Yusupova Z. X



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/149
tarix28.11.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#134207
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149
Biomexanika fanining 
xususiy vazifalari
quyidagi asosiy vazifalarni 
o‘rganishdan iborat:
1) sportchi gavdasining tuzilishi, xususiyatlari va harakat funksiyalari;
2) ratsional sport texnikasi;
3) sportchini texnik jihatdan takomillashuvi. 
Harakatlarning xususiyatlari harakatlanuvchi ob‘ektga, ya‘ni inson gavdasiga 
bog‗liq bo‗lganligi tufayli, sport biomexanikasida (biomexanika nuqtai nazaridan) 
tayanch–harakat apparatining tuzilishi, yoshga oid va jinsiy xususiyatlarini hisobga 
olgan holda tayanch-harakat apparatining mexanik xususiyatlari va funksiyalari 
(harakatlarning sifat ko‗rsatkichlari bilan birga), mashq qilganlik natijasidagi 
tayyorgarlik darajasini ta‘siri va hokazolar o‗rganiladi. Demak, birinchi guruh 
vazifalar – sportchilarning o‗zlarini o‗rganish, ularning xususiyatlari va imkoniyat–
larini o‗rganishdan iborat. 
Musobaqalarda samarali ishtirok etish uchun, sportchi o‗ziga to‗g‗ri kelgan 
ratsional texnikaga ega bo‗lishi kerak. Sportchi harakat amallarining 


20 
mukammalligi, ularning qanday harakatlardan va qanday tuzilgan ekanligiga 
bog‗liq. SHuning uchun sport biomexanikasida harakatlarning turli guruhlari 
xususiyatlarini va ularni takomillashtirish imkoniyatlari sinchiklab o‗rganiladi. 
Mavjud sport texnikasi o‗rganiladi hamda yanada ratsional yangi texnikalar ishlab 
chiqiladi. Mashq jarayonida sport texnikasining o‗zgarishi to‗g‗risidagi 
ma‘lumotlar, sportchini texnik jihatdan mukammal darajaga etkazish usullarining 
asosini ishlab chiqish imkoniyatini beradi. Ratsional texnikaning xususiyatlaridan 
kelib chiqqan holda, uni tuzishning ratsional yo‗llari, sport mahoratini 
kuchaytirishning vositalari va usullari aniqlanadi. 
SHunday qilib, sportchilarni texnik jihatdan tayyorlashning biomexanik 
asoslari quyidagilarni nazarda tutadi: mashq quluvchilarning xususiyatlari va 
tayyorgarlik darajasini aniqlash; ratsional sport texnikasini rejalashtirish; maxsus 
jismoniy va texnik tayyorgarlik uchun yordamchi mashqlarni tanlash va 
trenajyorlar yaratish; mashqlarni bajarishda qo‗llanilayotgan usullarni baholash va 
ularning samaradorligi ustidan nazorat o‗rnatish.

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə