqdorda
kislorod ajratadi?
3. D araxtlar quyosh nurining qancha qismini ushlab qoladi?
4. Daraxtlar bargi bir kunda qancha miqdorda suvni bugMatadi?
5. Daraxtlar shamolga qanday ta’sir ko’rsatadi?
DARAXTZORLARNI HAVONING TARKIBI
VA TOZALIGIGA T A ’SIRI
M a’lumki, daraxt va butalar havodagi karbonat angidridini 
oladi va havoni kislorod bilan boyitadi. 1 gektar yashil ekinzor 
maydoni bir soat mobaynida havodan 8 kg karbonat angidridni 
o ’zlashtiradi. Xuddi shu hajmdagi karbonat angidrid gazini 200 ta 
odam o ’pkasi nafas olish jarayonida ajratib chiqaradi. Boshqacha 
aytganda, shaharda 1 ta inson nafas olishi uchun zarur boMgan 
m o” tadil havo tarkibini 50 n r maydondagi yashil ekinzorlar 
ta ’minlab beradi. Lekin, atmosferada karbonat angidridining 
aksariyat qismi tarqalib ketadi va ko’p boMmagan qismigina yashil 
ekinzorlar tomonidan o ’zlashtiriladi. Daraxt va buta turlarining gaz- 
havo almashinuvidagi roli bir xil emas. Agar oddiy archa 
daraxtining havoni tozalash samarasini 100% deb olsak, unda 
qarag’ay 164%, yirik bargli j o ’kada 254%, emanda 450%, berlin 
teragida 691% ni tashkil qiladi.
Ko’p hajmdagi energetik ashyolarni o ’zlashtirilishi, sanoatning 
rivojlanishi atmosfera havosining tarkibining buziiishiga sabab 
boMadi, ba’zi xoliarda esa radiasiya fonining o ’zgarishiga olib 
keladi. Sanoatning rivojlanib borishi va jamianishi avtomobillar 
sonining ko’payishi xavoda zararli tutunlar va gazlarning m e’yordan 
ortib ketishiga sabab boMadi. Yong’in yonishidan hosil bo’ladigan 
tutunning tarkibiy qismi - kul va oltingugurt gazi bo’lib, 
keyinchalik bu gaz - H2S 0 4 ga ayianadi. Oltingugurt gazi va H2S 0 4 
aerozoli yoki havodagi mayda zarrachalari ko’zning shilliq pardasi 
va nafas yo’lini zaharlaydi. Yashil massivlar tepasidagi havoda 
oltingugurt birikmalari ochiq maydonlar havosidagiga nisbatan kam 
boMadi. Ekinzorlar sanoat korxonalaridan chiqadigan azot oksidlari, 
transport qatnovi jadal boMgan ko’chalardagi karbonat angidridi 
gazini to ’planishini kamaytiradi. Oltingugurt gazi o ’simliklarga 
salbiy ta’sir ko’rsatadi. R.A. Babayans m a’lumotlariga ko’ra, yirik 
kimyo zavodidan 2-2,6 km masofadagi tilog’och, shumtol, qayin,


eman daraxtlari 75-100% gacha qurib ketgan, olma, tol, jasmin, 
terak barglari esa 30-75% ga zararlangan.
Atmosfera havosi yoqilg‘ining to‘liq yonmagan chiqitlari -
kukun uglevodorod birikmalari bilan ham ifloslanadi.
Insonning nafas olish yo‘llarida havo tarkibida aralashmaning 
13 dan 48% gacha bo‘lgan qismi ushlanib qoladi. Zaharli modda- 
larning qolgan qismi insonning ichki organlariga o ‘tib, organizm- 
ning zaxarianishiga olib keladi.
Shamol esganida havo oqimi ta’sirida shahar atmosferasi 
tozalanadi. Lekin zamonaviy shaharlarning atrof-muhitiga bo‘lgan 
zararli ta ’sirini kamaytirish vazifasini ko‘ka!amzorlashtirilgan 
hududlar va o ‘rmon hiyobonlari bajaradi.
0 ‘zbekistonning aholi yashash joylarida yoz mavsumida 
havoning yuqori darajada changlanishi kuzatiladi. Bunga sabab -
sariq, qumoq tuproqlarning o ‘ziga xos fizik xossalari hamda 
vohalami qamrab turuvchi qumliklarda esadigan garmsel shamol- 
larining ta’siridir. Yashil ekinzorlar shahar ko‘chalarining havo 
almashinuvini yaxshilaydi va uni tozalashga imkon yaratadi.
40 i
l-rasm .
Daraxtlarning changni ushlab qolish ko‘rsatkichlari,
kg-
ToMiq ko‘kalamzorlashtirish natijasida havo changdan deyarli 
batamom tozalanadi. Bunda o ‘simliklardan ajralib chiqadigan 
fitonsidlar havodagi zararli mikroblami 40-50% ga kamaytiradi. 
Hatto, qish oylarida daraxtlarning barglari boMmasa ham. ularning 
changdan himoyalashdagi ahamiyati katta. Havoning tozaligini 
ta’minlash uchun boshqa qo‘shimcha tadbirlar - sanoat korxonaiari 
chiqindilarining tarqalishini oldini olish chora tadbirlari bilan birga 
ko‘chalarni obodonlashtirish ham muhimdir.
Yoz mavsumida daraxt va butalar bargidagi changni tez-tez 
yuvib turish zarur, aks xolda ekinzorlar asta sekin nobud bo‘lishi 
mumkin. Katta yoshdagi bitta daraxt o ‘sish davrida havodagi chang 
miqdorini ushlab qolishi 2-rasmda keltirilgan.
U yoki bu turdagi daraxt va butalaming changdan himoyalash 
xususiyatini o ‘rganib, ularni to ‘g ‘ri tanlab joylashtirilsa, yuqori 
himoya samarasiga erishish mumkin.
Muhandislik va ekologik-biologik jihatdan to‘g ‘ri loyihalash 
orqali yashil ekinzorlar ishining sanitarlik vazifasi samaradorligi 
ta’minlanadi. Yashil sanitar ekinzorlami barpo etishda shamol 
yo‘nalishi, atmosferaga tarqaladigan chiqitlaming turi, balandligi va 
tarkibi, kimyoviy va fizik xossalari inobatga olinishi lozim.
Ekinzorlarning tuzilishi, kengligi, balandligi va daraxt turlari 
tarkibi ushbu ko‘rsatkichlarga chambarchas bog‘liq. Yirik shox- 
shabbali, tuklangan, ajinsimon, g ‘adir-budir, notekis bargli daraxt 
turlari (eman, qayrag‘och, tut, qora yong‘oq, oq terak, chinor, 
mayda bargli jiyda, zirk, katalpa, sovun daraxti, karkas va b.) 
havodagi changni yaxshi ushlaydi. Xuddi shular zaxarli kamyoviy 
birikmalami, ayniqsa, karbonat angidridini tortib olib, o ‘zlashtiradi.
Nina barglilar yaproq bargi daraxtlarga nisbatan changni 
ko‘proq ushlab qoladi. Kuz, qorsiz qish va erta bahorda, aholi turar 
joylarida chang ko‘p to ‘planganida ninabarglilaming ahamiyati 
katta, chunki bu vaqtda bargli daraxtlarning yaproqlari boMmaydi.
Baland o ‘suvchi eman, sofora, aylant, qayrag‘och, shumtol 
daraxtlari katta barg sathiga ega boMganligi uchun, ulardan tuzilgan 
yashil massivlar atmosferani transport - sanoat chiqitlari va 
changlaridan yaxshi himoya qiladi.


0 ‘simliklar barglari yuzasida to ‘plangan chang tarkibida 
quyidagi o g ‘ir metallar va mikroelementlarning zarrachalari boMadi: 
qo‘rg ‘oshin, temir, titan, mis, rux, nikel, kobalt, marganes va 
boshqalar. Yirik korxonalar atrofida tarqalgan changlar tarkibida 
(kul xajmidan) 37,9% temir, 15,3% alyumin, 2,7 % mis, 0,9% titan, 
0,8% marganes va 0,2% qo‘rg‘oshin moddalari mavjud. Atmosfera 
va tuproqning og‘ir metallar qoldiqlari bilan zararlanishi oqibatida, 
ularning o ‘simliklarda to ‘planishi kuzatiladi, chunki o ‘simlik 
barglari, poyalari va ildizlari ushbu moddalarni o ‘zida jam lash 
xususiyatiga ega. Ayniqsa, qumli tuproqlarda o ‘sadigan 
0
‘simliklar 
ildiz tizimi orqali metallar qoldiqlam i nihoyatda yuqori darajada 
o ‘zlashtirib, o ‘zida to ‘plab oladi. Bunday erlardagi o ‘simliklar 
barglarida kulning xajmi bir yarim - ikki baravarga oshib, 13-17% 
ni tashkil etadi. Shu sababdan, yirik sanoat korxonalari va avtomobil 
yo‘llari atrofida va yonida o ‘rmon ihotazorlari barpo etish tavsiya 
etiladi.
O g‘ir metallar va mikroelementlarni yaxshi o ‘zlashtiruvchi 
daraxtlar ninabarglilar hisoblanadi (archa, qarag‘ay, mojjevelnik, 
tuya). Bular havo tarkibining zaharlanishini belgilab beruvchi 
indikatorlar vazifasini bajaradi, chunki ular tanasida nekrozlar 
paydo boMishi hamda ninalari to ‘kilishi havoda xaddan ziyod 
zaxarli aralashmalar borligidan dalolat beradi.
0 ‘simliklar va havoning ifloslanishi. M amiakatimizda va 
xorijda olib borilgan ilmiy tadqiqotlarga asosan, havoning elektr
holati alohida gigienik aham iyat kasb etadi. 0 ‘simSiklardan
tarqaladigan organik moddalar havoning ionlashuviga katta ta’sir 
ko’rsatadi; aynan inson salomatligi uchun zarur boMgan manfiy 
ionlar to ’planishini ta ’minlaydi. Iqlimning foydalilik darajasi 
havodagi manfiy ionlar jam lanishi bilan belgilanadi, ular o cz 
navbatida inson organizmining himoya xususiyatini oshiradi.
Havoning yuqori ionlashuvi, o'rm onlarda, daraxt shox- 
shabbalar ostida, shahardagi bog‘ va hiyobonlarda kuzatiladi. 
Ayniqsa, ionlar soni (1 sm3 havoda 1283 ta engil ionlar) aralash 
daraxtzorlarda va qayrag‘och-bargli daraxtzorlarda (1 sm3 havoda 
1166 ta engil ionlar) borligi aniqlangan. Atmosfera havosining 
ionlar bilan to ’yinganligi 
nafaqat daraxtlarning dendrologik
tarkibiga, balki ekinzorlar yoshiga ham bogMiqdir. Yosh ekinzor- 
larda engil ionlar soni, yoshi kattalariga nisbatan ko’proq boMadi. 
Havo ionlashuvi darajasi daraxtlar va gulli o ’simliklar ajratib 
chiqadigan saqichsimon va xushbo‘y moddalarga ham bogMiq. 
Gulzorlardagi havoning ionlashuv darajasi ninabargli ekinzorlar- 
dagiga nisbatan 66% ga yuqori boMadi.
Havoning ionlashishiga oq akasiya, oddiy qarag‘ay, qrim 
qarag’ay, oq qayin, sibir tilog’ochi, oddiy siren, Amerika zarangi, 
biota, g ‘arb tuyasi, eman, mayda bargli jo ‘ka; gulli o ’simliklardan 
geran, oleandrlar salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
M anfiy (-) ionlar soni havo harorati, tuproq harorati, 
yorugMikdan bevosita bogMiqlikda bo’lib, havoning nisbiy namlik 
darajasi va shamol kuchiga bilvosita bogMiqdir. Shamol tezligining 
pasayishi o ‘rmon ekinzorlarida ionlashgan havoning ushlanib 
qolishiga sabab boMadi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, havoning m o‘’tadil ion balansini 
ushlab turishda shahar va aholi yashash joylarida yashil 
ekinzorlarning ahamiyati nixoyatda katta. Shu sababdan hozirgi 
vaqtda bu muammoni o ‘rganish xalqaro bioklimatologlar va 
biometeorologlar jamiyati tadqiqotlar dasturiga kiritilgan.

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə