A. Q. Q a y im o V aholi yashash joylarini


KOMPOZITSIYA HAQIDA TUSHUNCHA



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/64
tarix15.04.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#105652
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64
AHOLIYASHASHJOYLARINIKOKALAMZORLASHTIRISHPDF

KOMPOZITSIYA HAQIDA TUSHUNCHA.
DARAXTZORLARNING ARXITEKTURA
REJALASHTIRISHDAGI AHAMIYAT1
Har bir obodonlashtirilgan, ko‘kalamzoriashtirilgan hudud 
o ‘zining kompozisiya markaziga ega boMishi kerak. Kompozisiya 
markazi boMib favvora yoki gulzori boMgan maydoncha, yoki suv 
havzasi, favvoralar va gulzor bilan qopiangan asosiy hiyobon 
xizmat qilishi mumkin.
Asosiy qismining yaxlit ko‘rinishi bilan va o ‘zaro to ‘g ‘ri 
kesishganlik darajasi - mutanosiblik va keng koMamlilik deyiladi. 
M asalan, agar hiyobon kichik boMsa, bu holda uning chetlari 
to ‘silgan boMishi lozim; hiyobon hajmi katta boMsa unga to ‘suvchi 
devorlar baland qilib quriladi.
G ulzom ing katta-kichikligi u joylashgan maydon hajmiga 
bogMiq. Gulzordagi o ‘simliklarni to ‘plashda e ’tiborni shunga 
qaratish lozimki, guruhdagi o ‘simliklar balandligi bo‘yicha sekin- 
asta o ‘zgarib, bir-biriga uyg‘unlashib borishi kerak.
0 ‘simliklar dunyosi beqiyos rang-barang shakllar, fakturalar va 
qiyofaga ega. 0 ‘simliklarning manzaraboplik xususiyatlarining 
ko‘pligi, buning ustiga, vaqt va fasllar doirasida o ‘z qiyofasini 
o ‘zgartirib turishi, shaharlardagi bogMar, istirohat bogMari, hiyo- 
bonlar va boshqa xududlarning arxitektura ko‘rinishini o ‘zgarti- 
rishga cheklanmagan imkoniyatlami ochib beradi. Ekinzorlar 
shunday bir materialdirki, u alohida binoni yoki bir necha binolarni, 
mikrorayon va mavzelaming yaxlit ko‘rinishini ta’minlaydi. 
BogMar, istirohat bogMari, hiyobonlarning yashil ekinzorlari, katta 
yo‘l va ko‘chalar yoqasidagi ko‘kalamzorlashtirilgan yoMkalar 
shahar qismlarini birlashtirib turadi hamda shaharga go‘zal manzara 
bag‘ishlaydi.
Ekinzorlar yonidagi 
hovuzchalar 
shaharning 
arxitektura 
echimini yumshatib, unga rang-barang ko‘rinish beradi va shu bilan 
«tosh-betonli» ko‘rinish tasavvurini inkor qiladi.
Shaharlarning hajmi-fazoviy qiyofasi, y a ’ni siluetini yaratishda 
yashil ekinzorlarning ahamiyati kattadir.
Aynan yashil ekinzorlar katta yoki kichik massivlar ko‘ri- 
nishida, shuningdek, ko‘chalar va maydonlarda, mavze va mikrora- 
yonlarda qatorlab va guruhlab ekilgan o ‘simliklar shaharning hajm 
ko‘rinishi echimiga xush manzaralilik va mazmun bag‘ishlaydi.
Yashil ekinzorlar nafaqat estetik, balki psixologik axamiyatga 
ham ega. Ranglar boyligi, gullaming ufori, barglar shivirlashi -
bularning barchasi mikroiqlim yaxshilanishi barobarida insonga, 
uning kayfiyati va asablariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Daraxtzorlarni rejalashtirish tadbirlarida, masalan, shahar 
transporti qatnovini va piyodalar yurishini boshqarishda yoMaklami 
joylashtirishda, «xavfsizlik orolchalari» ni barpo etishda qoMlash 
mumkin. Daraxtzorlardan eski qurilishlar va boshqa ko‘rimsiz 
joylarni to ‘sib qo‘yishda ham foydalaniladi.
Shunday 
qilib, 
daraxtzorlarning 
arxitektura-rejalashtirish 
ahamiyati juda kattadir.


1. Kompozisiyaga ta ’rif bering.
2. Daraxtlarning shaharlar arxitekturasidagi o ‘mi qanday.
3. Daraxtlarning estetik va psixologik ahamiyati qanday?
4. Daraxtzorlardan yana qanday maqsadlarda foydalanish 
mumkin?

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə