A. Q. Q a y im o V aholi yashash joylarini



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/64
tarix15.04.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#105652
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
AHOLIYASHASHJOYLARINIKOKALAMZORLASHTIRISHPDF

Savollar:
1. Dastlabki ko’kaiamzorlashtirish ishlarida qaysi o ’simlik- 
lardan foydalanilgan?
2. Osilib turuvchi bogMar qaerda barpo etilgan?
3. Qadimgi arab mamlakatlarida barpo etilgan bog’larga ta’rif 
bering.
4. Markaziy Osiyoda qanday bogMar barpo etilgan?
5. Yaponiyada gulli bezaklaming qanday turlari mavjud?
6. Botanika bogMari qachon va qaerda barpo etila boshlagan?
7. Evropa uyg’onish davrining bog’-park san’ati.


II BOB. SHAHAR QURILISHIDA KO‘KALAMZOR
M AYDONLARNING O ’RNI
VA AHAMIYATI
KO‘KALAM ZORLASHTIRISHGA TA’SIR ETUVCHI
OMIL -T A B IIY SHAROITLAR
0 ‘zbekiston hududining shimoli-g‘arbidan to janubi sharqi- 
gacha cho‘zilganligi, undagi tabiiy sharoitlarning o ‘zgaruvchan 
bo‘lishini ta’miniaydi.
M amlakat hududida keskin kontinental iqlim, jaziram a yoz va 
qishning sovuq bo‘lishi, havoning quruqligi, sutkalik haroratning 
keskin tebranishlari, issiq haroratlarning yillik y ig ‘indisi yuqori 
b o ‘lishi (4000-6000°), o ‘suv davrida yog‘ingarchiliklar miqdori 
kamligi (20-130 mm) hamda namning katta hajmda bug‘lanishga 
xosdir. 0 ‘zbekistonning ko‘p xududlarida yoz mavsumida jaziram a 
«afg‘on», «garmsel» shamollari esib turadi, qishda esa — sovuq 
shamollar hukmronlik qiladi. Yuqorida qayd etilgan barcha omillar 
yashil qurilish uchun nihoyatda noqulay bo‘lib, daraxtlar, butalar va 
manzarali 
o ‘simliklarning 
o ’sib-rivojlanishiga 
salbiy 
ta ’sir 
ko’rsatadi.
0 ‘zbekiston tuproqlari faqat vohalardagina ko’kalamzor- 
Iashtirish uchun qulay bo’lib hisoblanadi. Bu erdagi qadimdan 
sug‘oriladigan tuproqlar, quvvatli agroirrigasiya qatlamiga ega. 
Yangidan o ’zlashtirilgan erlarda esa - ko’kalarnzorlashtirish 
ishlarini sho’rlagan, qumloq, shag’allik tuproqlarda yoki tubdan 
meliorasiyaga muxtoj bo’lgan mineral ona jins tuproqlarda olib 
borishga to ’g ’ri keladi.
O ’zbekistonning turli tuproq-iqlim sharoitlari hamda gidro- 
logik holatlari har xil. Ko’p hollarda sug’orish imkoniyatlari suv 
zahiralarining kamligi yoki tuproqlam ing sho’rlanishi oqibatida 
chegaralangandir.
0 ‘zbekistonda o ’simliklarning iqlimlashtirilishi yaxshi y o ’lga 
qo’yilganligi hududlami ko’kalamzorlashtirishda yangi yuqori 
manzarabop xususiyatga ega bo’lgan daraxtlar turlarini va butalarini 
ko’paytirishga imkon beradi, umuman yangicha bo’lgan landshaftlar 
yaratilib, mintaqalar qiyofasini butunlay o ’zgartirishga hizmat 
qiladi.
Shu bilan bir vaqtda, qishki va yozgi haroratlarning keskin 
bo’lishi, havo nisbiy namligining past b o iish i va bug’lanishining 
yuqori darajadaligi, tuproq va gidrologik sharoitlar ko’kaiamzor- 
lashtirish uchun qo’llaniladigan daraxt va buta turlarining soni va 
hajmini belgilashda katta ahamiyat kasb etadi. Haroratning mutlaq 
minimum darajasi: shimolda (Ustyurt) -38° S, janubda (Termiz) -
25° S, Toshkentda -30° S, tog’ oldi mintaqalarida -35° S ko’rsat- 
kichlar issiqsevar, janubiy ekzotik daraxt va butalami ekishni 
cheklab qo’yadi.
Haroratning mutlaq maksimumi esa (+44 +49°S) m o” tadi! 
iqlimga moslashgan bir qancha manzarali o ’simliklarni ekishni 
chegaralaydi. Shuningdek, yozgi havoning past nisbiy namligi (10- 
25%) subtropik, namsevar o ’simlik turlarini ekishga to ’sqinlik 
qiladi. Tuproqlaming sho’rlanganligi va sizot suvlarining yuza 
joylashganligi ham o ’zining salbiy ta ’sirini ko’rsatadi.
Shahar va qishloqlardagi ko’kalamzorlashtirilgan maydonlami 
yaratish va foydalanishdagi agrotexnik talablar va parvarish qilish 
ishlari O ’zbekistonning turli tabiiy-iqlim sharoitlarini hisobga olgan 
holda bajarishni taqozo etadi. Ayniqsa, daraxt va buta turlarini 
to ’g ’ri tanlash muhim ahamiyatga ega. Ko’kalamzorlashtirishda 
sharqiy hududlar Toshkent viloyati (Bekoboddan tashqari); 
Farg’ona vodiysi, Samarqand va Urgut tumanlari tog’ oldi 
mintaqalarida eng ko’p daraxt turlaridan foydalanish mumkin. 
Qolgan hududlar uchun o ’simlik turlarini tanlashda ularning sho’rga 
chidamliligi, issiq va sovuqqa chidamliiigi hamda sizot suvlari 
yaqin joylashganligi va qurg’oqchilikka chidamiiligini inobatga 
olish lozim boTadi. Daraxt va butalarning biologik va ekologik 
xususiyatlari, hududlaming iqlimi va tuproq sharoitlariga rnos 
bo’lishi lozim. O ’zbekiston shaharlari iqlimini asosiy xususiyatlari -
yozda binolarning haddan ziyod isib ketishi, qishda esa - sovuq


shamollar ta ’sirida keskin sovib ketishidir. Shulami inobatga olgan 
holda, ko‘kalamzorlashtirishni tashkil etishda yozgi mavsumda 
maydonlar, 
bino 
va 
inshootlami 
soyalatish bilan jaziram a 
issiqlardan muxofazalash, shuningdek, kuchli shamollami zararli 
ta ’sirdan himoya qilishga e ’tibor qaratishimiz kerak. 0 ‘zbekiston 
shaharlaridagi 
soyalanish 

ga erga 350-400 ta daraxtlar 
joylashtirish (m o‘’tadil iqlimli shaharlarda 1 ga da 170-200 ta 
daraxt) bilan amalga oshiriladi. Bunga joyning rel’efi, gidro- 
geografik tarm og‘ini e ’tiborga olib havoning turib qolishiga y o 'l 
qo‘ymaslik lozim. Shu sababdan, shahar yonidagi mintaqalarda 
shamol y o ‘nalishiga to‘sqinlik qiladigan perpendikulyar tarzda ihota 
daraxtzorlari barpo etiladi, shaharlarda esa — keng yashil hiyobonlar 
ventilyasiya yo‘laklari vazifasini bajaradi.

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə