Yusupova Z. X



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/149
tarix28.11.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#134207
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149
Biomexanika
harakatlar fiziologiyasi bilan chambarchas bog‗liq bo‗ladi. 
Biomexanik tadqiqotning boshqa masalasi — gavdaning ayrim vaziyatlarini (tik 
tkrish, o‗tirish va hokazo) o‗rganish. SHuning bilan birga, mazkur vaziyatda 
tayanchga nisbatan statik moment kattaliklari (qiymatlari), jismning umumiy 
og‗irlik markazi, jismning muvozanat va turg‗unlik darajasi aniqlanadi, ya‘ni o‗z 
mohiyatiga ko‗ra, ichki va tashqi kuchlarning o‗zaro ta‘sir xarakterini ham 
belgilaydi. Bunday masalalarni echilishi, shuningdek fiziologiya, fazoda jismni 
vaziyati 
va 
muvozanati 
to‗g‗risidagi 
ta‘limot 
bilan 
bog‗liq.
Sport biomexanikasining maqsadi sportchilar mahoratini oshirish, ular 
tomonidan rekordlar o‗rnatilishiga erishish, shuningdek, jarohat olishni oldini 
olish, yanada optimalroq sport inventarlarini, mexanizmlarini, trenajyorlarini 
yaratish hisoblanadi. Shuning bilan birga, jismoniy tarbiya amaliyotida sport 
biomexanikasidan bevosita foydalaniladi. 
Mustaqil fan sifatida jismoniy mashqlar biomexanikasi jismoniy 
mashqlarni bajarishning bir tomonini - texnikani tadqiq etish orqali jismoniy 
tarbiya nazariyasini boyitishi kerak.
Shuning bilan bir vaqtda, jismoniy mashqlar biomexanikasi jismoniy 
tarbiya jarayonida bevosita amaliy xizmat ko‗rsatadi. Bunga, masalan, quyidagilar 
kiradi:
1) jismoniy mashqlarni jismoniy tarbiyaning (JT) ma‘lum masalalarini 
echishdagi samaradorligi nuqtai nazaridan baholash;
2) jismoniy mashqlar texnikasini o‗qitish fani sifatida yuksak natijalarni 
ta‘minlaydigan harakatlarda asosiy va etakchi qismlarni ajratgan holda o‗rganish;



3) jismoniy mashqlar bajarilish sifatini baholash, xatoliklarni, ularning 
sabablarini, oqibatlarini va bartaraf etish yo‗llarini aniqlash;
4) ilg‗or tajribalarni umumlashtirgan holda sport texnikasini takomillashtirish 
va uni nazariy jihatdan asoslash;
5) sport texnikasining eng yaxshi na‘munalarini o‗rganish (hamma uchun 
umumiy bo‗lganlarni ham va jismoniy rivojlanishning individual xususiyatlariga 
bog‗liq bo‗lganlarni ham);
6) sportchi organizmi imkoniyatlarini oshirish maqsadida jismoniy 
rivojlanishning funksional ko‗rsatkichlarini o‗rganish.
O‗quv fani sifatida biomexanika harakatlar to‗g‗risidagi umumiy 
ob‘ektiv qonuniyatlarni o‗rganish bo‗yicha tajriba ma‘lumotlarini umumlashtirish 
va tizimlashtirish asosida olingan asosiy qoidalardan iborat. Sport biomexanikasi 
fanini o‗zlashtirish bo‗lg‗uvchi pedagogni, murabbiyni inson harakatlari 
to‗g‗risidagi bilimlar asoslari bilan qurollantirishi hamda uni unga amaliy 
faoliyatning nazariy darajasini ortishiga yordam berishi kerak.
Biologik mexanika – biologik tizimlardagi mexanik harakatlar to‗g‗risidagi fan 
sifatida, mexanika tamoyillaridan o‗zining metodik apparati sifatida foydalanadi. 
Biomexanika – tirik organizm a‘zolari, to‗qimalari va tizimlarining mexanik 
xususiyatlari va hayot faoliyati jarayonlari bilan birga o‗tuvchi mexanik hodisalar 
to‗g‗risidagi fan. 
Sport biomexanikasitirik to‗qimalar, a‘zolar va bir butun organizmning 
mexanik xususiyatlarini hamda ularda sodir bo‗layotgan mexanik hodisalarni 
(harakat, nafas olish va h.k.) o‗rganadi. Bu fan, nazariy va amaliy mexanikaning 
usullaridan foydalangan holda gavda tarkibiy elementlarining deformatsiyasini, 
tirik organizmdagi suyuqliklar va gazlarning oqimini, gavda qismlarining fazodagi 
harakatlarini, umuman harakatlarning mustahkamligi va boshqarilishini tadqiq 
qiladi. Bunday tadqiqotlar asosida a‘zolar va organizm tizimlarining biomexanik 
tavsiflarini tuzish mumkin bo‗ladi, ularni bilish, boshqarish jarayonlarini o‗rganish 
uchun zamin yaratiladi. 


10 
Sport biomexanikasi – o‗quv fani sifatida jismoniy mashqlarni bajarish 
jarayonida odamning harakatlarini o‗rganadi. U, sportchi harakatlarni bajarishini 
o‗zaro bog‗liq, faol harakatlar tizimi sifatida ko‗rib chiqadi (bilish ob‘ekti). Bunda, 
harakatlarning mexanik va biologik sabablarini hamda ularga bog‗liq ravishda
turli sharoitlardagi harakatlarni tadqiq qiladi (o‗rganish sohasi). 
Odamning mexanik harakatlari mazmunini va rolini tushunish uchun harakat 
to‗g‗risidagi umumiy va asosiy tushunchalarni ko‗rib chiqish lozim. 
Harakat – materiyaning yashash shakli sifatida juda turli–tumandir. 
Materiyaning rivojlanishida jonsiz materiyadan jonliga, jonli materiyadan ongli, 
fikr yurituvchiga qarab yuksalish, uning tashkiliyligini yuksak darajalari 
shakllangan. Ularning har biri uchun yashash va rivojlanishning murakkab 
xususiyatlari va qonuniyatlari xarakterlidir. Materiya xarakatlarining oddiy 
shakllari mexanik, fizik va kimyoviy bo‗lsa, murakkab, yuksak shakllari biologik 
va ijtimoiydir (jamoatchilik munosabatlari, tafakkur). 
Harakatlarning har bir murakkab shakli, har doim ham ancha oddiy shakllarini 
o‗z ichiga qamrab oladi. Mexanik harakat eng oddiy shakl bo‗lib, u hamma joyda 
mavjud. Lekin, harakat shakli qanchalik yuqori bo‗lsa, mexanik shaklining 
ahamiyati shunchalik past bo‗ladi. Demak, harakatning har bir yuqori bosqichi 
quyi bosqichdan yuqori sifat jihatdan farqflanadi. SHu bilan birga, yuksak shakllar 
quyi shakllar bilan uzviy bog‗langan. 
Biomexanika nuqtai nazaridan o‗rganiladigan odamning harakatlarni bajarishi 
o‗z ichiga mexanik harakatlarni oladi. Aynan mexanik harakatlar, odamning 
harakatlarni bajarishidagi bevosita maqsadni o‗zida mujassam qiladi (o‗zining 
yurishi, snaryadni yoki raqibini, hamkorini harakatlantirishi va h.k.). Biologik 
mexanika jonsiz jismlar mexanikasiga nisbatan kengroq va ancha murakkab hamda 
sifat jihatidan farq qiladi. 
Tirik tizimlardagi mexanik harakatlar
 
quyidagilarda:
1) yaxlit biotizimni uni qurshab turganlarga nisbatan (atrof–muhit, tayanch, 
fizikaviy jismlar) harakatlanishida;


11 
2) biotizimning o‗zini deformatsiyasi (tizim konfiguratsiyasini o‗zgarishi) – 
uning bir qismlarini boshqalariga nisbatan harakatlanishida namoyon bo‗ladi. 
Nyuton qonunlari, deformatsiyaga uchramaydigan absolyut qattiq jismlarning 
harakatlanishini yoritadi. Bunday jismlar tabiatda mavjud emas. Qattiq deb 
nomlanadigan bunday jismlarda deformatsiya shunchalik kichkina bo‗ladiki, ular 
ko‗pincha hisobga olinmaydi. Tirik tizimlarda esa, ular qismlarining nisbiy 
joylashishi sezilarli darajada o‗zgaradi. Ushbu o‗zgarishlar, aynan odam 
harakatlari hisoblanadi. Tirik qismlarning o‗zi (masalan, umurtqa pog‗onasi, 
ko‗krak qafasi) ham ayrim vaqtlarda sezilarli deformatsiyalanadi. SHuning uchun, 
tirik tizimning harakatlanishini o‗rganishda, ish kuchi gavdaning umumiy 
harakatlanishi va deformatsiyalarga ham sarflanishi nazarda tutiladi. Bunda doimo, 
energiyaning yo‗qotilishi va uni tarqalishi mavjud. 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə