Turkiy xalqlar adabiyoti 1 dildoraxon abdullaeva



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/126
tarix20.06.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#89803
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   126
Dildoraxon abdullaeva turkiy xalqlar adabiy

Turkiy xalqlar adabiyoti 
18
“O’g’uznoma” turkiy xalqlarning kitobiy eposi hisoblanadi. Turkiy xalqlar tarixida 
ikkita kitobiy doston qayd etiladi. Biri “Dada Qo’rqut kitobi”, ikkinchisi “O’g’uznoma”dir. 
“O’g’uznoma”ning bizgacha yetib kelgan nusxasi uyg’ur-turk yozuvida bitilgan, bu matn 
Parij milliy kutubxonasida saqlanadi.
Asar matni ko’zdan kechirilganda, unda qadimgi urug’chilik jamiyatidagi mif va 
afsonalar asos bo’lganligini kuzatish mumkin. “O’g’uznoma” struktur jihatdan Kul tigin 
yodgorligiga o’xshaydi. Dostondagi mifologik qatlam, o’g’uzning aniq bir geografik 
muhitdagi faoliyati bunga dalil bo’la oladi. Unda qadimiy turkiy nazmning unsurlari 
mavjud. “O’g’uznoma”ning muqaddimasida urug’larning va turkiy urug’lardan Ashin 
urug’ining paydo bo’lishiga oid afsonalar o’rtasidagi uyg’unlik, qadimgi turk davridagi 
kulьtlar – daraxt, bo’ri, osmon kultlarining qadimgi turkiy yodnomalarda va 
“O’g’uznoma”da ham mavjudligi ularning umumiylik jihatlarini ko’rsatadi. “O’g’uznoma” 
dostoni ikki qismdan iborat. Birinchi qism mifologik qatlam bo’lib, bunga O’g’uzning 
g’ayritabiiy tug’ilishi va g’ayritabiiy ulg’ayishi, yovuz shunqorga qarshi kurashishi va uni 
o’ldirishi lavhalari kiradi.
Dostonda O’g’uzning Oy qog’ondan tug’ilishi, uning yuzi ko’k, og’zi otash kabi qizil, 
ko’zlari qo’yko’z, sochlari va qoshlari qop-qora, nozik farishtalardan ham ko’hliroq deb 
ta’riflanadi. Ajdodlarimiz qadimda ko’k tangriga e’tiqod qilishgan. Ko’k (osmon ma’nosida) 
so’zi bilan qo’llangan barcha narsalarni muqaddas bilganlar. O’g’uzning yuzini ko’k deb 
ta’riflanishining boisi shudir. U onasining og’iz sutini emadi xolos va xom go’sht, osh-ovqat, 
sharob so’raydi. Qirq kunda ulg’ayadi. Uning tashqi ko’rinishi quyidagicha: oyog’i 
ho’kizning oyog’idek, beli bo’rinikidek, yag’rini silovsinnikidek, ko’ksi ayiqnikidek, 
badanini butkul tuk qoplagan. Yilqi boqib, ot minib, kiyik ovlab yuradi.
Keyingi o’rinlarda O’g’uzning botir, xoksor va mard deb tavsif etiladi. U odamlar va 
yilqilarni yeb bitirayotgan qiat (karkidon)ni cho’qmori bilan urib o’ldirib kallasini o’zi 
bilan olib ketadi. Qaytib kelsa qiatning ichak-chavog’ini bir shunqor yeb turgan ekan. 
O’g’uzxon shunqorni yoyi bilan urib o’ldiradi. Asarning ikkinchi qismi esa tarixiy 
dostonlarga xos voqealardan iborat. Bu qismga O’g’uzning uylanishi, farzandlarining 



Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə