Biomexanika fani
- jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida odamning
harakatlarini o‗rganadi.
Sport biomexanikasida o‗rganiladigan odamning mexanik harakatlari tashqi
mexanik kuchlar (og‗irlik, ishqalanish va boshqalar) va mushakning tortish kuchi
ta‘siri ostida amalga oshadi. Mushakning tortish kuchi markaziy asab tizimi
tomonidan boshqariladi va shundan kelib chiqqan holda fiziologik jarayonlar bilan
belgilanadi.
SHuning uchun, jonli harakatlar tabiatini to‗liq tushunish uchun harakatlar
mexanikasining o‗zinigina o‗rganib qolmy, balki ularning biologik tomonlarini
ham ko‗rib chiqish zarur. Aynan ularning biologik tomonlari mexanik kuchlarning
tashkillashish sabablarini belgilaydi. SHuni bilish zarurki, tirik dunyo uchun
mexanikaning alohida qonunlari mavjud emas. Tirik tizimlar abstrakt, absolyut
qattiq jismlardan qanchalik farq qilsa, tirik organizmlarning harakatlari absolyut
qattiq jismlarning harakatlariga nisbatan shunchalik murakkabdir. SHundan kelib
chiqqan holda, jonli ob‘ektlarga nisbatan mexanikaning umumiy qonunlarini tatbiq
etishda nafaqat ularning mexanik xususiyatlarini, balki biologik xususiyatlarini
(masalan, odam harakatlarini sharoitlarga moslashishining sabablarini, harakatlarni
12
takomillashtirish yo‗llarini, charchashning ta‘sir ko‗rsatishini va b.) ham hisobga
olish kerak.
Odamning harakatlar faoliyati
uning amaliy harakatlaridan iborat hamda u –
eng murakkab hodisalardan biri hisoblanadi. Ularning murakkabligi harakat
a‘zolarining funksiyalari oddiy bo‗lmaganligidagina emas, balki unda eng yuksak
tashkillashgan materiya – miyaning mahsuloti bo‗lmish ongning ishtirok etishida
hamdir. SHuning uchun, odamning harakatlar faoliyati hayvonlarnikidan juda katta
farq qiladi. Bu erda, birinchi navbatda, odam tomonidan amalga oshiriladigan
harakatlarning maqsadga yo‗naltirilgan ongli faolligi, ularning mazmunini
tushunishi, o‗z harakatlarini nazorat qilish va reja asosida takomillashtirish
imkoniyati mavjudligi to‗g‗risida gap yuritilmoqda. Odam va hayvonlarning
harakatlari o‗rtasidagi o‗xshashlik faqat biologik darajada mavjud. Jismoniy
tarbiya jarayonida odam harakatlar faoliyati yordamida o‗zining shaxsiy tabiatini
faol qayta o‗zgartiradi va jismonan takomillashadi. Inson ilmiy–texnik taraqqiyot
imkoniyatlaridan foydalangan holda, qolaversa harakatlar faoliyati (harakatlarni
amalda bajarish, xat-yozuv, nutq va h.k.) vositasida dunyoni qayta o‗zgartiradi.
Harakat faoliyati mushaklarning ishlashi oqibatida chaqiriladigan va
boshqariladigan ixtiyoriy faol harakatlar yordamida amalga oshiriladi. Inson o‗z
idroki bo‗yicha, ixtiyoriy ravishda harakat qilishni boshlaydi, ularni o‗zgartiradi va
maqsadiga erishgandan keyin to‗xtatadi. N.A.Bershteynning fikricha, inson
normada shunchaki harakatlarni emas, balki amaliy harakatlarni bajaradi.
Insonning amaliy harakatlari doimo maqsadga va ma‘lum bir mazmunga ega.
Nyuton shunday savolni qo‗ygan: ―jismlar harakati qay tarzda idrokka amal
qiladi?‖, ya‘ni qo‗yilgan maqsadga erishadi. Lekin, hozirgi vaqtdagina, insonning
maqsadga yo‗naltirilgan (ixtiyoriy) harakatlari mexanikasi, harakatlar maqsadidan
kelib chiqqan holda ishlab chiqilmoqda.
Gavda alohida qismlarining harakatlari boshqariladigan harakatlar tizimiga, bir
butun aktlarga birlashtirilgan (masalan, gimnastik mashqlar, chang‗ida
harakatlanish usullari, basketbol o‗yini usullari). Harakatlar tizimi tarkibiga gavda
alohida qismlarining (bo‗g‗inlarda) va ayrim hollarda butun gavdaning holatini
13
faol ushlab turish ham kiradi. Har bir harakat, bir butun harakatlar tarkibida
o‗zining rolini bajaradi va maqsadga mos keladi. Agar sportchi, o‗zining har bir
harakatida maqsadni ko‗ra bilsa va uni amalga oshirsa, uning amaliy harakatlari
ham, maqsadga yaxshiroq erishishiga olib keladi.
Biomexanikada harakatlarning sabablari mexanika va biologiya nuqtai
nazaridan ko‗rib chiqilishiga qaramasdan, ularning qonuniyatlariga o‗zaro
bog‗liqlikda qarash lozim, ya‘ni bunda, harakatlarni maqsadga yo‗naltirilgan holda
boshqarilishida inson ongining rolini hisobga olish kerak. Aynan mexanik va
biologik qonuniyatlarning o‗zaro bog‗liqligi sport biomexanikasining o‗ziga xos
tomonlarini ochish imkoniyatini beradi.
Hozirgi zamon sport biomexanikasini, soddalashtirilgan holda va shartli
ravishda, har bir qavatida (sathida) uchtadan bo‗limi mavjud bo‗lgan uch qavatli
―bino‖ sifatida qarash mumkin (1-rasm).
1-rasm. Zamonaviy biomexanika strukturasi.
Sport biomexanikasi umumiy, differensial va xusuiy biomexanikaga
bo‗linadi.
Umumiy biomexanika inson harakatining nazariy muammolarini hal
qiladi hamda inson qanday va nima uchun harakat qilishini bilishga yordam beradi.
14
Sport biomexanikasining ushbu bo‗limi jismoniy tarbiya va sportning amaliyoti
uchun juda muhim, chunki ―yaxshi nazariyadan ham yaxshiroq amaliyot
bo‗lmaydi‖ deb bejizga aytilmagan.
Differensial biomexanika harakatlanish imkoniyatlari va harakatlanish
faoliyatining individual va guruhli xususiyatlarini o‗rganadi. Sportchining yoshiga,
jinsiga, salomatligi holatiga, jismoniy tayyorgarlik darajasiga, sport mahoratiga
(kvalifikatsiyasiga) va boshqalarga bog‗liq bo‗lgan xususiyatlari o‗rganiladi.
Xususiy biomexanika alohida sport turlarida va ommaviy jismoniy
tarbiya turlarida texnik va taktik tayyorgarlikning aniq (konkret) masalalarini qarab
chiqadi. Bular jumlasiga sog‗lomlashtiruvchi yugurish va yurishni,
umumrivojlantiruvchi gimnastika mashqlarini, quruqlikdagi (aerobika) va suvdagi
(akvarobika) ritmik gimnastikani va shu singarilarni kiritish mumkin. Xususiy
sport biomexanikasining asosiy masalasi - insonga turli-tuman harakatlarni qanday
to‗g‗ri bajarishni yoki harakatlanish madaniyatini qanday mustaqil o‗zlashtirishni
o‗rgatishdir.
Sport biomexanikasining uchta ―qavatida‖ (sathida): harakatlar –
harakatlanish amallari - harakatlanish faoliyati o‗rganiladi.
Birinchi sathda harakatni tadqiq qilish uchun kerakli ma‘lumotlar (faktik
natijalar), ko‗pchilik hollarda, (izolyasiyalangan) muskullar yoki hayvonlar
tanasining boshqa qismlari bilan o‗tkazilgan tajribalarda olinadi. Kamdan-kam
uchraydigan mustasnodan (masalan, chaqaloqni harakatlaridan) tashqari, sog‗lom
inson maqsadga yo‗naltirilgan va motivatsiyalangan harakatlarni yoki
harakatlanish amallarini bajaradi.
Ikkinchi sathda biomexanika harakatlanish amallari texnikasini (masalan,
sakrash, zarba berish, yurish, yugurish va shu singarilar texnikasini) o‗rganadi va
takomillashtiradi.
Sport biomexanikasining uchinchi sathi harakatlanish faoliyati taktikasiga
bag‗ishlangan. Jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida harakatlanish faoliyati
harakatlanish amallari yig‗indisidan zvenolardan tashkil topgan zanjir sifatida
jamlanadi. Masalan, yugurish alohida qadamlardan; o‗q otish - miltiqdan, nishonni
15
mo‗ljalga olishdan va o‗qni otishdan; futbolda jarima zarbasini bajarish - yugurib
kelishdan va oyoq biln koptokka zarba berishdan tashkil topgan bo‗ladi. bunday
zanjirdagi harakatlanish amallari o‗zaro bir –biri bilan bog‗liq va bir –biri uchun
zamin yaratadi. SHuning uchun harakatlanish faoliyati - bu harakatlanish amallari
tizimidir. Bundan tashqari, keyingi paytlarda biomexanikaning quyidagi
yo‗nalishlari paydo bo‗ldi va rivojlanib bormoqda:
- muhandislik (injener) biomexanikasi, uning asosiy yutuqlari ishni tashkil
etilishi bilan bog‗liq;
- tibbiy biomexanika, jarohat olishning (travmatizmning) sabablarini,
oqibatlarini va profilaktika usullarini, tayanch-harakatlanish apparatining
mustahkamligini, protezlash masalalarini tadqiq qiladi;
- ergonomik biomexanika, insonning uni o‗rab turgan buyumlar bilan
o‗zaro munosabatlarini o‗rganadi va uning maqsadi ushbu munosabatlarni
optimallashtirishdir.
Biroq, jismoniy mashqlar biomexanikasi sport biomexanikasining
markaziy bo‗limi bo‗lib qoladi. U insonning sport trenirovkalari va musobaqalar
davomida hamda jismoniy madaniyatning ommaviy va sog‗lomlashtirish shakllari
mashg‗ulotlari, shu jumladan maktabda jismoniy tarbiya darslari, jarayonida
harakatlanish faoliyatini o‗rganadi. Jismoniy mashqlar biomexanikasi, uzluksiz
takomillasha borib, asta sekinlik bilan inson harakatlanish faoliyatining hamma
tomonlarini qamrab oladigan harakatlanish faolligi biomexanikasiga aylanadi.
Dostları ilə paylaş: |