A. Q. Q a y im o V aholi yashash joylarini



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/64
tarix15.04.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#105652
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
AHOLIYASHASHJOYLARINIKOKALAMZORLASHTIRISHPDF

UO'K: 504.75
KBK 85.118.7
Taqrizchilar: 
Ya.X. Yuldashov -
ToshDAU O'rmonchilik
v a ekologiya kafedrasi dotsenti
qish lo q x o 'ja lik fanlari nom zodi;
A .X . S h a rip o v - O 'z R F A «B otanika» IIC hM , 
ak ad e m ik F.N .R usanov nom li 
B o tan ik a b o g 'i laboratoriya m udiri, 
b iologiya fanlari nom zodi.
ISBN 9 7 8 -9 9 4 3 -1 0 -9 8 7 -2
© A .Q a y im o v , 2013.
© « F a n v a tex n o lo g iy a » n a s h riy o ti, 2013.
KIRISH
Bugungi kunda shaharsozlikdagi asosiy muammolardan biri -
ko‘kalamzorlashtirish ishlarini ilmiy asosda tashkil etishdir.
Aholi turar joylari - shaharlar, tumanlar, qishloq va posyolkalarni 
ko‘kalamzorlashtirish - bu joylarni obodonlashtirishning asosiy 
vositalaridan bo‘lib hisoblanadi.
Ko‘kalamzorlashtirish ko‘lami - aholi yashash madaniyatidan 
dalolat beradi. Demografik tadqiqotlaming ko‘rsatishicha, ko‘kalam- 
zorlashgan hududlarga aholi kelib muqim joylashadi, hamda bu 
joylardan ko'chib ketishi kamdan-kam kuzatiladi.
0 ‘zbekiston 
kam o'rmonli mamlakat, shu sababdan yashil 
o‘simliklar bu erdagi tabiat ko‘rinishini belgilaydi. Mamlakatimizda 
aholi yashash joylari, yo‘llar, irrigasiya inshootlari, suv omborlarini 
ko‘kalamzorlashtirish ishlari keng ko'lamda olib boriladi. Ihota va tog‘ 
meliorativ o ‘rmonchilik ulkan ahamiyatga ega, chunki suv, havo va 
tuproqni muhofazalashda o‘rmonning o‘mi beqiyosdir.
O ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumat qarorlarida aholi 
yashash xududlarini obodonlashtirishga alohida e’tibor qaratiladi. 
Hozirda ko‘kalamzor-lashtirish ishlarini olib borishda bir qancha ilmiy 
tashkilotlar, nihol o‘stiriladigan ko‘chatxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ko^alamzorlashtirishda qo'llaniladigan manzarali daraxtlar va 
butalar turlarini kengaytirish, o'lkamiz sharoitlariga moslasha oladigan 
nav va shakllarini izlab topish, ilmiy darajada asoslangan texnologiya 
bo‘yicha parvarishlashni tadbiq etish - bugungi kunning dolzarb 
masalalaridan sanaladi.
0 ‘zbekistonda mavjud ko‘kalamzorlashtirish materiallari assorti- 
menti cheklangan b o iib , uni ko‘paytirish va yaxshilash muhimdir. 
Ko‘chatxonalarda nobop, har qaerdan olib kelingan o ‘simliklarni ekish 
va ko'paytirish yaramaydi. Shaharlarda ekishga mos boigan, chidamli 
va ko‘p yillik, qimmatli manzarali daraxtlardan jo ‘ka, kashtan, eman, 
chinorlar, yavor zarangi, o‘tkir bargli zarang, lola daraxti., katalpa. 
ryabina, grab, ninabarglilar turlarini ekishga alohida e’tiborni qaratmoq 
lozim.
Tez o‘suvchi daraxt turlaridan terak turlari, oq qayin, tollar, 
ayniqsa, majnuntol, janubiy viloyatlar uchun esa safora, gledichiya, oq
3


akasiya, bunduk, aylant, yashil zarang, chinor va boshqalar diqqatga 
sazovordir. Shaharlar va turar joy massivlarini bezatishda, monumental 
ko‘kalamzorlashtirishda ko‘pgina manzarali shaklga ega bo‘lgan: 
piramidasimon, sharsimon, shoxlari osilib turuvchi (majnuntolsimon), 
ustunsimon, yaproqbargli va boshqalar katta ahamiyatga ega.
Shuningdek, shaharlar, posyolkalar, turar joylar, mahallalar va 
qishloq aholi punktlarini bezatishlar, ularga chiroyli va shinam ko‘rk 
berishda yorqin ranglarda gullaydigan butalar: spireya, jimolost, jasmin, 
nastarin (siren), deysiya, kizilnik, tamarikslar, forzisiyalar, biryuchina, 
sariq akasiya, zarg‘aldoq (zolotistaya) smorodina va boshqalarning o ‘mi 
beqiyosdir. Ushbu va ko‘pgina butalaming bebaho sifati shundaki, ular 
nafaqat tez o‘suvchi va shahaming o‘ziga xos ekologik sharoitlariga 
moslashuvchanligi bilan, balki juda manzaraliligi bilan ahamiyatlidir.
Ko‘kalamzorlashtirish sohasi oldidagi vazifalami echishda, avvalo, 
o‘simlik turlarini ko‘paytirishda va ko‘chatxonalarda etishtiriladigan 
mahsulotlar (o‘simliklar, ko‘chatlar) sifatini yaxshilashda hozirda 
mavjud bo‘lgan o ‘simiiklaming boy dendrologik fondidan foydalanish 
muhim ahamiyatga ega.
Zamonaviy shahar yoki boshqa aholi yashash joylari - bu turli 
binolar, ko‘p sonli muhandislik inshootlari, yoMlar, maydonlar, ochiq 
joylar, suv havzalari va yashil ekinzorlarning murakkab kompleksidir. 
Shaharsozlik me’yorlariga ko'ra, aholi yashash joylari hududlarining 
50% dan kam bo‘lmagan qismi ko‘kalamzorlashtirish ob’ektlariga 
ajratilishi kerak.
Shaharsozlikdagi katta tajriba shuni ko‘rsatadiki, asosiy vazifa- 
lardan biri - tabiiy va sun’iy yaratilgan muhit o‘rtasida ma’lum muvo- 
zanat va garmonik ravishda uyg‘unlashuviga erishish, barcha ko‘kalam­
zorlashtirish ob’ektlarining o‘zaro bogMiqligi va bir yaxlit tizimga 
birlashtirilishi sanaladi.
Bog‘ hiyobonlarini yaratish san’atining muhim jihati - ularni 
tashkil etishda yashil daraxtlarning tabiiy o‘sgan xududlarini hamda 
badiiy ijod namunalarini bir tizimga birlashtirib, uyg‘unlashtirishdan 
iborat.
Yashil qurilish - uzoq vaqtni talab etadigan, yaratish texnologiyasi 
bo‘yicha murakkab ijodiy jarayon boMib, bir qancha ishlab chiqarish 
masalalarini echish va tadbiq etish bilan bogMiqdir. Yashil qurilish 
amaliyoti: bog‘ va hiyobonlami yaratish; u yoki bu aholi yashash 
joylarini obodonlashtirish; har xil tuproq-iqlim sharoitiga mos bo‘lgan 
o‘simliklarni tanlash; arxitektura-qurilish inshootlari, suv havzalari,
yo‘liar, maydonchaiar, skulbpturalarga mos ravishda o ‘simliklarni 
joylashtirish va guruhlash; o ‘simliklarni ekib parvarish qilish ishlarini 
o 'z ichiga oladi.
Ko‘kalamzorlashtirish masalalarini malakali ravishda echish uchun 
mutaxassislar biologiya, ekologiya, yashil o‘simliklarning manzarabop 
sifatlari, yashil qurilishda kompozisiyalar tuzishdagi asosiy uslublar
yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish tizimi, yashil ekinzorlarm 
loyihalash, ularni yaxshi holatda saqlash uchun olib boriladigan asosiy 
ishlar ko‘lami bo‘yicha chuqur bilimga ega boiishlari lozim boMadi.
Ushbu darslik talabalarga ko‘kalamzorlashtirishda qoMlamladigan 
o‘simlik turlarini, daraxt-buta ekinlarining, manzarabop, biologik va 
ekologik xususiyatlarini o‘rganish, yashil qurilishda kompozisiyalar 
tuzishdagi asosiy uslublar bilan tanishish, aholi turar joylarini 
ko‘kalamzorlashtirish tizimi, uni loyihalashtirish, hamda 0 ‘zbekiston- 
ning o‘ziga xos sharoitlarida ko‘kalamzorlashtirish lozim boMgan 
xududlarda olib boriladigan asosiy ishlar koiamim bajarishm 
o'rganishga yordam beradi.



Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə