1
NAZARIY
SAVOLLAR
1.
Qadimgi Sharq adabiyoti haqida tushuncha bering
Yaqin-yaqin vaqtlargacha bashariyatning madaniyat o‘chog‘i G‘arb,
qadim Yunoniston, qadim Rim deb kelindi,
shunday bilindi, shunday
talqin etildi. Ming yillar mobaynida shu qarashga suyanilib, madaniy,
ma’naviy, ilmiy ishlar yurgizildi. Ijtimoiy fanlar bo‘yicha tadqiqotlarning
indallosi mazkur qarash bo‘ldi.
Ammo keyingi, qariyb, bir asr davomida yangi arxeologik qazishmalarda
qo‘lga kiritilgan topilmalar natijasida ilgari
surilayotgan ilmiy fikrlar
yuqoridagi qarashning umri bitganligini, ilk madaniyat o‘chog‘i antik
madaniyat emas, balki Sharq ekanligini ko‘rsatmoqda. U ham bo‘lsa,
shumerlar dunyosi, shumerlar madaniyati
,
shumerlar adabiyotidir
.
Natijada
amerikalik olim
Samuel Kramerning “Tarix Shumerda
boshlanadi”
degan tadqiqot kitobi dunyo ilmiy jamoatchiligi e’tiborini
shumerlarga qaratdi.
Bir necha ming yillar mobaynida insoniyat tarixda bunday xalq yashab
o‘tganini bilmas edi-da.
Faqat
XIX asrga
kelib,
Bobil (Vavilyon)
mixxatlari
ning siri ochilgandagina olimlar shumerlar haqida ilk kez xabar
topishdi. Shunday qilib, shumerlar madaniyatidan so‘z ochguvchi
mixxatlar bashar ahlining madaniyat
beshigi Yunoniston emas, balki
shumerlar ekanini isbot qildi.
Toir Efti
ning Rossiyada amalga oshirgan, O‘zbekistonda
chop etilgan
“Shumerlar va etruslar – insoniyat tamadduni ibtidosidagi qadimiy
turkiylar”
deb nomlangan tadqiqoti so‘nggi yillarda yaratilgan va ayni
shu masalaga ko‘p jihatdan oydinlik kiritishi mumkin bo‘lgan
tadqiqotlardan yana biri hisoblanadi. Kitobcha
shumer mixxatlarini
o‘qigan va shumer tilining turkiy til bilan genetik qarindoshligini
aniqlagan