A. Q. Q a y im o V aholi yashash joylarini



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/64
tarix15.04.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#105652
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   64
AHOLIYASHASHJOYLARINIKOKALAMZORLASHTIRISHPDF

Savollar:
1. Havoning ifloslanishi deganda nimani tushunasiz?
2. 1 ga ekinzor 1 soatda qancha karbonat angidridni o ’zlash- 
tiradi?
3. Daraxt turlari qancha miqdorda changni ushlab qoladi?
4. Daraxt barglarida ushlab qolingan chang tarkibida qanday 
kimyoviy moddalar uchrashi mumkin?
5. Havoning ionlashuvi deganda nimani tushunasiz va u qancha
miqdorda boMadi?


DARAXTZORLARNING SHOVQINGA QARSHI
KURASHDAGI AHAM IYATI
Shaharlarda sanoat korxonaiari va trasport vositalari faoliyati 
natijasida vujudga keladigan shovqin aholi salomatligiga katta zarar 
etkazadi. Shaharlar shovqini kommunal-kundalik va ishlab chiqarish 
vositalaridan, shuningdek tran sp o rter harakatlanishidan kelib 
chiqadi. Yil sayin shovqinlar ta’siri kuchayib bormoqda. Baland va 
uzoq davomli shovqinlar inson asab tizimiga ta ’sir ko‘rsatib, uni 
asabiy va injiq qilib qo’yadi. Shovqinlar ta’sirida odamning nafas 
olishi va yurak urishi jadallashadi, qon bosimi oshadi. Katta 
shaharlarda shovqin insonning umrini bir necha yilga qisqartirishi 
mumkin. Sanitariya talablariga ko‘ra, y o ‘l qo’yiladigan shovqin 
yig ’indisi 40 desiballga teng. Oxirgi 30-40 yil ichida shahar 
shovqini sanitariya m e’yoridan 4-5 baravarga oshib ketgan.
Shahar shovqini bilan samarali kurashishda qalin, vertikal 
holatda birlashgan daraxt qatorlari yordam beradi. Bunda himoya 
qilinadigan ob’ektga nisbatan daraxt qatorlari to 'g ’ri joylashtirilishi 
kerak. Bargli daraxt turlari shovqinning 25 foizini yutib, 75 foizini 
qaytaradi, chunki ular ekran singari, tovush to iqinlarini to ‘sadi. 
Harakat gavjum bo’lgan ko 'ch a chetidagi hiyobon binolami 
shovqindan asray olmaydi, aksincha, agar yo’lning harakat qismi 
daraxtlar bilan to ’silmagan bo’Isa, uylardagi shovqinni kucnaytiradi. 
Shovqinlar ta’sirini kamaytiradigan daraxtzorlarning kengligi 10 
metrdan kam bo’Imasligi va unda bir nechta qalin daraxt qatorlari 
joylashishi kerak. Mayda bargli daraxtlardan foydalanish yaxshi 
samara beradi (masalan, mayda bargli jo ’ka, mayda bargli 
qayrag’och va b.). Bulami shovqin manbaalariga yaqin ekib, 
daraxtlar, butalar va yashil devorlardan yarusli kompozisiya hosil 
etilishi lozim. Katta-kichikligi bo’yicha farqlanadigan ekinlar 
guruhlari shovqin energiyasini yaxshi tortib oladi.
Savollar:
1. 
Shovqinning hosil bo’lishi va uning inson salomatligiga 
salbiy ta’siri haqida m a’lumot bering?
2. Sanitariya talablariga ko’ra shovqinning ruxsat etilgan 
chegarasi qanchaga teng?
3. Shovqinni kamaytiruvchi daraxt turlarini aytib bering.

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə