Talaba va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish tadbirlarini tashkil etish to‘g‘risida



Yüklə 150,68 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü150,68 Kb.
#151308

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 9-avgustdagi “Talaba va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish tadbirlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 351-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarida 2023/2024-o‘quv yili davomida o‘tkaziladigan tadbirlarning kalendar rejasi 13.2.-bandi ijrosi yuzasidan
MA’LUMOT
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 9-avgustdagi “Talaba va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish tadbirlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 351-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarida 2023/2024-o‘quv yili davomida o‘tkaziladigan tadbirlarning kalendar rejasi 13.2.-bandida Startap tanlovlari g‘oliblari bilan uchrashuvlar tashkil etish vazifasi belgilangan.
Topshiriq ijrosi yuzasidan Yangi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha talabalar o‘rtasida Startap loyiha tanlovi e’lon qilindi.
Tanlovga jami 18 ta loyiha kelib tushdi. Startap loyihalar tanlovining yakuniy bosqichi 2023-yilning 27-fevral kuni o‘tkazildi. Komissiya xulosasiga ko‘ra talabgorlarning taqdimotlari va savol-javoblar asosida texnik jihatdan startap talablariga mos keladigan hamda yangi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha 13 ta loyiha tanlab olindi.
“InnoWeek.Uz–2023” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida
2023-yil 20-oktabr kuni 2023-yil uchun yangi startap loyihalar tanlovini e’lon qilish va talabalar uchun mahorat darsi taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimot doirasida startap loyihalari mualiflari bilan uchrashuvlar tashkil qilindi. Uchrashuvlar davomida startapchilar o‘zlarining loyihalari qanchalik amaliy ahamiyatga ega ekanligini tushintirib berdilar. Startap loyiha ishtirokchilari universitet rektorining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.


Ilmiy ishlar va innovatsiyalar
bo‘yicha prorektor O.Jamoldinova
Yüklə 150,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə