A. Q. Q a y im o V aholi yashash joylarini


-B O ‘L IM . K O ‘K A L A M Z O R L A S H T IR IS H A S O S L A R I



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/64
tarix15.04.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#105652
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
AHOLIYASHASHJOYLARINIKOKALAMZORLASHTIRISHPDF

1-B O ‘L IM . K O ‘K A L A M Z O R L A S H T IR IS H A S O S L A R I
I BOB. KO ‘KALAM ZORLASHTIRISH TARIXI
Insonni qadim zam onlardan beri turli xil ko’rkam o'sim liklar 
dunyosi o ‘rab olgan. Ibtidoiy odam lar o ‘z go’shasi atrofida o ‘suvchi 
egulik va k o ‘p kasalliklarga davo b o iu v c h i o ‘simliklami qidirib 
topishga harakat qilishgan. Arxeologik qazilmalardan ham shu narsa 
m a’lumki, qadimgi dunyo xalqlari o ‘simliklardan egulik, dorivor va 
manzarali o ‘simliklar sifatida foydalanishgan. Osiyo, Evropa, 
Afrika va Amerikadan topilgan ko‘pgina qoyalardagi tasvirlar 
gullarning va manzarali o ‘simliklarning beqiyos go‘zalligi bizning 
davrimizgacha etib kelgan. Eron, Hindiston, Yaponiya, Markaziy va 
Janubiy Amerika xalq-lari qadim vaqtlardan beri yirik va ochiq gulli 
yovvoyi o ‘simliklardan, shuningdek, dorivor xususiyatga ega 
b o ig a n o ‘simiiklardan o ‘z extiyojlariga yarasha foydalanishgan. Bu 
o ‘simliklar bilan ular o ‘zlari yashagan joylarni bezashgan va ularni 
tibbiyot sohasida ishlatishgan.
Olimlarning fikriga k o ‘ra, eng birinchi manzarali o ‘simliklar 
atirgul bilan lotos bo‘lgan. Qadimgi obidalaming guvohlik 
berishicha, bu o ‘simliklardan jam iyatda 5,5-6 ming yil, gulsafsar va 
xrizantemadan esa 4 ming yil avval foydalanilgan. Ota-bobola- 
rimizning bu gullarga b o ig a n muhabbatini qoyalarga va uy-joy 
jihozlariga tushirilgan tasvirlardan, kashtalarga tikilgan gullardan, 
naqshlardan, eski qo‘lyozmalardan bilish mumkin.
Krit orolida olim lar tomonidan 3500 yil ilgarigi atirgul tasviri 
topilgan. Umuman, bu gullarning tarqalishi 1000 yil avval boshlanib 
M esopotamiya, Hindiston, Xitoy, Eron, Yaqin Sharq, Misrdan o ‘tib 
Y'unoniston va Rimgacha etib kelgan. Qadimgi Yunonda atirgul 
go‘zallik xudosi Afrotidaga bag‘ishlangan, uning ehromi atroflarini 
atirgullardan tashkil topgan go‘zal b o g ia r o ‘rab turgan.
Rimliklarda atirgul «jasorat» timsoli hisoblangan. Bu gullardan 
ishlangan gulchambarlar g ‘oliblarning boshlariga kiydirilgan. Har
bahorda olamdan o ig a n la r xotirasi uchun atirgullardan iborat 
«gullar bayrami» o ‘tkazilgan.
Qadimgi M isr hunarmandlari ehrom, saroy hamda jam oat 
joylarini g ‘aroyib mevali daraxtlar va gullar bilan bezashgan. 0 ‘sha 
/.amonlardayoq tropik va subtropik o ‘simliklar saroy bog‘lari va 
xonalarini ko‘kalamzorlashtirishda qoilanilgan.
Tel-El-Amarandan topilgan toshdagi yozuvlar shundan dalolat 
beradiki, bu erlarda y o ‘l chetlarida qator qilib manzarali daraxt 
ekilgan. Saroy va uy oldilaridagi bog‘larda birinchi marta yassi 
tomli uylar qurilishi Yaqin Sharqda odat tusiga kirgan. «Osilib 
turuvchi bog‘lar» markazi Vavilon, Assiriya bo‘lib, u Efrat va 
y o ib a rs daryolari yonidagi serhosil vodiylarda joylashgan. Vavilon 
bog‘i, bog‘ tashkil etish san’atining namunali timsolidir, boshqacha 
aytganda, Semiramidaning «osilib turuvchi bog‘lar»i qadimgi dunyo 
ajoyibotlarining biridir. Bu g ‘aroyib qadimgi dunyo b o g ia r, 
Vavilon shoxining ko‘rsatmasiga binoan, uning sevimli malikasi 
sharafiga tashkil etilgan.
«Osilib turuvchi bog‘lar» to ‘rt qavatli keng minoralarda 
joylashgan bo‘lib uning ayvonlarida palmalar, kiparislar, mevali 
daraxtlar, manzarali noyob o ‘simliklar va chiroyli gullar o ‘stirilgan. 
Mevali daraxtlar, gulli o ‘simliklar, hattoki noyob qushlari b o ig a n
qadimgi Solomon b o g ia ri haqidagi m aium otlar bizgacha etib 
kelgan.
Ko‘kalamzorlashtirishning asosiy jihati shundan iboratki, 
bunda tabiiy daraxt ekinzorlari hududidan foydalangan holda, 
qiyofasini o ‘zgartirib borish, tabiat namunalarini amaliy san’at 
ishlari bilan birlashtirib, yaxlit bir manzarani yaratishdir. M anza­
rabop ekinlami k o ‘paytirish quldorlik jam iyati davrida vujudga 
kelgan. 0 ‘sha vaqtlarda ham saroylar, maqbaralar, badavlat xona- 
donlarda hiyobon va b o g ia r barpo etish va ko‘kalamzorlashtirishga 
alohida e ’tibor qaratilgan. Qadimiy Misr b o g iarin i rejalashtirishda 
m a iu m qoidalarga amal qilingan: kompozisiya markazida asosiy 
bino joylashgan, ikki tomoniga daraxt ekilgan uzun y o ia k (alleya) 
ushbu kompozisiyaning asosiy qismi b o iib , hovliga kirish joyi bilan 
bogiangan hamda bog‘ hududini ikkita teng b o iim g a ajratgan. Har 
bir b o ia g id a esa to‘g ‘ri burchakli suv havzalari barpo etilgan.


Qadimiy M esopotam iya davlatlarida ov qilishga m o'ljallangan katta 
qo‘riqxonalar tashkil qilingan.
Eram izga qadar V asrdayoq geron bog‘lari keng tarqalgan 
bo'lib, ular ustunlar va xaykaliar bilan bezalgan, bu joylarda shaxid 
ketgan qaxram onlar sharafiga sport musobaqalari o ‘tkazilgan. 
Eramizgacha IV-III asrlarda aholi turar hovli joylari oldida kichik 
bog‘lar barpo etilgan, ularda yagona manzara elementi bo‘lib daraxt, 
fontan yoki alohida haykal joylashtirilgan. Jam oat sayr qiladigan 
xiyobonlar (istirohat bog'lari) - qadimiy Rim shaharsozligining 
muhim tarkibiy qismi bo‘lib hisoblangan. Qadimiy Rim bog'lari 
odatda ustunlar bilan qurshab olinib, tabiat va arxitekturaning yaxlit 
uyg‘unligini nam oyon etgan. Qadimgi Rim ko'kalarnzorlashtirish 
san’atida sun’iy hovuzlar, favvoralar, shu-ningdek, shakl berilgan 
daraxt va butalar alohida ahamiyatga ega bo'lgan. Bulardan 
tashqari, engil, uchta tomonli yashil devorlar, chirmashib o'suvchi 
o'sim liklar bilan qopiangan ayvonchalar xushman-zara tabiatni hosil 
qilgan.
Arab mamlakatlari, Eron, 0 ‘rta Osiyo bog'lari o ‘ta noyob 
bo'lib, atroflari baland devorlar bilan o'ralgan, ular tuzilishining 
geometrik uslublari kichik kanallar tarm og'i yordamida bog'lar 
maydonini 
alohida 
bo'laklarga 
ajratgan. 
M aydonchalarning 
bezatilishida to 'g 'r i burchakli va kvadrat shaklidagi gazonlarga 
alohida e ’tibor qaratilib, bu joylar gullar va o'sim liklam ing rangiga 
qarab, nozik ta ’b bilan bezatilgan.
M usulmon davlatlaridagi istirohat bog'larini tuzish san’ati o 'rta 
asrlardagi Hindiston bog'larining rejalashtirilishi va bezatilishiga 
o'zining katta ta ’sirini o'tkazdi.
0 ‘rta 
asrlarda 
Uzoq 
Sharq 
mamlakatlari 
bog'lari 
va 
xiyobonlari peyzaj uslubida yaratilgan. Yapon bog‘lari yaratilishida 
tabiatning abadiy yangilanish g ‘oyasi ustunligi, suv havzalari va 
yo'lakchalarning bejirim ishlanishi, kichik arxitektura shakllari 
bilan bezatilganligi, ularning tabiiy muhit bilan bevosita uyg'un- 
lashganini aks ettirgan.
Eram izgacha bo'lgan XVI asr tarixiy hujjatlari bizga shunday 
m a’lumotlar beradiki, saroy oldida to 'g 'ri burchakli kvadrat 
shaklida joylashgan bu bo g'lar devor bilan o'ralgan. B og' o'rtasida
to 'rt burchakli hovuz qurilib, unga toshlardan yasalgan zinalar bilan 
borilgan.
Qadimgi Misrning manzarali bog'dorchiligida suvdagi bog'lar 
alohida o 'rin tutgan. Ehrom saroy oldidagi to 'rt burchakli 
xovuzlarda Misrning ajoyib oq va havorang nilufarlari, lotoslari 
o'stirilgan. Italiyada manzarali bog'dorchilik bir muncha bosh- 
qacharoq rivojlangan. Rimda esa yassi tom lar va balkonlarni 
tuvakda o'suvchi gullar bilan bezash u rf bo'lgan (Adonis bayrami). 
Tomlarda osilib turuvchi, baliqli hovuzlar tashkil qilingan.
Italiya bog'bonlari bundan ikki ming yil ilgari manzarali 
subtropik o'sim liklar: yashil shamshod, lavr, oleandr, yasmin, anor, 
palmalar, har xil yashil nina bargli daraxtlar va turli xil uy gullari 
etishtirishgan. Rimliklar mevali va gulli o'sim liklam i o 'zig a xos 
issiqxonalarda ham etishtirishgan. Uylami, saroylam i ko'kalam - 
zorlashtirish qadimgi Yunon va Vizantiya shaharlarida, ularga 
yondosh 
mamlakatlarda 
keng qo'llanilgan. 
Xonalam i 
ichki 
ko'kalam zorlashtirishda yirik tropik o'sim liklar: palma, kodeum va 
nafis gullardan foydalanilgan. Uning m a’lum qismini xovuz bezab 
turgan. Ko'kalarnzorlashtirish Yaqin Sharq mamlakatlaridan farqli 
ravishda Eron va ayniqsa, Hindistonda o'sim liklar arxitekturasi 
katta o 'rin tutgan. Bu bog'lar va yopiq joylarda etishtirilgan 
o'sim liklardan tashkil topgan bo'lib, hozirgi davrda saqlanib 
qolinmagan.
Bizning davrgacha bo'lgan 500-yilda forslar birinchi bo'lib 
chiroyli hovuzlar, turli-tuman g'aroyib gullar va manzarali 
daraxtlardan iborat bo'lgan istirohat bog'lam i ko'paytirishgan. 
B a’zan bu bog'larda yovvoyi hayvonlar ham bo'lgani uchun forslar 
uni «hayvonlar bog‘i» deb atashgan. Fors imperiyasining hayvonlar 
bog 'i va shu bilan bir qatorda gulzorlar podshoxlar va yuqori 
tabaqali amaldorlar yashagan joylarda tashkil etilgan.
Sharqiy Turkistonda manzarali bog'dorchilik xo'jaligining 
paydo bo'lishi O 'rta Sharq xalqlarida tuproqshunoslik, bog'dor­
chilik, sabzavotchilikning kelib chiqishi va rivojlanishi bilan uzviy 
bog'langan.
Bu xalqlar A fg'oniston, Eron, Hindiston, Kichik Osiyo mamla­
katlari bilan savdo va madaniy aloqalar o'm atishgan. Sharqiy


Turkiston shaharlaridan o ‘tuvchi buyuk ipak y o ‘li ana shundan 
dalolat beradi.
Ehrom devorlaridagi rasmlar, tarixning turli davriga doir 
bo'lgan eski yozuvlar bizga u yoki bu mamlakatning gullari, 
uzumzorlari va bog‘lari xaqida m a’lumot beradi. M asalan, X-XIV 
asrdagi tarixiy yodgorliklar uyg‘ur davlatining gullab-yashna- 
ganligini ko‘rsatadi. U yg‘ur boylarining hayoti va yashash sharoiti 
devorlardagi 
rasmlarda 
muhrlangan. 
Bu 
rasmlardan 
birida 
tasvirlangan knyaz qo'lidagi gul tinchlik timsolidir. Gullar 
etishtirishni kasbga aylantirgan uyg‘urlar qizlarga, ba’zan yigitlarga 
ham gullarning nomini qo‘yishgan. Bu hoi hozir ham davom 
etmoqda. B og‘larda va xonalarda pelargoniya, balzemin (xnagul), 
fuksiya (tomchigul), aloe (tikangul), gippeastrum (piyozgul) fikus, 
lavr, oleandr va boshqa o ‘simliklar etishtirilgan. Gullar, manzarali 
daraxtlar, butalar haqida xalq qo‘shiqiarida kuylangan, shoiming 
she’rlarida, badiiy san’at asarlarda aks etilgan.
Uzoq Sharq mamlakatlarida, janubi-sharqiy Osiyoda, ayniqsa, 
Koreya, Yaponiya, V tetnam da o ‘zgacha bog‘dorchiiik san’ati XIII 
asrdan beri vashab kelmoqda. Bu mamlakatlaming xalqlari 
manzarali bog'dorchilik gullari bilan bezashning beqiyos usullarini 
ishlab chiqishgan va bu singari o'sim liklam ing juda boy xillarini 
yig'ishgan. 
Yaponlarda 
banseki, 
bonzayi 
singari 
manzarali 
san’atning hamda gulli bezaklardan ikobana, ikeanaborikka, nagieri, 
moribana kabi ko‘pgina turlari mavjud. Bonzayi va banseki usulida 
asosan imperator saroylari ko‘kalamzorlashtirilgan b o ‘lib, undan 
shu vaqtga qadar kichik bog‘lami bezashda ham foydalanib 
kelinmoqda.
Pakana (kichkina) o'sim liklar xiliga subtropik nina bargli 
daraxtlar, butalar kiradi. Xrizantema esa Yaponiya va Xitoyda 
asosiy gulli o'sim liklar hisoblangan. XIII asr o'rtalarida 0 ‘rta 
Evropa shaharlarida har-xil g'aroyib o'sim liklar uchun maxsus 
xonalar tashkil qilina boshlandi. Reynda birinchi marta qishki bog' 
yaratishga urinib ko'rildi. O 'sh a davrda g'aroyib o'sim liklardan 
xonalarni ko'kalam zorlashtirishda foydalanish manzarali bog'dor- 
chilikni rivojlanishi uchun yangi bir turtki bo'ldi.
Botanika bog'lari 
1400 yilda Florensiyada
1530 yilda 
Mantuda, Rimda va boshqa shaharlarda tashkil qilindi. Bu bog'lar 
mashhur arxitektorlar G.Gollvitsev va V.Virsingning yozishicha, 
Semiramidadagi bog'lardan ham a ’lodir. Prussiyada imperator 
Fridrix III, Fransiya qiroli Karl V va uning o 'g 'li Filipp II o 'z
saroyida apelbsin, limon daraxtlaridan turli xil dorivor o'tlardan 
iborat bog'lar barpo ettirishgan, max-sus akvariumlarda esa noyob 
baliqlar va hatto xonbaliqni ko'paytirishgan.
O 'rta asr Evropa bog'larida asosan sabzavotlar, dorivor 
o'sim liklar, mevali daraxtlar va rezavor mevali butalar o'stirilgan. 
Ular yonida alohida manzarali gazonlar, gullar ekilgan maydon­
chaiar ham bo'lgan.
Istirohat bog'larini yaratish san’atining rivojlanishi Evropa 
davlatlarida U yg'onish (vozrojdeniya) davriga to 'g 'ri keladi. XVI 
asr arxitektorlari (Vinola, P.Ligorio va boshqalar) doimiy bog'larni 
tashkil etish usullarini ishlab chiqdilar. Bunda ular joyning tabiiy 
rel’eflaridan foydalangan holda, asosiy bino arxitekturasida asos 
solingan kompo-zisiya nisbatlarini yanada rivojlantirishga asosiy 
e ’tibor qaratilgan. Bu bog'lar bir-birini takrorlamaydigan ko'rinishli 
manzarani kasb etib, ustunli ayvonlar joylashtirilgan, monumental 
narvonlar, ko'plab haykallar, hamda to'sinlar bilan birga yaxlit 
manzarani namoyon etgan. Istirohat bog'lar yaratishdagi renessans 
uslubi keyinchalik italyan barokko villalari bog' arxitekturasida 
yanada rivoj topdi.
Fransiyaning «absolyutistlar» ijodiyotida rasionalistik ruh va 
tamoyillar ustunligi A.Lenotr tomonidan yaratilgan (Versal istirohat 
b o g 'i va b.) muhim geometrik reja va chizgilarda aks etib bu bog'lar 
doimiy fransuz istirohat bog'lari ko'rinishida namoyon bo'lgan. 
Bunday bog'lar asosan adir tekisliklarida va tekis hududlarda 
yaratilgan. Manzaraning tarkibiy qismini saroy tashkil etgan bo'lib, 
uning oldida ochiq maydonlar joylashgan. U erdagi suv havzalari 
ko'zguni eslatib turgan.
K o'plab haykaltaroshlik namunalari manzaraga aniqlik va 
ravshanlik kiritgan. A.Lenotr g'oyalari Evropada (XVII-XVIII 
asrlarda) istirohat bog'lari san’ati rivoj-lanishida asosiy rol 
o'ynagan.


XVIII asr o ‘rtalarida Evropada erkin tarzda rejalashtirilgan 
manzarali istirohat bog‘lari paydo bo‘ldi. Ularning rivojlanishida 
ta’limning falsafiy g ‘oyalari xukmronlik qilgan hamda Xitoy 
san’atini o ‘rganish jarayoni ham o ‘z ta ’sirini o ‘tkazgan. Eng avvalo, 
bunday 
istirohat 
bog‘lari 
Buyuk 
Britaniyada 
(arxitektorlar 
Ch.Bridjmen, 
U.Kent, 
L.Braun, 
U.Chembers), 
keyinchalik 
Fransiyada 
(arxitektor R.L.Jirarden) 
va Evropaning boshqa 
mamlakatlarida barpo qilindi.
«Ingliz» istirohat bogMari peyzaj kompozisiyalarida tabiat 
yaratgan ko‘rinishni ijodiy yondoshgan holda qaytadan boyitish 
tamoyili yaqqol namoyon boMadi: maydonchalar, kichik suv 
havzalariga, geometrik shakldagi basseyn va kanallar - ko‘l, hamda 
kichik daryolarga tutashadi; muqim ekinlar kompozisiyasi alohida 
o ‘sgan yoki bir guruh daraxt ekinzorlari, yo’laklar va y o ‘l yoqalari -
bejirim so‘qmoqlar bilan chirmashib, yaxlit bir tabiiy uyg‘unlikni 
kasb etadi. Daraxt va butalarni joylashtirishda umumiy kompozisiya 
fasllar almashinuvini aks ettirib, o ‘ziga xos san’at namunalari 
yaratilgan. Bog‘ arxitekturasi tabiati ham o ‘zgarib bordi: peyzaj 
mavzuida bajarilgan manzaralarda romantik ruh hukmron boMgan, 
ba’zida qishloq kulbalarini eslatuvchi qurilmalar ham alohida 
e ’tiborga ega boMgan.
Rus bogMari to ‘g ‘risidagi ilk maMumotlar XII asrga taalluqli 
(Kiev va Vladimrdagi knyaz hovli-joylari). XVII asrda M oskvada 
yuqori yoki qizil nomi bilan atalgan bogMar binolaming yuqori 
qismida joylashtirilgan va ular boy manzarasi bilan ajralib turgan 
(Kremlb saroyi bogMari). Shahar tashqarisidagi boy xonadonlar 
xovlilaridagi 
muqim 
bogMar, 
atrofdagi 
tabiat 
uyg’unligi, 
manzarabop ko‘rinishlar: baliqli hovuzlar, mevali bogMar, tabiiy 
oMloqlar bilan birlashib ketgan. XVII asr Evropa bog‘-istirohat 
san’ati uslublari XVIII asr boshlarida Peterburg saroy-bogMar 
ansambllarida 
badiiy 
usulda 
rivojlantirilgan 
(arxitektorlar 
J.P.Leblon, N.M iketti, M .G.Zemsov va b.). Bunday istirohat 
bogMari qatMy simmetrik kompozisiyalar tarzida yaratilib, unda suv 
tabiiy xavzalari va jo y rel’efidan mohirona foydalanilgan. XVIII 
asrda yaratilgan istirohat bogMari (arx. V.V.Rastrelli va b.): 
Moskvadagi A nnengof istirohat bogM, Sarskoe selo bogMari
(hozirda Leningrad viloyati, Pushkin shahri), M oskva yaqinidagi 
Kuskov va Arxangelsk istirohat bogMari shular jum lasidandir. XVIII 
asr oxirida peyzaj manzarali reja uslubi tarqalgan (bog‘bon I.Bush, 
arx. Neelov, Ch.Kameron, P.Gonzaga va b.), bularning yaqqol 
namunasi - Pavlovskdagi istirohat bogM, Sarskoe Selodagi 
Ekaterina bogMning manzarali qismi, M oskva yaqinida - Kuzminki 
bogMdir.
XIX asr o ‘rtalaridan Evropa davlatlarida va AQSh da ko‘plab 
jam oat istirohat bogMari (asosan shaharlar atrofida) yaratila 
boshlandi. Avvalo, ularda erkin «ingliz» reja uslubi qoMlanilgan 
boMsa, XIX asr oxiriga kelib bog’-istirohat san’ati ustalari (masalan, 
AQSh da F.L.Ommstend, I.I.Iensen) doimiy va Iandshaft qurilishi 
elementlarini o ‘z.aro uyg‘unlikda olib bordilar. Biroq, umuman 
olganda, XIX asr oxiri - XX asr boshlarida bog’-istirohat san’ati 
inqirozga kelib, rejalar tarkibiy qismining maydalashishi, gullar 
bilan bezash uslubining bach-kanaligi, hamda kichik arxitektura 
shakllarining ustunligi kuzatilgan.
Evropa mamlakatlarida XIV asr oxiri va XV asr boshlarida 
bo’tako’z, lolaqizg’aidoq, nargis, binafsha, liliya (piyozgul), 
xayrigul, 
gulsafsar 
manzarali 
o ‘simliklarning 
asosiy 
xili 
hisoblangan. Bular asosan Evropa floras! hamda Osiyo va Shimoliy 
Afrikaning ayrim o ‘simlik turlaridan tashkil topgan. Yaqin Sharq 
mamlakatlarining ba’zi o ’simlik turlari ham asta-sekin botanika 
bogMari orqali shular tarkibiga kiradi. "• Botanika bogMarida 
piyozgulli o ’simliklar ham paydo boMdi, Lola, nargis, gulisumbul, 
bog‘ pufagi, tugmaboshlar shular jumlasidandir.
Turkiyadan XVI asr o ’rtalarida Italiyaga birinchi marta oddiy 
siren (nastarin) o ’simligi, keyinroq olcha va bog’ yasmini keltirildi. 
Kevinroq Evropaga tropik manzarali o ’simliklardan: chechak, 
mirabilis, tagetislar, shuningdek Shimoliy Amerikaning ba’zi 
o ’simliklari keltirildi. XVI asrda ko’kalamzorlashtirishning yangi 
bosqichi boshlandi, bunda asosiy diqqat balkon oynalarini, 
ayvonchalam i manzarali o ’simliklar bilan bezashga qaratildi. Bu 
paytda san’atning yana bir turi-o’simliklami qaychi bilan qirqib, 
ularga turli shakl berish bunyodga keldi. Janubiy va Markaziy 
Evropada shamshod o ’simligi ko’paytirilgan va qaychi bilan


turlicha d um^loq, turtburchak, silindrik va hokazo shakllar berilgan. 
Saroy iclikarisjnj; qishki bog'lam i va b ^ ’zi turar-joylarni ko'kalam - 
zorlashtirish qc hun ham o ‘simliklarga hf*r xil shakllar berilgan.
X V I asrn jng ikkinchi yarmida x,ususiy va davlat botanika 
bog‘lari soni5 chetdan keltirilgan manzarali o'sim lik turlari keskin 
k o ‘paydi. Iqtisodiy rivojlangan d a v la t^ r va b a’zi boy-badavlat 
kishilar o ‘z hjso bidan ekspedisiyalar tashkil qilishib, sayyohlarni va 
olimlarni uzoq mamlakatlardan o'sirrdiklar olib kelishi uchun 
j o ‘natishdi. Shimoliy Amerikaning mad^myiashgan o'sim lik turlari 
soni XVII asrga kelib ancha ko‘paydi. S hu davrga kelib Evropaning 
manzarali o ‘sim liklar turiga redbekiya, monarda, gelenium, kanada 
akvilgeiyasi, k o ‘p yillik astralar (qo'qongul), shoyigullar, manzarali 
butalar, ba’zi do'lanalar, p o ‘rsildoqlar (puzwplodnik), janubiy tuya 
o'sim liklari kirar edi. Evropada XVII 
asrda sovuqqa chidamsiz 
o'sim liklam i parvarishlash uchun issiqtf°nalar qura boshlandi. Sal 
vaqtdan s ° ‘ng katta botanika bog'lariam g issiqxonalarida 0 ‘rta 
Osiyo, A vstrajiya, Yangi Zelandiya, M afkaziy va Janubiy Amerika, 
Janubiy va M arkaziy Afrika, Hindiston, Atlantika va Tinch okeani 
orollaridan k e h irjigan tropik va subtropik o ‘simliklar jo y oldi.
Qishki b0 g ‘lami, saroylarni ko‘kalamzorlashtirishda palmalar 
uchun alohida jo y ajratildi, bularni va g'proyib o ‘simliklarni yig‘ish, 
tropik o ‘sim liklar florasini o ‘rganish uchun maxsus ekspedisiyalar 
tashkil etildi. Keltirilgan o ‘simliklar xili oshgan sari qishki bog‘lar 
barpo etishnii>g yangi turi, y a ’ni uy tondarida qishki bog‘ yaratila 
boshlandi- Sl^u tariqa yassi tom lar ciurish va kattaroq qishki 
bog‘lami ko‘p aytirish tavsiyanomalari ham paydo b o id i.
Evropa b o g 'larid a XVIII asrda Shimoliy Amerikada o ‘suvchi 
turli xil butal% 9 daraxtlar, ko‘p yillik o ‘S*mlik-gullardan nilufar va 
flokslar payd^ bo'ldi. Bu kabi o'sim liklarga qiziqish borgan sari 
ortib, Evfopa^a yangi go‘zal qishki bog‘lar bunyodga keldi. 
Germaniyada 1874 yilda qurilgan qishki bog' katta shov-shuvga 
sabab bo'ldi. Bu bog‘da palma, bambuk, shakarqamish, banan, 
agava, serus \ a boshqa subtropik va ti°P*k 0 ‘simliklar bilan bir 
qatorda har x ij noyob qushlar hamda sUv o ‘tlardan tashkil topgan 
xovuz va sh arshara ham barpo qilindi. (Jermaniyada maydoni 800 
m2 , balandligi 13 m bo‘Igan yana bir ajdy>b qishki bog‘ bor edi. U
bog‘ 1922 yilgacha saqlanib kelgan. Qishki bog‘da subtropik va 
tropik o ‘simliklarni bir m e’yorda o ‘sishi uchun m a’lum miqdordagi 
issiqlikni etkazib beruvchi moslama bo‘lgan. Bog‘da apelsin, limon 
va palmalar, meksika mimozalari, oleandr, sarv daraxti, siklomenlar, 
yashil eman daraxtlari, chirmashib o ‘suvchi o'sim liklar (lianalar) 
o ‘sgan. Bu erda favvoralar, uychalar, dam olish uchun o ‘rindiqlar 
ham mavjud bo'lgan.
Tomda bog'lar barpo etish Evropa va Shimoliy Amerikada 
avjiga chiqqandi. Maydoni 4000 m2 bo'lgan eng katta tom bog'i 
1929 yilda Berlin shahridagi Karlshtat savdo rastasining tomida 
bunyod etildi. B og'da taxta tuvaklarda, gazonlarda har xil 
o'sim liklar va gullar, shuningdek, mahalliy floraning madaniy 
butalari o'stirilgan.
XVII 
asming 
ikkinchi 
yarmida, 
Rossiyaga Evropadan 
issiqxonalarda o'suvchi turli xil o'sim liklar keltirildi. M oskvada 
Izmaylov bog'lari barpo bo'ldi, bu erda ba’zi Janubiy foydali 
o'sim liklar ko'paytirila boshlandi. 1974 yilda Kreml bog'lari 
haqidagi 
yozuvlarda xushbo'y, 
dorivor, 
iste’mol 
qilinuvchi 
o'sim liklardan tashqari, pionlar, iolaqizg'aldoqlar, bir yillik 
delfinium lar ham o 'rin olgan. Izmaylov nomidagi bog'da oq 
liliyalar, piongullar, lolalar, chinnigullar, atirgullar va manzarali 
sarv daraxti butalari bo'lgan. 1702 yilda Kreml bog'larida issiqsevar 
o'sim liklar orasida 8 tup uzum ko'chati va 100 dona tuvakda 
o'suvchi har xil gullar va manzarali o'sim liklar bor edi. Keyinchalik 
bog'larida ham issiqxonalar bunyodga keldi.
Erondan Moskvaga XVIII asr o'rtalarida issiqsevar mevali 
daraxtlardan limon, kofe daraxti, anor, shaftoli, shuningdek, sarv 
daraxti va 40 turdan ortiq fikus, lavr, yasmin, razmarin, shamshod, 
aloe kabi g'aroyib o'sim liklar keltirildi.
Moskvadagi yangi bog'lar g'arbiy uslubda tashkil qilindi. Bu 
bog'larda geometrik shakldagi to 'g 'ri yo'laklar, xovuzlar va doira 
shaklidagi gulpushtalarda chiroyli gullar ekilgan. Qishda o'sim - 
liklami maxsus isitilgan xonalarda va oynavon issiq binolarda eman 
daraxti yog'ochidan yasalgan tuvaklarda yoki cho'yan guldonlarda 
saqlashgan. 
Xon 
saroyining 
poytaxt 
Peterburgga 
ko'chishi 
munosabati bilan yangi bog'lar va oynavand issiqlik xo'jaliklari


shahar va shahar chekkalariga joylashtirilgan. Asta-sekin favvora va 
sharsharasi boMgan oynavand issiqlik binolari qurila boshlandi. 
M ana shu tarzda Peterburg atroflarida bu singari binolar paydo 
b o ‘ldi. Rossiyada manzarali bog‘dorchilikni yanada rivojlantirish 
uchun Petr I chet eldan mohir bog‘bonlarni tak lif etardi, ularga pul 
to ‘lab, yosh, qobiliyatli rus yoshlariga bog‘bonchilik sirlarini 
o ‘rgatishni talab qilardi.
Katta bayramlarda saroy ichkarisini turli xil chiroydagi 
o ‘simliklar bilan bezash u rf bo‘la boshlagach tropik va subtropik 
erlardagi tabiat boyliklarini o ‘rganish maqsadida uzoq va issiq 
o ’lkalarda sayohat qiluvchi yosh o ’lkashunoslar soni k o ‘payadi. 
Turli jam iyat tabaqalarida botanikani sevuvchilar soni k o ‘paydi, 
chet eldan keitirilgan ajoyib o ‘simliklami etishtiruvchi xususiy 
oynavand binolar, hattoki botanika bogMari vujudga kela boshladi.
«Sankt-Peterburgskaya vedomost» ro ‘znomasi sahifalarida 
yozilishicha, Gamburg va Gollandiyadan kemalarda keitirilgan har 
xil o ‘simliklar: lavr daraxti, apelsin, sitrus o ‘simliklari birja orqali 
«kim oshdi» savdolarida sotilgan.
Saroy va ba’zi badavlat dvoryan bogMarining bog‘bonlari 
Sankt-Peterburg tibbiyot bogMning oynavand issiq binolarida 
o ‘suvchi anjir, aloe, ananas, sitrus, gulli va piyozgulli kabi turli 
xildagi o ’simliklarni sota boshladilar. Savdo-sotiq sanoatining 
rivojlanishi bilan birga, katta bogMar va oynavand issiqlik 
x o ‘jaliklarini barpo etish yanada k o ‘payib bordi. «Sadovodstvo» 
jum alining o ‘sha davrdagi sonlaridan birida bu bogMar va 
x o ‘jaliklarda 1000 tagacha limon daraxtlari 500 ta ananas va har xil 
manzarali o ’simliklar o ’stirilayotgani ta ’kidlangan.
Yangi o ’simliklami madaniylashtirib hayotga yoMlashda Petr I 
boshchiligida barpo etilgan dorishunoslik tomorqasi hamda Moskva 
va Petrburgdagi boshqa tom orqalarda ham katta ishlar qilindi 
(keyinchalik bu tomorqalar botanika bogMariga aylantirildi).
Gulchilik bizning Respublikamizga uzoq Sharqdan, Xitoy va 
Hindistondan Buyuk ipak yoMi orqali kirib kelgan va birinchi boMib 
Samarqandda, so‘ngra Buxoro, Q o‘qon va boshqa shaharlarda 
tarqalgan. 1920 yildan boshlab 0 ‘rta Osiyo D avlat universitetining
qoshida 12 gektarlik Botanika bogM tashkil qilinib, 60 dan ziyod gul 
navlari etishtirilgan.
Gul navlari 300 taga ko‘paytirilgach, bu bog‘ 1943 yilda 
0 ‘zbe-kiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi hisobiga o ‘tkazilgan 
va yangi Botanika bogM tashkil etilib, er maydoni 80 gektarni 
tashkil qilgan.
1962 yildan boshlab Respublikamizning ettita shahri -
Andijon, Angren, Oimaliq, Buxoro, Samarqand, Farg‘ona va 
Urganchda o ‘simlikshunoslik xo‘jaliklari tashkil topdi. Bu x o ’jalik- 
larning er maydoni 592 gektar edi.
1977 yilga kelib 0 ‘zbekiston Respublikasida 15 ta o ’simlik- 
shunoslik kombinatlari tashkil topdi. Bulardan eng yirigi hisob- 
langan Toshkent manzarali bog’dorchilik xo’jaligining ekin may­
doni 1279 gektar edi. Oynavand issiq binolar maydoni 5,9 gektarni 
tashkil etdi.
K o’kalamzorlashtirishni ilmiy asoslangan holda yoMga qo’yish 
uchun, O ’rmonchilik ilmiy tadqiqot instituti negizida 2005 yilda 
Respublika manzarali bog’dorchilik va o ’rmon xo’jaligi ilmiy-ishlab 
chiqarish markazi tashkil qilindi.

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə