Yusupova Z. X


 Biomexanika fanining ilm-fan sifatida shakllanishi



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/149
tarix28.11.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#134207
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   149
2.2. Biomexanika fanining ilm-fan sifatida shakllanishi 
 
Mexanika sport biomexanikasini paydo bo‗lishiga va keyinchalik yanada 
rivojlanishiga hal qiluvchi ta‘sir ko‗rsatdi.
YOzgan asarlari o‗sha davr fanining hamma sohalarini qamrab olgan buyuk 
qadimgi YUnon (grek) faylasufi Aristotel hayvonlar tanasining ayrim organlari va 
qismlarini tuzilishi va funksiyalarini birinchi batafsil tavsifini ishlab chiqqan 
[Aristotel, 1937]  va zamonaviy embriologiyaga asos solgan [Aristotel, 1940]. Stagir 
shahridagi shifokorni o‗g‗li o‗n etti yoshli Aristotel Afinadan Platon Akademiyasiga 
o‗qishga kelgan (eramizdan oldingi 428-348 yillar). Akademiyada 20 yil o‗qigandan 
va Platonning eng yaqin shogirdi bo‗lib qolgandan keyin Aristotel akademiyani 
faqat ustozi o‗limidan keyin tark etgan. Keyinchalik u rang-barang faktlar to‗plab, 
tajriba (eksperimentlar) va ochishlar (kesish, yorishlar) o‗tkazib anatomiya va 
hayvonlar strukturasi tadqiqotlari bilan shug‗ullangan. Uning ko‗pgina noyob 
kuzatishlari va kashfiyotlari shu sohada amalga oshirilgan. CHunonchi, Aristotel 
birinchi bo‗lib rivojlanishining uchinchi kunida tovuq yuragining urishini aniqlagan 
(o‗rgangan), dengiz tipratikanining chaynash apparatini tavsiflagan («Aristotelev 
fonar») va ko‗pgina boshqalar [Aristotel, 1937]. Qon aylanishini harakatlantiruvchi 
kuchni qidirish davomida, Aristotel qonning uni yurakda isishi va o‗pkada sovishi 
bilan bog‗liq bo‗lgan harakatlanish mexanizmini taklif qilgan: «yurakni harakati 
suyuqlikni issiqlik qaynashga majbur qiladigan harakatiga o‗xshaydi». «Hayvonlar 
tanasi qismlari to‗g‗risida», «Hayvonlar harakatlari to‗g‗risida» («De Motu 
Animalium»), «Hayvonlarni paydo bo‗lishi to‗g‗risida» ilmiy asarlarida Aristotel 
birinchi bo‗lib 500 dan ortiq tirik organizmlarning tuzilishini, organlar tizimlari 
ishini tashkil etilishini qarab chiqqan (o‗rgangan), tadqiqotning taqqoslash 
(solishtirish) usulini kiritgan. Hayvonlarni tasniflashda (klassifikatsiyalashda) u 
ularni ikki katta guruhga – qonli (qoni mavjud) va qonsizlar guruhiga bo‗lgan. Bu 


32 
bo‗linish hayvonlarni hozirgi vaqtdagi umurtqali va umurtqasiz hayvonlarga 
bo‗linishiga o‗xshaydi. Harakatlanish (ko‗chish) usuliga ko‗ra Aristotel hayvonlarni 
ikkioyoqli, to‗rtoyoqli, ko‗poyoqli va oyoqsiz (sudraluvchi) hayvonlar guruhlariga 
bo‗lgan. U birinchi bo‗lib yurishni nihoyaliklarni (oyoq-qo‗llarni) aylanma 
harakatini tananing ilgarilanma harakatiga aylantiradigan jarayon sifatida 
tavsiflagan, birinchi bo‗lib harakatning nosimmetrik xarakterini (o‗ngaqaylarga xos 
bo‗lgan chap oyoqqa tayanchni, og‗irliklarni chap elkaga olishni) ta‘kidlagan. 
Insonning harakatlarini kuzata borib, Aristotel harakatdagi shaklning devorga 
tushadigan soyasi to‗g‗ri chiziq bilan emas, balki ilonsimon chiziq bilan
tavsiflanishini ta‘kidlagan. U tuzilishi (strukturasi) bo‗yicha har xil, biroq 
funksiyalari bo‗yicha bir xil bo‗lgan organlarni, masalan, baliqlardagi tangachalarni, 
qushlarning patlarini, hayvonlardagi sertuk qatlamni ajratgan va tavsiflagan.
Aristotel qushlar tanasini muvozanati (ikkioyoqli tayanch) shartlarini tadqiq qilgan. 
Hayvonlarning harakatlari to‗g‗risida fikr-mulohaza yuritib, u harakatlantiruvchi 
mexanizmlarni ajratgan: «… organ yordamida harakatlangan shu narsaki, 
bo‗g‗inlardagiga o‗xshash unda ham boshlanishi va oxiri ustma-ust tushadi Hamma 
narsa depsinish va tortishish orqali harakatlanadi» [Aristotel, 1976]. Aristotel 
birinchi bo‗lib o‗pka arteriyalarini tavsiflagan va «aorta» iborasini kiritgan, tananing 
ayrim qismlari tuzilishi (strukturasi)ning korrelyasiyasini ta‘kidlagan, organizmdagi 
organlarning o‗zaro munosabatini (ta‘sirini) uqtirib o‗tgan, biologik maqsadga 
muvofiqlik to‗g‗risidagi ta‘limot asoslarini yaratgan va «tejash (iqtisod) tamoyili»ni 
shakllantirgan: «tabiat nimanidir bir joydan olsa, uni boshqa erda qaytaradi». U 
birinchi bo‗lib turli hayvonlarning qon aylanish, nafas olish, tayanch-harakatlanish 
tizimlari tuzilishidagi (strukturasidagi) va ularning hazm qilish apparatlari farqini 
tavsiflagan [Aristotel, 1937, 1940].  O‗z ustozidan farqli o‗laroq, Aristotel «g‗oyalar 
dunyosi» ni moddiy dunyoga nisbatan qandaydir tashqi narsa sifatida qarab 
chiqmagan, balki Platonning «g‗oyalari»ni tabiatning tarkibiy qismi, uning 
materiyani tashkil etuvchi asosiy boshlanishi sifatida kiritgan. Keyinchalik bu 
boshlang‗ich g‗oya «hayotiy energiya», «hayvonlar ruhlari» tushunchalariga 
aylantiriladi (transformatsiya qilinadi).


33 
Buyuk qadimgi YUnon olimi Arximed o‗zining suzuvchi jismlarni 
boshqarishni gidrostatik tamoyillarini tadqiq qilishlari va jismlarni suzuvchanligi 
bo‗yicha tadqiqotlari bilan bilan zamonaviy gidrostatikaga asos solgan. U birinchi 
bo‗lib matematik usullarni mexanikaning masalalarini o‗rganishga qo‗llagan bo‗lib, 
jism muvozanati va og‗irlik markazi to‗g‗risidagi bir qator qoidalarni teorema 
ko‗rinishida shakllantirgan va isbotlagan. Arximed tomonidan qurilish 
konstruksiyalari va harbiy mashinalarni yaratish uchun keng foydalanilgan richag 
tamoyili tayanch-harakatlanish tizimi biomexanikasida qo‗llangan birinchi mexanik 
tamoyillardan biri bo‗lib qoladi. Arximed asarlarida harakatlarni (jismni spiral 
bo‗yicha harakatlarganida to‗g‗ri chiziqli va aylanma harakatlarni) qo‗shish, 
keyinchalik Galiley o‗zining dinamika bo‗yicha fundamental ishlarining asosi deb 
ataydigan jism tezlashganda tezlikni uzluksiz bir tekis ortib borishi to‗g‗risidagi 
g‗oyalar mavjud  [Grigoryan, 1974]. 
Mashhur qadimgi rim shifokori 
Galen
  o‗zining «Odam tanasi qismlari 
to‗g‗risda» klassik asarida tibbiyot tarixida birinchi bo‗lib odamning anatomiyasi va 
fiziologiyasini yaxlit tavsiyaini bergan. Bu kitob taxminan bir yarim ming yil 
davomida tibbiyot bo‗yicha asosiy (nastolnoy) O‘quv qo‘llanmada bo‗lib xizmat 
qilgan. Galen tirik jonivorlarda birinchi kuzatishlar va tajribalar (eksperiment) qilib 
va ularning skeletini o‗rganib fiziologiyaning boshlanishiga asos solgan. U 
tibbiyotga viviseksiyani – tirik jonivorlarda organizm funksiyalarini tadqiq qilish va 
kasalliklarni davolash usullarini ishlab chiqish maqsadlari uchun operatsiyalar va 
tadqiqotlar olib borishni kiritgan. U tirik organizmda miya nutq va tovush tashkil 
qilinishi jarayonini nazorat qilishini, arteriyalar havo bilan emas qon bilan to‗laligini 
aniqlagan, organizmdagi qon harakatlari yo‗llarini o‗z imkoniyatlari darajasida 
tadqiq qilgan, arteriyalar va venalarni tuzilishi bo‗yicha (strukturaviy) farqini 
tavsiflagan, yurak klapanlari borligini aytgan. Galen kesish (yorish) larni amalga 
oshirmagan va, balki, shuning uchun uning asarlarida noto‗g‗ri tasavvurlar, masalan, 
jigarda venoz qoni paydo bo‗lishi, arterial qonni yurakning chap oshqozonchasida 
paydo bo‗lishi, ko‗payib ketgan. U shuningdek qon harakatining ikki aylanasi va 
yurak zo‗riqishlari ahamiyati mavjudligi to‗g‗risida bilmagan. O‗zining 


34 
«Demotumusculorum» asarida u motorli va sensorli neyronlar, agonist va antagonist 
mushaklar o‗rtasidagi farqni tavsiflagan, birinchi bo‗lib mushaklar tonusini 
tavsiflagan. U mushaklar qisqarishining sababi asab tolalari bo‗ylab miyadan 
mushaklarga keladigan «hayvonlar ruhi» deb hisoblagan [BME/meditsina].
Organizmni tadqiq qilgan Galen tabiatda hech narsa orticha emas degan ishonchli 
fikrga kelgan va tabiatni tadqiq qila borish xudoning g‗oyasini tushunishga olib 
kelishi to‗g‗risidagi faylasuf tamoyilini shakllantirgan. O‗rta asr davrida, 
inkvizitsiyaning eng kuchaygan davri bo‗lishiga qaramay, juda ko‗p va katta ishlar 
qilingan, ayniqsa anatomiya sohasida, va bu ishlar keyinchalik sport 
biomexanikasini yanada rivojlanishiga zamin bo‗lib xizmat qildi. 
Fanning rivojlanish tarixida arab dunyosida va SHarq mamlakatlarida amalga 
oshirilgan tadqiqotlar natijalari alohida o‗rin egallaydi: ko‗pgina adabiy asarlar va 
tibbiyot traktatlari buni isboti hisoblanadi. Ibn Sin (Avitsenna) ratsional tibbiyotga 
asos solgan, mijozni ko‗rikdan o‗tkazish asosida tashhis qo‗yish uchun ratsional 
asoslarni shakllantirgan (xususan, arteriyalar tebrinishlari pulslari tahlilini). Ibn 
Sinoning arab tilida yozilgan «Davolanish kitobi» («Kitob al-SHifo») ensiklopedik 
asari mantiqqa, fizikaga, biologiyaga, psixologiyaga, geometriyaga, arifmetikaga, 
muciqaga, astronomiyana, shuningdek metafizikaga bag‗ishlangan. «Bilimlar 
kitobi» («Donish-noma») ham ensiklopedik asar hisoblanadi. Ibn Sino qo‗yilgan 
kuch (yoki tasvirlangan nazariyasini – o‗rta asrdagi harakatlar nazariyasini (unga 
ko‗ra, uloqtirilgan - otilgan jismlarni harakatlanish sababi tashqi manba tomonidan 
ularga kiritilgan (keyinchalik impetus deb atalgan) qandaydir kuch hisoblanadi) 
rivojlanishiga ahamiyatga molik darajada hissa qo‗shgan. Uning fikriga ko‗ra, 
«dvigatel-harakatlantiruvchi» (odamning qo‗li, kamonning ipi, palaxmon, sopqon va 
shu singarilar), harakatlanayotgan jismga (toshga, kamon yoyiga) xuddi olov suvga 
issiqlik bergani kabi qandaydir «intilish» beradi. Dvigatel rolini og‗irlik ham 
o‗ynashi mumkin. «Intilish» esa uch xil bo‗ladi: ruhiy (tirik mavjudotlarda), tabiiy 
va majburiy. «Tabiiy intilish» og‗irlik ta‘sirini natijasi hisoblanadi va jismni 
qulashida ya‘ni jismni Aristotel tasavvuriga ko‗ra tabiiy harakatlanishida namoyon 
bo‗ladi. Bu holda «intilish» hattoki harakatsizlikka qarshilikda namoyon bo‗ladigan 


35 
harakatsiz (tinch turgan) jismda ham bo‗lishi mumkin. «Majburiy intilish» filopon 
harakatlantiruvchi kuchiga o‗xshash hisoblanadi, u otilgan jismga uning «dvigateli» 
tomonidan beriladi (uzatiladi). Jismning harakati davom etib borgan sayin 
«majburiy intilish» muhitni qarshiligi sababli kamayib boradi, buning natijasi 
sifatida jismning tezligi ham nulga intiladi. Bo‗shliqda «majburiy intilish» 
o‗zgarmagan bo‗lar edi va jism abadiy harakatlanishi mumkin edi. Inersiya 
tushunchasining ustivorligi ko‗rish mumkin bo‗lgan, biroq Ibn Sino bunday 
bo‗shliqni mavjudligiga ishonmagan. Ibn Sino «majburiy intilish» miqdoriy baho 
berishga uringan: uning fikriga ko‗ra, bu intilish jismning vazniga va harakat 
tezligiga proporsional. 
Harakat to‗g‗risida esa (Ibn Sino fikri), Aristotel singari, harakat jism holatining 
mustahkam o‗zgarishi sifatida tushuniladi. Harakat bu potensial holatda joylashgan 
narsaning harakat amali va u potensial ega bo‗lgan narsani birinchi tugallashi. 
Harakatlar shakllarini Ibn Sino quyidagi toifalarga (kategoriyalarga) bo‗lgan: 
- miqdoriga nisbati bo‗yicha harakat – bu kamayishe, quyuqlashishe va shu 
singarilar 
- susayishi yoki qorong‗ilashishida va shu singarilarda ifodalanadigan sifatiga 
nisbati bo‗yicha harakat 
- harakatning o‗zi. 
- «qaerda»ga nisbati bo‗yicha harakat, ya‘ni fazodagi harakat. 
- «qachon»ga nisbati bo‗yicha harakat. 
- holatga nisbatan harakat – bu holatni almashishi. 
- aksidental xarakterga ega bo‗lgan boshqarishga nisbatan harakat. 
- narsa o‗z harakat atributini (atribut – narsa yoki hodisaning ajralmas qismi, 
xususiyati) yo‗qotishi ehtimoli bo‗lgan harakatdagi (amaldagi, ta‘sirdagi) harakat.
SHunday qilib, mohiyatiga ko‗ra harakat faqat miqdor, sifat, «qaerda» va 
holatga nisbatan sodir bo‗ladi. Tinchlik esa mazkur shaklni unga xos bo‗lgan 
holatini bo‗lmasligidir. Bunday bo‗lmaslik holatni Ibn Sino yurishga qarama-
qarshi va yurish sabablarini bartaraf etilganda mos bo‗ladigan holat sifatida 
aniqlagan. Mavjud bo‗lish – demak aniq (konkret), ob‘ektiv, bizga mazkur birlik 


36 
buyum tomonidan berilgan ongdan tashqari bo‗lish yoki ongda tushuncha 
bo‗lishdir. Ibn-Sinoning mahrum qilish (ayirish) sifatidagi mavjud bo‗lmaslik 
to‗g‗risidagi fikr-mulohazalarini birlamchi materiya yashashini isboti sifatida qarab 
chiqish mumkin: agar materiya (modda) faollashgan shakl uchun substrat (mauda) 
bo‗lib xizmat qilsa, u holda potensial shakl uchun albatta uni soladigan joy 
(ombor) (maxalla) mavjud bo‗lishi kerak, chunki buyum haqiqatda mavjud 
bo‗lishidan oldin imkoniyatlardp mavjud bo‗lishi kerak. SHunday qilib, 
quyidagicha xulosa chiqaramiz: shakllar materiyada potensial holda mavjud 
bo‗ladi. Undan keyin gap Ibn-Sino tomonidan ilgari surilgan va «Davolanish 
kitoblari»ni tarjima qilish orqali o‗rta asrdagi Evropada tanilgan «majburiy 
intilish» (mayl qasri) konsepsiyasi to‗g‗risida boradi. Ibn Sino xuddi Aristotel 
singari bo‗shliq mavjudligini va umuman unda, agar u mavjud bo‗ladigan bo‗lsa 
ham, undagi harakatni inkor etgan. Intilishga kelsak, Ibn-Sino unga nisbatan 
nazariya ishlab chiqqan, unga ko‗ra otilgan (uloqtirilgan) jism uni uloqtirgan 
tomonidan «olingan» (uzatilgan) «intilish» tufayli harakatda davom etadi. 
Umuman olganda tabiiy intilishda jism uning tabiatiga mos holatga intiladi. Vaqt 
Ibn-Sino tomonidan avvalgi va keyingi nuqtai nazaridan harakat me‘yori sifatida 
aniqlanadi. Umuman Ibn-Sino targ‗ib qilgan fizika Aristotel targ‗ib etgan va 
birlamchi dvigatel, bo‗shliq, cheklangan va cheksiz, diskret va uzluksiz 
to‗g‗risidagi va shu singari masalalar echilgan fizikaning davomi hisoblanadi. Ular 
orasida Nyutonning birinchi qonunini oldindan sezib aytilgan «intilish»ning uchta 
turi to‗g‗risidagi ta‘limoti eng sezilarli hisoblanadi.
Biomexanikaga oida birinchi ilmiy asarlar Aristotel (eramizdan oldingi 384-
322 yillar) tomonidan yozilgan bo‗lib, uni erdagi hayvon va odamlarning 
harakatlanish qonuniyatlari qiziqtirgan.
Leonardo da Vinchi (1452-1519 yillar) odamning vaziyatlari va harakatlarini 
tahliliga anatomiya va mexanika asosida ko‗p diqqat-e‘tibor qaratgan. Leonardo 
odamning hayvonlarning vaziyati va harakatlari mexanika qonunlariga 
bo‗ysunishini aniq va yaxshi anglab etgan. U shunday deb yozgan: "Mexanika fani 
boshqa hamma fanlar orasida shuning uchun yaxshi fazilatli va kerakli fan bo‗lib 


37 
qoldiki, harakatlanish qobiliyatiga ega bo‗lgan hamma jismlar uning qonunlari 
bo‗yicha ta‘sirlashishar ekan". Bu o‗sha vaqt uchun eng yangi va dadil fikr edi. 
Qushlarning uchishini o‗rganish Leonardoni planer tipidagi birinchi uchish 
apparati loyihasini yaratishga olib keldi va unda uchish uchun odamning mushak 
kuchidan ham foydalanish nazarda tutilgan edi.
Djovanni Galileyning shogirdi - Alfonso Borelli (1608-1679 yillar) 
biomexanika bo‗yicha ―Hayvonlarning harakatlari to‗g‗risida‖ deb nomlangan va 
1679 yilda chiqqan birinchi kitobni chop etgan.

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə