21
yo‗naltirilgan. U, sifat jihatdan murakkab hodisalarni, ushbu bir butunlikni
to‗liqligini ta‘minlovchi ancha oddiy tarkiblariga mexanistik olib o‗tishiga ham
qarshi yo‗naltirilgan. Inson harakatlarini o‗rganishga tizimli-strukturaviy
yondoshuv N.A.Bershteynning (1940) g‗oyalarida asos
solingan harakatlarning
tarkibiy–tuzilmaviyligi nazariyasida amalga oshiriladi.
Harakatlarning tarkibiy–tuzilmaviyligi nazariyasida quyidagi asosiy tamoyillar
yotadi: 1) harakatlar tizimining tuzilishini tarkibiy–tuzilmaviy tamoyili, aynan
ushbu
tarkibiy–tuzilmaviy
aloqalar
harakatlarning
bir
butunligini
va
mukammalligini belgilaydi; 2) harakat amallarining bir butunlik tamoyili – harakat
amallaridagi barcha harakatlar bir butunlikni, maqsadga erishishga yo‗naltirilgan
harakatlarning bir butun tizimini hosil qiladi. Harakatlarning har birini o‗zgarishi,
u yoki bu darajada butun tizimga ta‘sir ko‗rsatadi; 3)
harakatlar tizimining ongli
maqsadga yo‗naltirilganlik tamoyili – inson ongli ravishda o‗z oldiga maqsad
qo‗yadi, maqsadiga erishish uchun unga muvofiq harakatlarni qo‗llaydi va ularni
boshqaradi.
Biomexanika nazariyasining asoslariga, harakatlarning mexanik belgilanganligi
va reflektor tabiatga ega ekanligining dastlabki shartlari kiradi.
Barcha harakatlar
mexanika qonunlariga to‗liq mos kelgan holda, kelib chiqishi turlicha bo‗lgan
mexanik kuchlarning ta‘siri ostida amalga oshiriladi. Barcha harakatlar uchun,
umuman, nervizm tamoyili asosida harakat amallarini boshqarishning reflektor
tabiati xarakterli–dir. Nazariyaning umumiy qoidalaridan
kelib chiqqan holda,
ularga asoslanib, ayrim harakatlar guruhlarining qonuniyatlari (zarb berish
nazariyasi, surish, uloqtirish va b.) tadqiq qilinadi.
Dostları ilə paylaş: