Ziyonet doc



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/62
tarix26.10.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#131171
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   62
Kitob 5346 uzsmart.uz

Polibiy.
Eramizdan avvalgi II asrning ikkinchi yarimida Polibiy “umumiy tarixni” 
yozgan. Unda eramizdan avvalgi 264-146 yillardagi voqealar bayon qilingan. 
Uning bu asari ilmiy tadqiqotdir. Polibiy grek istoriografiyasining eng yaxshi 
ananalariga amal qilgan. Ammo uning siyosiy qarashlari Rim jamiyatidagi 
konservativ tabaqalarning manfatlarini ifoda qilgan. Polibiy Rimning o’rta dengiz 
sharqiy qismining hayotiga aralashishini kuzatib, unda Rim hokimiyati o’rnatilishi 
muqarrar degan hulosaga kelgan. U o’zining asrida Rimning bir qancha qabilalar 
va halqlarni o’ziga bo’ysundirilishining sabablarini ko’rsatib berishga, yani rim 
davlatining vujudga kelish tarixini yaratishga xarakat qilgan. Polibiy Rim 
davlatining qudratini uning davlat tuzumidagi xususiyatlaridan deb bilgan, uning 
nazarida bu tuzumni idora qilishining aristokratik, demokratik va monarxik 
shakllari ajoyib tarzda bir – biri bilan qo’shilib ketgan. Polibiy manbalarni juda 
sinchiklab tekshirgan, mamlakatning geografik xolati va uning iqlimini o’rgangan. 
U antik davr tarixining odat xukmidagi adabiy usullaridan foydalangan. U 
voqeaning bayonotida voqeada ishtirok qiluvchi nutqlarini kiritgan. Polibiy bu 
bilan ularning gaplariga mumkin qadar “haqiqiy” tus berishga xarakat qilgan. U 
manbalarning naqadar rostligini aniqlab, tarixiy voqealarning sabablarini ayrim 
shaxsning ish va xarakatlarida ko’rgan xolos. 
Polibiy tarix chinakam voqealarni izohlashga va bu voqealarning 
keyinchalik taraqqiyot yo’lini belgilashga imkon beradi. Yani tarix “nasixat 
berishi” “o’rgatishi” mumkin amaliy jihatdan foydali bo’lishi mumkin deb faraz 
qilgan.
Tit Liviy.
 
Tit Liviy Rimning afsonaviy zamondan boshlab o’zi yashagan davrga 
o’tgan butun tarixini yozishga harakat qilgan. Uning bu g’oyat puxta asari 142 ta 
kitobdan iborat bo’lgan, lekin undan atigi 38 tasi va boshqa bazi kitoblaridan 
parchalar saqlangan xolos. Tit Liviy tarixni yodgorlik deb bilgan. Uning fikricha
tarix o’rnak bo’la oladigan namunalarni ko’rsatishi bizning avlodlarimiz ko’p yillar
davomida ko’rib kelgan, ofatlardan qanday qilib, saqlanishiga o’rgatishi lozim.
Tit Liviy voqealarning sababli bog’lanishlarini aniqlash ularni izohlash va bu 
voqealar rostmi – yo’qmi, bu haqda bosh qotirmagan. Uning asarlarida Fukidid, 
Polibiy asarlariga xos tarixiy tanqidlar yo’q. Tit Liviy, Tsitseronga taqlid qilishga 
uringan u bu urinishda muvaffaqiyat qozona olmagan. Uning birinchi 
ikkinchisidan asrlar ajratib turgan qaxramonni bir xil chiroyli fikr yuritishadi, bir 
xil harakat qilishadi va bir xil gapirishadi. Tit Liviyning respublika tarixidan 
qimmatli manba bo’lish asarlari muallifning fikricha kitobxonga chuqur tasir 
qilmog’i lozim bo’lmagan. Uning asarlari ilmiy tadqiqot emas, balki V. G. 
Belinskiy aytganidek, sanatkorning asari sanat asaridir.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə