Petrushka



Yüklə 5,33 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü5,33 Kb.
#154671
Petrushka



Petrushka
Petrushka (Petroselinum L.) (nilufar turi) - soyabonguldoshlar oilasiga mansub bir yoki ikki yillik oʻt oʻsimliklar turkumi, sabzavot ekini. Vatani — Oʻrta dengiz boʻylari. 4 turi bor, shundan poliz P. turi (P.sativum) ekiladi. Birinchi yili barg va ildizmeva hosil qiladi. Barglari 3-marta patsimon ker-tikli. Ikkinchi yili oʻsimlik uzun sershox poya chiqarib gullaydi. Gullari mayda, chetdan changlanadi, toʻpguli — soyabonsimon. Urugʻi mayda. P. sovuqqa chidamli, namsevar va yorugʻtalab oʻsimlik; 3—5° da urugʻi unib chiqadi. Bargi va ildizmevasida oqsil, yogʻ, shuningdek, efir moylari, S,A,Vr V2, vita-minlar va boshqa bor. P.ning ildizi, bargi va faqat bargi isteʼmol etiladigan ikki xili bor. Ildizi va poyalaridan oziq-ovqat sanoati va tibbiyotda foydalaniladi. Bargi isteʼmol etiladigan turining ildizi ingichka va ser-tarmoq. P. urugʻi erta bahorda yoki kech kuzda sabzi kabi sepiladi. Oshkoʻk si-fatida ishlatiladi. Oʻzbekistonda P.ning Nilufar va ildizmevali Saharnaya navlari ekiladi.

Yüklə 5,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə