22
Harakatlarni o‗rganishda, metodning o‗ziga xosligi – harakatlarning tizimli
tahlilini va ularning sintezini aniq usullarini belgilashdan iborat. Harakatlar
tizimining elementlari tarkibini aniqlash – harakatlar amallarining bir butunligini
bilish bosqichi hisoblanadi. Biomexanika eksperimental
fan sifatida harakatlarni
tajribalarda o‗rganishga asoslangan. Uskunalar yordamida harakatlarning miqdor
xususiyatlari (tavsiflari) yozib olinadi. Masalan, tezlik, tezlanish traektoriyalari,
bular harakatlarni farqlash, ularni o‗zaro taqqoslash imkoniyatini beradi. Ushbu
xususiyatlarni ko‗rib
chiqishda, harakatlar tizimini ma‘lum bir qoidalar asosida,
uning tarkibiy qismlariga hayolan bo‗lib chiqiladi. Ushbu yo‗l bilan uning tarkibi
aniqlanadi. Harakatlarning tizimli tahlili aynan shundan iborat.
Harakatlar tizimi, bir butun sifatida, uning tarkibiy qismlarini oddiygina
yig‗indisi emas. Tizimning qismlari ko‗p sonli o‗zaro aloqalar bilan birlashgan
bo‗lib, bu aloqalar, ularga yangi va ularning qismlariga xos bo‗lmagan sifatlarini
(tizimli xususiyatlari) beradi. Qismlarning tizimdagi o‗zaro aloqalari usullari,
ularning o‗zaro harakatlari qonuniyatlari ushbu tizimning tarkibiy tuzilmasini
ko‗rsatadi. Miqdoriy jihatlarini o‗rganish orqali elementlar
bir-birlariga qanday
ta‘sir ko‗rsatishi aniqlanadi, tizimning bir butunligi sabablari ochiladi. Harakat
amallarining tizimli sintezi aynan shunda namoyon bo‗ladi.
Harakatlarning miqdoriy jihatlari bo‗yicha, yuqori darajadagi tizimli tahlil
orqali harakatlar tizimining modellari (fizik, matematik modellarini) tuziladi.
Elektron hisoblash texnikasidan foydalangan holda harakatlarni boshqarish
jarayonlarini o‗rganish, harakat amallari–ning optimal
variantlarini izlash
boshlanadi. Harakatlar tizimining sintezi, ularni real tuzish, ya‘ni sport texnikasini
egallash paytida ham nazariy (modellashtirish), ham amaliy ravishda amalga
oshiriladi. Harakat amallarining tizimli tahlili va tizimli sintezi bir–biri bilan
uzluksiz bog‗liq, tizimli–strukturaviy tadqiq qilishda bir–birini to‗ldirib turadi.
Zamonaviy biomexanik tadqiqotlarda funksional usul eng ko‗p ishlatiladi.
Uning yordamida hodisalarning xususiyatlari va holatlari o‗rtasidagi funksional
bog‗liqlik o‗rganiladi, ularni ma‘lum bir kattaliklar tavsiflaydi,
aniq sharoitlar,
miqdor jihatdan belgilangan qonun o‗rganiladi. Bunda, hodisalarning ichki
23
tuzilmalarini o‗rganish vazifasi qo‗yilmaydi, balki faqat uning funksiyasi tadqiq
qilinadi. Tizimli–strukturaviy va funksional usullarni qarama–qarshi qo‗yish kerak
emas. Ishning mohiyatiga ko‗ra, mantiqan, avval tizimning tuzilishini tushunishga
intilmasdan turib, barcha tizim funksiyasini butunligicha ko‗rib chiqiladi.
Keyinchalik esa, uning ichki mexanizmlari o‗rganiladi. Lekin, qaysi bir bosqichda,
ancha chuqur xususiyatlari yana hali o‗rganilmagan bo‗lib chiqadi va bunda, faqat
funksiya o‗rganiladi. YOndoshuv va usulni tanlash tadqiqotning vazifalarini
qo‗yish va shartlariga bog‗liq holda belgilanadi.
Sport biomexanikasining metodini, harakatlarning
murakkab tizimini
bilishning umumiy prinsipial yo‗li sifatida, biomexanik tadqiqotlarning xususiy
usullaridan (tavsiflarini ro‗yxatga olish va olingan ma‘lumotlarni qayta ishlash
usullaridan) farqlash lozim. Sport biomexanikasining metodi har bir biomexanik
tadqiqot paytida ham qo‗llanilavermaydi.
Bundan tashqari, tadqiqotlarning ko‗p
qismi, xususiy mexanizmlarni yoki harakat aktlarining umumiy ko‗rsatkichlarini
o‗rganish–gagina yo‗naltirilgan. Tadqiqotlarning yangi mukammal usullarini
ishlab chiqish ham juda muhim. Lekin, sport amaliyoti uchun, sport texnikasining
bir butun modellarini o‗rganish va texnik mahoratni mukammallashtirish predmeti
sifatida juda zarurdir. Ushbu vazifani echish uchun harakatlar tizimini tadqiq
qilish, ularning ichki tuzilmaviy tashkillashganligini ochish eng to‗liq ko‗rinishda
qo‗llaniladi.
Harakatlarni o‗rganish paytida aniqlanadigan qonuniyatlar ko‗proq statistik
(ehtimollik) xarakterga ega. U, natijalarni ko‗pchilik to‗liq aniqlab bo‗lmaydigan
sabablariga bog‗liqligi bilan belgilanadi. Bunday qonuniyatlar, xususan,
tirik
organizmlarga xosdir.
Dostları ilə paylaş: