Ziyonet doc


TARIX FALSAFASI FAN SIFATIDA. MAQSADLAR VA VAZIFALAR



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/62
tarix26.10.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#131171
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Kitob 5346 uzsmart.uz

TARIX FALSAFASI FAN SIFATIDA. MAQSADLAR VA VAZIFALAR 
REJA
1.
 
Tarix falsafasi: tushuncha va mohiyat. 
2.
 
Tarix – inson, zamon va makon falsafasi.
3.
 
Tarixiy tafakkur ehtiyoji. Tarix falsafasi va milliy istiqlol. 
4.
 
Tarix falsafasining ob’ekti va metodologiyasi. 
5.
 
Tarix fanining predmeti. 
6.
 
Tarixiy jarayon va vorisiylik 
 
Tarixni ilmiy jihatdan tahlil qilish, uni idrok etish, yuz bergan ijtimoiy-
siyosiy jarayonlar orqali muayyan davrning siyosiy va ma’naviy muhitini 
baholash, har bir davr kishilari ruhiyati, ma’naviy-axloqiy mezonlari, voqea-
hodisalarga munosabatini o’rganish, uni falsafiy idrok etish tarix falsafasi 
tushunchasining mazmunini belgilaydi. 
Tarixni idrok etish va o’rganishga turli mutaxassislar turli xil 
yondashishadi. Zotan, inson tafakkuri qirralari xilma-xil bo’lib, o’tmishni 
anglash, idrok etishning yagona qolipi yo’q. Shunday qolipni yaratishga urinish 
ham noto’g’ri. Ana shuning uchun ham tarix falsafasining bir qator yirik oqimlari 
dunyoga keldi. 
Tarix falsafasini teologik (ilohiyot) nuqtai nazardan idrok etish o’tmishni 
Alloh irodasi orqali tushunish va unga ilohiy tus berish, ilohiy mazmun orqali 
anglash hisoblanadi. Metafizik tarix falsafasi hech qanday chegaralar va doiralar 
bilan cheklanmaydigan, turli shakllarga va ko’rinishlarga kiradigan tushunchalar 
tizimi hisoblanadi. Idealistik tarix falsafasiga ko’ra esa asosan g’oyalar, insonning 
axloqiy tushunchalari, ma’naviy-ruhiy kechinmalari asosida tarixga munosabat 
bildiriladi. Insoniyat tarixiga va hayotiga tabiiy (naturalistik) yondashish tarix 
falsafasining yana bir yirik oqimi sifatida ko’zga tashlanadi. Unda hissiyot va 
tuyg’u orqali inson tabiatiga baho berishga va inson tabiati, fe’l-atvori uning ta’sir 
doirasini belgilashiga e’tibor beriladi. Ana shu hissiyot va tuyg’u orqali olamni 
anglash, o’tmishga nazar solish va uni baholash mazkur oqimning mohiyatini 
belgilaydi. Materialistik tarix falsafasi yo’nalishida asosan iqtisodiy omillarga 
katta e’tibor beriladi. Unda tarixni yo’naltiruvchi kuch sifatida tarix haqiqatini, 
mazmun-mohiyatini moddiy ehtiyoj va iqtisodiy zarurat orqali tushunishga 
harakat qilinadi. 
Kishilik tarixini, inson va jamiyat xususidagi muammolarni o’rganishda 
tarix falsafasining o’ziga xos o’rni va roli bor. Insonning tarixda va umuman 
insoniyat taraqqiyotida tutgan o’rnini aniqlashning individualistik, ya’ni alohida, 
yakka shaxs misolida hamda jamoachilik, kishilar guruhi, fuqarolar uyushmasi 
(kollektiv) jihatlaridan qarab fikr yuritadigan tarix falsafasi yo’nalishlari ham 
bor. 
Tarix falsafasining tarixiy xotira, tarixiy tafakkur mohiyati va qirralari, tarix 
fani tushunchasining mazmun-mohiyati, tarix haqiqati va hayot haqiqati, inson va 
insoniyat taraqqiyoti kabi muammolarini o’rganish orqali umuminsoniy va 



dunyoviy rivojlanish hodisalarining bir-biriga bog’liq jihatlarini tadqiq etish kabi 
ko’plab savollarga javob topish mumkin. 
Umuman, taraqqiyot bevosita tarix falsafasining asosi hisoblanadi. Tarix 
falsafasi Gerodot va Fukididning antik davrdagi tarixiy harakat kuchi haqidagi 
tadqiqotlaridan boshlanadi. 
Ulardan farqli holda Avgustin xristian cherkovi timsolida, uning mazmun-
mohiyati va ta’sir doirasidan kelib chiqib, ilohiy davlat tarix falsafasini yaratdi. 
Uning falsafasi keyingi ming yillikda katta mavqega ega bo’ldi. 
Avgustin va uning bir qator izdoshlari tarixni ilohiylashtirishga, tarixiy 
tafakkurni va tarix falsafasini ilohiy falsafa va ilohiy tafakkur orqali idrok etishga 
da’vat etgan edilar. Ular voqealar mohiyatini, uning sabablarini ilohiy qudrat va 
karomatdan izladilar. Insoniyat evolyutsiyasini, kishilik hayoti davomiy-ligi va 
uzviyligini, tarix va taraqqiyot birligi g’oyalariga ta’sirini o’tmishni 
ilohiylashtirish orqali tadqiq etishdi. 
Tarix falsafasining takomil bosqichlari va ana shu ming yilliqtsa yashagan 
xalqlar ma’naviy-ruhiy ehtiyojlari nuqtai nazaridan qaraganda, qaysidir darajada, 
davr odamlari tafakkuri, ma’naviy-ruhiy ehtiyojlari bilan Avgustin falsafasi 
o’rtasida o’zaro yaqinlik, uyg’unlik mavjud edi. Shuning uchun ham Avgustin 
falsafasi birmuncha uzoqroq yashadi va ommalashdi. 
Faqatgana XVIII asrga kelib tarix falsafasi sohasida Avgustin g’oyalari va 
ta’limoti doirasini sindirib chiqqan yangi ta’limot dunyoga keldi. Butunlay 
yangi g’oya – tarixda yakka shaxslarning ruhiy kechinmalari, individualizm orqali 
hayotni anglash, hayot qonuniyatlari ayni ana shular ta’sirida amalga oshishini 
istaydigan, jamiyatni ruhiyatlashtirishga moyil bo’lgan g’oyalar Avgustin 
falsafasini sindirib tashladi. 
Gegel esa to’g’ridan-to’g’ri dunyoviy aql-zakovat, umuminsoniy tafakkur, 
insoniyat xatti-harakati va aql-idroki uyg’unligi asosida vujudga kelgan, ong va 
tafakkur hukmron bo’lgan yaxlit borliqni tarix deb tushunadi. O’z falsafa 
maktabini ana shu g’oya asosida quradi. 
Shunday qilib, Gegel falsafasi, uning tarixga munosabati tarix falsafasining 
yangi davrini ochib berdi. U tarix falsafasiga hayot qonuniyati, ma’naviy 
shakllanish jarayoni va inson rivojlanishining ma’naviy ehtiyoji sifatida qaraydi. 
Har qanday g’oyalar, maqsadlar va intilishlar ana shu ichki ehtiyoj hamda 
shaxsning ma’naviy-ruhiy etuklik darajasidan kelib chiqishini ko’rsatib berdi. 
Bu, yaxlit holda, tarix–inson tafakkurining, ma’naviy-ruhiy va axloqiy 
kamolotining mahsuli degan xulosaga kelishga imkon beradi. 
XIX asr va XX asr boshlarida vujudga kelgan tarix falsafasi ayni XVIII asr 
tarix falsafasi bilan ma’lum darajada yaqinlashadi. Biroq, ba’zi hollarda, u bilan 
bahs ham yuritadi. Bu davrlardagi tarix falsafasi ayrim paytlarda tarixiylikka, 
tarixiy haqiqatga, Artur Shopengauer, Osvald Shpengler misolida tushkunlikka, 
pessimizmga moyil, ba’zi paytlarda esa Arnold Toynbi kabi optimizmga, 
tafakkur jo’shqinligi va baland ruhdagi mushohadalar oqimiga og’ib turadi. 
Ayni paytda dinga e’tiqod qiluvchilarning ilohiy tarix falsafasi ko’proq 
yoyilmoqda. Kishilik hayotini, butun sayyoramizni chulg’ab olishga intilmoqda. 
Biroq bu ham ko’p ming yillik insoniyat o’tmishida mavjud bo’lgan tarix 



falsafasi tushunchasi atrofidagi oqimlarning biri, xolos. Albatta, turli davrlarda 
vujudga kelgan ma’naviy-ruhiy ehtiyojlar va dunyoqarashlar orqali tarix 
falsafasining oqimlari yangidan shakllanib, turlanib turadi. Biroq bir narsa 
aniqki, ularning barchasining tagida aniq tarixiy tafakkur, inson va insoniyat 
takdiri, uning ma’naviy-ruhiy olami, aql-idroki va ana shular asosida vujudga 
kelgan voqea-hodisalar tizimi yotadi. Ana shu tizim, ana shu shajara butun 
insoniyat tarixi haqiqatini ham, hayot haqiqatini ham belgilaydi. 
Demak, bir so’z bilan aytganda, tarix falsafasi–tarixiy tafakkur 
muammolari bilan shug’ullanadigan, insoniyat taraqqiyoti asosiy yo’nalishlarini 
qamrab olgan mustaqil bilimlar tizimi hisoblanadi. 
Marksizm asoschilari tarixiy materializm g’oyasini ilgari surdilar. Tarixni 
falsafiy umumlashtirish, uning asosiy qonuniyatlarini o’rganishga bag’ishlangan 
o’zlariga xos «ilmiy» g’oyani maydonga olib chiqtsilar. 
Umuman olganda, tarixiy tafakkur va tarix falsafasini shakllantirish, uni 
o’rganish va tadqiq etishda turli-tuman, bir-birini rad qiladigan, bir-birini inkor 
etadigan g’oyalar hamon yashayapti, hamon tarix falsafasini tadqiq etishning 
turli-tuman yo’nalishlari, shakllari va oqimlari paydo bo’lmoqda. Bu tabiiy hol. 
Zotan, hayot davom etmoqda, tarixiy tafakkurning shakllanish jarayoni, tarix 
falsafasini anglash hodisasi ham insoniyat hayoti bilan birga davom etmoqda. 
Ilmiy taraqqiyot, ong va tafakkur rivojlanishining esa chegarasi yo’q. 
Biroq, masalaning muhim tomoni, muammoga yondashishning eng 
adolatli va ishonchli jihati shundaki, bizning fikrimizcha, inson va insoniyat 
tarixi, uning taraqqiyot evolyutsiyasi har qanday qonuniyatlarga ham 
sig’avermaydi. Birgina misol: kommunistik mafkura nazariyachilari o’ylab 
topgan turli-tuman «izm»lar kishilik tarixining butun ko’lamini, miqyosini hayot 
haqiqati nuqtai nazaridan to’la qamrab ololmadi. 
Marksistik mafkura insonning tarixiy tafakquri va qarashlari xolis hamda 
erkin rivojlanishiga, shaxsga, ma’naviy ehtiyojga aylanadi. Bugungi milliy 
mansublik, turli ma’muriy chegaralar va insoniyat taraqqiyoti tarix va hayot 
oldida nisbiy ekanligini, o’sha davrda yashagan ajdodlarimiz qaysi tilda 
gaplashganlaru qanday umrguzaronlik qilgani, an’analari va urf-odatlaridan qati 
nazar, mana shu muqaddas zaminda yashab o’tganlar bizning ajdodlarimiz 
ekanligini chuqur his qilgan va anglagan hodda o’tmishga yondashishimiz 
kerak. 
Prezident Islom Karimov «har qanday tsivilizatsiya ko’pdan-ko’p xalqlar, 
millatlar, elatlar faoliyatining samarali ta’sirining mahsulidir. Bir so’z bilan 
aytganda, ko’chmanchilar, bosqinchilar kelib-ketaveradi, lekin xalq boqiy 
qoladi, uning madaniyati abadiy yashaydi», – deganida tarixan shu zaminda 
yashagan xalq tarixi bugungi avlod boyligi, unga ajdodlaridan qolgan buyuk 
meros ekanligini ta’kidlaydi. Tarixiy taqdirga taqdirdoshlik hissini uyg’otadi. 
Tarix haqiqatini anglash uchun va ayniqsa, o’tmishi soxtalashtirilgan, boy 
ma’naviy va madaniy merosidan axratib tashlangan, zo’ravonlik va hukmron 
g’oyalarga mahkum etilgan, unga xizmat qildirilgan tarix haqiqatini qaytadan 
tiklash uchun ana shunday ma’naviy-ruhiy yaqinlikni xis etish, o’sha jarayonlarni 
bevosita qalb orqali o’tkazish zarur. Qalbimizda hamisha tarixga vorislik tuyg’usi 



bilan «u mening mulkim, mening boyligim, mening naslu nasabim, ajdodlarim 
ruhi jo bo’lgan ma’vo, mening insoniy daxldorligim va insoniy sha’nimning 
qaysidir bo’lagi» deb qaraganimizda uning naqadar mazmuni chuqur, mohiyati 
beqiyos qadriyat ekanligini anglaymiz. Ana shunday tuyg’u bilan biz tarixning 
ichki moxiyatini, uning sir-asrorlarini ocha olamiz. Insoniyat taqdiriga daxldor 
bo’lgan buyuk ma’naviyatni kashf etamiz. 
Albatta, tarixni o’rganishda, avval aytganimizdek, turli yondashuvlar, turli 
g’oyalar va oqimlar bor. Biroq, ularning hammasi sof insoniylik munosabati, 
bevosita daxddorlik va javobgarlik hissi oddida hech ish emas va ular ilmiy 
soxtalikka, yuzakilikka olib keladigan illatlardir. Ana shu jihatdan qaraganda 
haqiqiy tarix falsafasi bu inson va tarix, inson taqdiri va tarixiy jarayon, insoniyat 
taraqqiyoti va voqealar, hodisalar o’rtasidagi konkret bog’liqlik mahsuli sifatida 
dunyoga keladi. Ayni paytda ana shu ikki qutb o’rtasidagi uyg’unlik, ikki olam 
o’rtasidagi mushtaraklik tarixshunoslik fani taraqqiyotining va tadrijiy xotirani 
tiklash asosida tarixiy tafakkurni shakllantirishning muhim omili xisoblanadi. 
Yangilanishlar davri va butun hayot bizdan tarixga munosabatni jiddiy 
ravishda o’zgartirishni taqozo etmoqda. Bu bevosita tariximizni qaytadan 
o’rganishimizni, uning butun yutuqlariyu fojialari bilan yaxlitligicha tadqiq 
etishni talab qilmoqda. Buning uchun biz eng avvalo, tarixga shunchaki 
bayonchilik munosabatidan xalos bo’lib, uni o’zimizga, o’zligimizga, 
shaxsimizga daxldor bo’lgan ma’no, butun insoniy qadriyatimizni o’zida 
mujassam 
etgan 
muqaddas 
xotirot 
darajasidagi 
tafakkur 
mezoniga 
aylantirmog’imiz darkor. Tarixiy xotirani tiklash, uni qadriyat darajasiga ko’tarish 
yo’llarini izlamog’imiz kerak. 
Tarixiy tafakkur, tarix falsafasi bizning ko’p ming yillik o’tmishimizni 
yaxlitligicha idrok etishimizga, uning butun moxiyatini anglab etishimizga va 
xolisona baholashimizga yordam beradi. Shu jihatdan biz o’tmishga 
yondashuvning tafakkur va falsafa orqali baholash yo’liga o’tmog’imiz lozim. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə