A. Q. Q a y im o V aholi yashash joylarini



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/64
tarix15.04.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#105652
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   64
AHOLIYASHASHJOYLARINIKOKALAMZORLASHTIRISHPDF

Savollar:
1. Gazonlar qanday o ‘simliklardan barpo etiladi?
2. Gazonlar qanday maqsadlarda barpo etiladi?
3. M anzarabop gazonlar qanday turlarga ajratiladi, ularga ta ’rif 
bering?
4. Gazonlarni kesish haqida m a’lumot bering?
5. M avritan gazonlari qanday barpo etiiadi?
III BOB. KO‘KALAM ZORLASHTIRISHNING ASOSIY
KOMPOZISION TAM OYILLARI
REJALASHTIRISH USLUBLARI
Istirohat bogMari va boshqa yashil ob’ektlar qurilishida 
rejalashti-rishning uchta turi qoMlaniladi: muntazam uslub, peyzaj 
uslubi va aralash uslublar.
M untazam rejalashtirish keng to ‘g ‘ri yoMlar, hududning 
geometrik shakllarga boMinishi, ekinzorlaming simmetrik tarzda 
joylashtirilishi, hovuzlar, gulzorlar va maydonchalarning to ‘g ‘ri 
geometrik shaklga ega boMishi; hiyobon va qator ekinzorlardan
shakl berilgan daraxt va butalardan foydalanish bilan tavsiflanadi.
Peyzaj uslubi hududning noto‘g ‘ri shakldagi boMaklarga 
ajratilishi bilan farqlanadi; alohida qismlari nosimmetrik tarzda 
joylashtiriladi; gullar, butalar va daraxtlar erkin guruhlashtirilgan 
holda o ‘stiriladi; hovuzlar shaklan noto‘g‘ri tarzda; yoMakchalar 
ilonsimon (ilon izli) shaklda boMadi.
Landshaft uslubining namunasi sifatida Sankt-Peterburg yonida 
Pavlovsk istirohat bogMni ko‘rsatish mumkin. U erda kam daraxt va 
ekinzor turlaridan foydalanilgan holda juda xushmanzara peyzaj 
yaratilgan. Istirohat bogMda daraxtlar guruhlari, o ‘rmon massivlari, 
yalangilikdagi 
alohida 
daraxtlar, 
hovuzlar 
hamda 
istirohat 
qurilmalari o ‘zaro uyg‘unlashtirilib barpo etilgan.
Aralash uslub - ikkita: muntazam va peyzaj uslublarining 
birlashtirilgani hisoblanadi. Toshkent shahridagi Mirzo U lug‘bek 
istirohat bog‘i aralash uslubda yaratilgandir. Istirohat bogMning 
markaziy qismida to ‘g‘ri chiziqli enli hiyobonlar, geometrik 
shakldagi gulzorlar joylashgan. Bog‘ chekkalarida ilon izli 
yoMaklar, zinapoyalar, nishabliklarda daraxt va butalar erkin 
uslubda joylashgan.
Rejalashtirish 
uslubini 
tanlaganda 
eng 
avvalo 
tabiiy 
xususiyatlar inobatga olinadi. Tekislik joylarida asosan landshaft


qurilishining 
muntazam 
uslubi 
kam 
hollarda-aralash 
uslubi 
qo‘llaniladi. B o‘lingan \joylarda ba’zida aralash (muntazam uslub -
alohida 
maydonchalarda, 
qolgan 
erda-peyzaj 
uslubi) 
dan 
foydalaniladi. N oto‘g ‘ri shakldagi hovuzlar atrofida ilon izli yoMak- 
chalarni, to ‘g ‘ri shaklli hovuzlar yonida esa - to ‘g ‘ri y o ‘lakchalami 
barpo etish maqsadga muvofiq. Ko‘kalamzorlashtirilgan hududda 
bironta ob’ektni yaratishda peyzaj uslubidan foydalanish iqtisodiy 
jihatdan samarador hisoblanadi, bunda mavjud ekinzorlarning ko‘p 
qismi saqlanib qoladi.
Ommaviy foydalanish ob’ektlariga olib boradigan yoMlar enli 
boMishi, sokin dam olish hududlarida esa - yoMlar ilon izli boMishi 
mumkin. Sport maydonchalari tekis joylarda dam olish pavil’onlari 
esa 
-
to ‘silgan 
rel’efli 
hududlarga joylashtirilishi 
lozim. 
Shuningdek, o b ’ektning qaysi maqsadga y o ‘naltirilganligini ham 
inobatga olish zarur.

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə