Yusupova Z. X


Biomexanika bo‘yicha tadqiqotlarda



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/149
tarix28.11.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#134207
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149
Biomexanika bo‘yicha tadqiqotlarda
o‗rganilayotgan harakatlarning 
siljishini, tezligini, tezlanishini qayd etishning turli usullaridan foydalaniladi. ular 
orasida eng ko‗p qo‗llanadiganlari optik usullar: tezkor videoyozuv, siklografiya, 
videotsiklografiya va boshqalar. Ulardan foydalangan holda jismning fazoviy 
siljishlari, uning ayrim zvenolarini bir-biriga nisbatan siljishlari aniqlanadi, chiziqli 
va burchak tezliklari va tezlanishlari hamda ta‘sir etuvchi kuchlar hisoblanadi. 
 
1.2. Biomexanika fanining maqsadi va vazifalari. 


16 
Biomexanika
(yunonchadan ―bio‖ – hayot va «mexanika» – qurol) ikkita fan – 
biolgiya va mexanika fanlari o‗rtasida yuzaga kelgan. Odam va hayvonlarning 
mexanik harakatlarini bevosita o‗rganishdan tashqari, ushbu fan yurakning 
funksiya qilishini, qonni kapilyarlardagi harakatlarini, jarohatlar mexanizmlarini, 
to‗qimalarning, suyaklarning mustahkamligini va hokazolarni o‗rganadi. SHu 
tarzda, sport biomexanikasining predmeti umuman fan sifatida – bu, tirik 
tizimlardagi mexanik hodisalarni o‗rganish hisoblanadi. 
Mazkur o‗quv fanining predmeti – o‗zidan-o‗zi tashkillanadigan 
organizmlarning va avvalam bor, odamning mexanik harakatlari hisoblanadi. 
O‗zidan-o‗zi tashkillanadigan tizimlar deganda, o‗zining tashkillanganligini 
yaxshilash qobiliyatiga ega bo‗lgan, ya‘ni tizimlarni umuman olganda funksiya 
qilishini belgilaydigan katta miqdordagi strukturaviy elementlar o‗rtasidagi 
aloqalar majmui tushuniladi. 
Tirik tizimlardagi biologik va mexanik hodisalarni
ko‗rib chiqamiz. Odamning 
harakatlari Erdagi har qanday moddiy jismning harakatini belgilaydigan barcha 
qonun va qonuniyatlarga bo‗ysinadi – bu, Erning tortish kuchi, Nyutonning 
qonunlari, gidroaeromexanika qonunlari, tebranish va to‗lqinlanish hodisalari va 
hokazolar. Odamning harakatlari, qoidaga ko‗ra, juda murakkab, chunki uning 
harakat apparati 200 dan ortiq suyaklar va bir necha yuz paylardan tarkib topgan 
mexanik tizimdan iborat. Bo‗g‗imlarda amalga oshirilishi mumkin bo‗lgan 
(erkinlik darajalari, deb ataladigan) harakatlarning umumiy soni 250 tadan ortiq, 
harakatlarni ta‘minlaydigan mushaklarning soni 600 dan ortiq. Buning barchasi, 
odamni atrof-muxitda sof holdagi mexanik harakatlanishi uchun zarur. 
Mushaklarning ishi
– bu, biologik jarayon bo‗lib, unda mushak tolalari gavda 
bo‗g‗inlarini harakatlantirishi bo‗yicha mexanik ishni bajarishi uchun 
faollashtirilishi kerak. Ishni amalga oshirish uchun energiya sarf qilinishi zarur. 
Odam organizmidagi energiya – bu, biokimyoviy reaksiyalarning natijasi 
hisoblanadi. Mexanik nuqtai nazardan, odam, kelib chiqishi biologik bo‗lgan 
energiyaning ichki manbaiga ega bo‗lgan tizim hisoblanadi. Mushaklar zaruriy 
ketma-ketlikda va ma‘lum bir kuchanishlar bilan qisqarishlari va natijada 


17 
harakatning talab qilinadigan samarasini yaratishi uchun ularni boshqarish kerak, 
buni bosh miya va asab tizimi amalga oshiradi, ularning funksiya qilishi biologik 
tabiatga ega. Bosh miya asabli buyruqlarni shakllantirish va ijro qilishga bevosita 
ta‘sir ko‗rsatuvchi motivatsiya, anglash, dasturlashtirish kabi yuksak psixik 
funksiyalarni bajaradi. Bu, miyaga markaziy asab tizimining (MAT ning) biologik 
boshqaruv mexanizmlarini ishga solish imkonini beradi. 
Odam faoliyatidagi psixik, biologik va mexanik funksiyalarni rus olimi 
I.M.Sechenov (1829—1905 y.y.) obrazli belgilagan. Uning yozishicha, biz, 
masalan tiriklik, jo‗shqinlik, istehzo, g‗amginlik, quvonch va boshqa so‗zlar bilan 
ifodalaydigan miya faoliyatining namoyon qilinishlarini barcha sifatlari, barcha 
uchun ma‘lum bo‗lgan sof holdagi mexanik aktning – biron-bir mushak guruhining 
ko‗proq yoki kamroq darajadagi qisqarishi sifatidagi mazmuni hisoblanadi. 
Musiqachida ham haykaltaroshda ham asarni yaratadigan qo‗li faqatgina sof 
holdagi mexanik harakatni bajarishga qobiliyatlidir, ularni matematik tahlil qilish 
va formula bilan ifodalash mumkin.
 
Odam psixikasi hayvonlarning yuksak asab faoliyatidan sifat darajasi bilan farq 
qiladi, bu, harakat amallarida ham namoyon bo‗ladi. Faqatgina inson, harakatning 
maqsadini ongli ravishda qo‗yishi mumkin, uni anglashi, nazorat qilishi va 
o‗tkirlashi, atrof-muxitni takomillashtirishi va o‗zini harakat amallarining mexanik 
sifatini oshirish uchun mexanik moslamalarni yaratishi mumkin. Yuksak simvolli 
harakatlar: nafaqat nutq, balki rasm chizish, musiqa asboblarida kuy chalish, 
raqsga tushish, pantomima va boshqalar faqatgina insonga xos. Odam 
harakatlarining aksariyat ko‗pchiligi ma‘lum bir maqsad bilan bajariladi va 
ixtiyoriy harakatlar qatoriga kiradi – bunday harakatlar harakat amallari, ya‘ni 
ma‘lum bir maqsadga erishishga yo‗naltirilgan elementar harakatlar majmui 
tarkibiga kiradi. Har bir harakatda orientirlanadigan, ijrochi va nazorat qismlari 
mavjud. Ijrochi qismi – bu, mexanik harakat bo‗lib, uni biomexanika o‗rganadi. 
Lekin u, har doim miyaning nafaqat harakatni bevosita boshqarishi, balki ichki 
biologik qaytar aloqa tizimlari bo‗yicha harakat amallarining orientirlovchi va 


18 
nazorat qismlarini ham ta‘minlaydigan psixik va fiziologik faoliyati bilan 
belgilanadi. 
Biomexanika
odamning harakat amallarini sport mashqlarini bajarishi paytida 
o‗rganadi. Sport biomexanikasida o‗z harakat qobiliyatlarini maxsus trenirovka 
qiladigan va odamni chegaraviy imkoniyatlarini biologik tur sifatida amalga 
oshirishi uchun tayyorgarlik ko‗rgan insonlar bajaradigan, strukturasi bo‗yicha 
ayniqsa murakkab bo‗lgan harakatlar o‗rganilganligi tufayli, uni sport 
biomexanikasining alohida bo‗limi sifatida ajratishadi. 
Biomexanika odam harakatlarini jismoniy mashqlar bilan shug‗ullanishi 
jarayonida o‗rganadi. Bu, sport natijalarini toki konkret sportchi yoki ma‘lum bir 
sport turi uchun rekord bo‗lgan darajagacha oshirish uchun; harakatlarni bajarishni 
takomillashtirish paytida yordamchi yoki to‗siq bo‗luvchi omillarni aniqlash, 
jihozlar, trenajyorlar, sport snaryadlari va asboblarining yangi turlarini ishlab 
chiqish; jarohatlarning oldini olish uchun zarur. 
Sport biomexanikasining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: 
1. Sport texnikasini takomillashtirish, uning ancha ratsional variantlarini 
modellashtirish va konstruksiya qilish; 
2. Xatolarni bartaraf qilish va sport-texnik maxorati darajasini oshirish 
maqsadida alohida sportchilarning texnikasini biomexanik nazorat qilish; 
3. Harakat amallarini takomillashtirishning biomexanik qonuniyatlarini 
aniqlash; 
4. Sport mahorati va sportdagi natijalarning ortishi bilan tayyorgarlikning har 
xil sikllaridagi bosqsichli va yakuniy ko‗rsatkichlarni baholash uchun sport 
mashqlarini bajarish texnikasi parametrlarini o‗zgarishi an‘anasini bashorat qilish; 
5. Sport uchun biomexanik jihatidan maqsadga muvofiq bo‗lgan trenajyorlarni 
ishlab chiqish; 
6. Sport jihozlarini takomillashtirish. 
Sportning ko‗pchilik turlari asosida (shaxmat, shashka, aviamodelli sport va 
hokazolardan 
tashqari) 
– odam harakatlarining ma‘lum bir turlarini 
musobaqalashuvi yotadi. Aynan sport biomexanikasi, ushbu harakatlarni 


19 
o‗rganadi. Biomexanika bo‗yicha bilimlar sport bilan bog‗liq bo‗lgan turli kasb 
egalariga (sport jihozlari muhandis-konstruktorlariga, sport vrachlariga va b.) 
zarur, lekin, birinchi galda, trener-pedagoglarga zarur, chunki biomexanika 
pedagogik yo‗nalishga ega. Sportda va jismoniy tarbiyada harakatlarga 
o‗rgatishadi va odamning harakat imkoniyatlarini takomillashtirishadi. Demak, 
sport biomexanikasi – sport trenirovkasi va jismoniy tarbiya nazariyasi va 
uslubiyotining tarkibiy va belgilovchi qismi hisoblanadi. 
Hozirgi vaqtda, sport biomexanikasining umumiy an‘anasi – har xil fanlarning 
usullari yordamida odamning harakat amallarini majmuaviy o‗rganish hisoblanadi. 
Shunday qilib, sport biomexanikasini fiziologiya, psixologiya, biokimyo, tibbiyot 
bilan birlashtirish orqali organizmning ichki muhiti o‗zgarishlarini barqaror 
mexanizmlarini va sportchining asabli-mushak apparati ishini harakat amallari 
strukturasida tashqi namoyon bo‗lishlarini aniqlash mumkin. Sportchi
tayyorgarligining barcha turlari, uning funksional holati musobaqalar jarayonida 
mashqlarni bajarish texnikasida namoyon bo‗ladi. 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə