A. Q. Q a y im o V aholi yashash joylarini


DARAXTLARNING FITONSIDLIK XUSUSIYATLARI



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/64
tarix15.04.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#105652
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   64
AHOLIYASHASHJOYLARINIKOKALAMZORLASHTIRISHPDF

DARAXTLARNING FITONSIDLIK XUSUSIYATLARI
Daraxt va butalaming fitonsidlik xususiyatlarini hisobga 
olmasdan ularning sog’lomlashtirish funksiyasini t o i a tasavvur etib 
bo’lmaydi. O ’simliklar o ’zidan organik birikmalar chiqaradi, ular 
zararli mikroorganizmlarni y o ’qotib, atrof-muhitga va inson 
organizmiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Shahar havosi tarkibida ochiq 
daladagiga nisbatan ko’p miqdorda kasallik tarqatuvchi mikroblar 
mavjud. Hiyobon va istirohat bog’larida ko’chalardagiga nisbatan 
bakteriyalar miqdori kam bo’ladi.
Uchib 
yuruvchi 
fitonsidlar 
fraksiyalarining 
mikroorga- 
nizmlarga ta’siri o ’simliklar tur tarkibiga chambarchas bog’liqdir. 
Masalan qarag’ay o ’rmonlarida 1 m3 havo tarkibida bakteriyalar 
soni 170 ta, qayinzorda 1806, aralash o ’rmonda (ninabargli va 
yaproqbargli) 1400 tani tashkil etadi.
O ’simliklardan ajralib chiqadigan fitonsid moddalar hajmi 
nihoyatda ko’p bo’lishi mumkin. Ninabargli o ’rmonning 1 ga eridan
1 sutka davomida 4 kg fitonsidlik xususiyatiga ega organik 
moddalar atmosferaga chiqariladi, 1 ga yaproqbargli o ’rmondan esa
2 kg modda ajraladi. O ’simliklar ta ’sirida sutka davomida havodagi 
mikroblar soni ikki martadan ko’proq hajmga qisqaradi. Masalan, 
tuya va biota daraxtlari mikroblar miqdorini 67% ga kamaytiradi.
Ayniqsa, atlas kedri, mojjevelnik, limon va mandarin 
daraxtlari, eman, zarangshirali (klyon saxamiy), oddiy shumurt 
daraxtlari 
yuqori 
fitonsidlik 
xususiyatiga 
ega. 
Yuqoridagi 
o ’simliklar oddiy mikroorga-nizmlarni 3-5 daqiqada yo’qotishga 
qodir; momiq eman, rezavor mevali tiss, evropa grabi, kavkaz 
shamshodi, 
doim yashil 
kiparis, piramida-simon zarang -
mikroblarni 6-15 daqiqada o ’Idiradi; bularga nisbatan kamroq 
ta’sirli o ’simliklar - oddiy behi, lavr, kedr, grek yong’og’i, tatar 
zarangi, qayin, kumush terak, lenkoran akasiyasi - zararli mikro­
organizmlarni 15-30 daqiqada nobud qiladi. Ko’kalamzorlashtirish


ishlarini rejalashtirilganda daraxt va o ‘simliklarning fitonsidlik 
xususiyatlariga ham alohida e ’tibor qaratish zarur.
0 ‘simliklaming atrof-muhit sharoitlari talablaridan kelib 
chiqib, tegishli agrotexnika qoidalariga rioya qilingan holda barpo 
etilgan yirik o ‘simliklar massivlari sanitar-gigienik xususiyatlarini 
to ‘ia namoyon eta oladi. Daraxt turlarini ularning ekologik va 
biologik xususiyatlarini: yorugMik, tuproq, namga taiabi, vaqt va 
kenglikda o ‘zaro mutanosiblik darajasini inobatga olib joylashtirish 
talab etiladi. 0 ‘simliklar hamda qurilishlar o ‘rtasidagi masofa 
kengligi daraxtlar shox-shabbalari o ‘sishini nazarda tutib tanlanishi 
kerak. Ekinzorlarni haddan tashqari qaiinlashtirish yaramaydi, 
chunki bu holda daraxtlar bir-biriga yomon ta ’sir qiladi shuningdek, 
o ‘simliklarning asosiy funksiyasi - havoni kislorod bilan boystish va 
atrof-muhitni sogMomlashtirish vazifasi susayib ketadi.
Savollar:
1. Daraxtlarning fitonsidlik xususiyati qanday ahamiyatga ega?
2. 1 ga o ‘rmonzor qancha miqdorda fitonsid ajratadi?
3. Fitonsidlar natijasida mikroblar soni qanchaga kamayadi?
4. Fitonsidlik xususiyati yuqori boMgan daraxt turlarini aytib 
bering.

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə