Yusupova Z. X



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/149
tarix28.11.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#134207
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149


Yusupova Z.X 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
BIOMEXANIKA 
 
 


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI 
O’ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT 
UNIVERSITETI 
 
YUSUPOVA ZEBO XUSANOVNA 
 
 
BIOMEXANIKA 
 
O’quv qo’llanma 
3610500 – Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‗yicha)
3610501 – Sport turlari bo‘yicha murabbiy-o`qituvchi (sport)
 
 
 
 
 
 
 
CHIRCHIQ – 2020 


 
Muallif 

Yusupova Zebo Xusanovna – O‘zDJTSU 
―Tabiiy-ilmiy fanlar‖kafedrasi o‘qituvchisi 
Taqrizchilar: 
Shukurova S.S
 – 
O‘zDJTSU dotsenti, texnika fanlar nomzodi. 
Zakirova S.A

MRvaDI dotsenti, texnika fanlar nomzodi 
Mazkur o‘quv qo‘llanmada odam harakat apparatining ishini tushunish uchun 
zarur bo‗lgan biomexanika sohasidagi ma‘lumotlar bayon qilingan. Umuman odam 
gavdasi va uning alohida bo‘g‘inlari harakatlarining kuch va energetik jihatlari 
ko‗rib chiqilgan. Jismoniy tarbiyaning, sport trenirovkasining an‘anaviy 
vositalarini qo‗llash bilan noan‘anaviy biomexanik texnologiyalar va mashqni 
bajarish paytida yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan harakat samarasi o‗rtasidagi 
bog‗liqlik ko‗rsatilgan. 
Ushbu o‘quv qo‘llanmada jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari,
maxsus- ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab internati 3610500 – Sport 
faoliyati (faoliyat turlari bo‗yicha) 3610501 – Sport turlari bo‘yicha murabbiy-
o`qituvchi (sport) hamda jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat yuritadigan 
professor-o‗qituvchilar, mutaxassislar uchun mo‗ljallangan. 



KIRISH 
Insoniyat bilimlarining har qanday sohasi, shu jumladan biomexanika singari 
fan ham, o‗z faoliyati davomida ma‘lum bir ta‘riflar, tushunchalar va 
gipotezalarning to‗plami bilan ish ko‗radi. Bir tomondan, matematika, fizika, umumiy 
mexanikaning asosiy (fundamental) tushunchalaridan foydalaniladi. 
Boshqa tomondan - biomexanika insonning harakatlanish faoliyatining turli 
ko‗rinishlaridan eng muhim hisoblangan tajriba (eksperimental) tadqiqotlarga, ularni 
boshqarishga; deformatsiyaning turli shakllari ta‘siri ostida biomexanik tizimlarning 
xossalarini aniqlashga; biologik masalalarni echishda olingan natijalarga asoslanadi. 
Biomexanika o‗z sohasiga har xil sohaning muhandislar, konstruktorlar, texnologlar, 
dasturchilar singari mutaxasislarini: jalb qilgan holda turli fanlar: tibbiyot, fizika, 
matematika, fiziologiya, biofizikaning kesishmasida joylashgan. Sport biomexanikasi 
o‗quv fani sifatida jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida, musobaqalar davomida 
insonning harakatlarini, jumladan ayrim sport snaryadlarida harakatlarni o‗rganadi. 
Zamonaviy jismoniy tarbiya va sportda tayanch- harakatlanish apparati (organlari)ning 
mexanik mustahkamligiga, to‗qimalarni ko‗pkarrali jismoniy yuklamalarga, ayniqsa 
ekstremal sharoitlarda (o‗rta tog‗, yuqori namlik, past va yuqori harorat, gipotermiya, 
bioritmlar) insonning tanasi tuzilishini, yoshi, jinsi, funksional holatini inobatga olgan holda 
trenirovkalar o‗tkazishda chidamliligi muhim ahamiyatli e‘tibor beriladi. Bu 
ma‘lumotlarning hammasidan u yoki bu mashqlar va trenirovka tizimlarini bajarish (ijro 
etish) uslubiyati va texnikasini takomillashtirishda foydalanish mumkin. 
Mamlakatda jismoniy madaniyat va sportni aholi salomatligiga ta‘sirini 
pasayishi hech ham insonning salomatligini mustahkamlashga xizmat qilmasligi 
hammaga ma‘lum faktdir. Bu shuningdek, aholining tashqi muhit negativ 
omillariga qarshi tura olish qobiliyatlarini pasayishiga olib kelishi ham mumkin. 
Insonning erta qarishini oldini olishda, kasallik va shikastlanish 
(travm)lardan keyingi organizmni funksional imkoniyatlarini
tiklanishda jismoniy 
tarbiya va sportning ahamiyati hamma zamonlarda katta ahmiyat kasb etib kelgan. 



Mazkur o‘quv qo‘llanmada jismoniy tarbiya o‗qituvchisi, murabbiy, sport shifokoriga,
kerak bo‗ladigan sport va jismoniy tarbiya asoslari bo‗yicha bilimlar taklif qilingan. Bu 
bilimlarning muhimligi va ahamiyati trenirovka jarayoni asoslari haqidagi bilimlarning 
muhimligi va ahamiyatidan hech ham kam emas.
Mazkur o‘quv qo‘llanmada, oldingi nashr etilganlaridan farqli o‗laroq, birinchi marta 
sport biomexanikasi uchun fundamental fizika qonunlarini ushbu fanning ko‗pgina 
aniq yo‗nalishlariga qo‗llanishini ko‗rsatadigan materiallar keltirilgan. Unda quyidagi:
kinematika, moddiy nuqta dinamikasi, ilgarilanma harakat dinamikasi, tabiatdagi 
kuch turlari, aylanma harakat dinamikasi, noinersial sanoq tizimlari, mexanik 
tebranishlar, jismlarning mexanik xossalari, saqlanish qonunlari masalalari qarab 
chiqilgan. Sport biomexanikasining ko‗pgina masalalrini ratsional echishda o‗ta 
kerak bo‗ladigan turli omillar (mexanik, tovush, elektromagnit, issiqlik) ta‘sirining 
fizik asoslarini ko‗rsatadigan, fizik mohiyatini tushuntirishga bag‗ishlangan katta 
bo‗lim keltirilgan.

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə