Toshkent «yangiyo‘l poligraf servis»


MARDLIK VA AQL YORUG‘LIGI



Yüklə 3,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/68
tarix07.03.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#102055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
www.idum.uz oqish 4 uzb 2017

MARDLIK VA AQL YORUG‘LIGI
Miraziz A’zam
Bir gapim bor, ukajon,
Diqqat bilan quloq sol.
Aytsam, o‘gitga o‘xshar,
Aytmasam, lekin uvol.
Bir o‘g‘lonning shu gapi
Ko‘nglimga og‘ir tegdi:
«O‘g‘il bolaga ilm
Juda zarurmi? – deydi.
– O‘g‘il bola pahlavon,
Kuchga to‘la, zo‘r bo‘lsin.
Marddek tursin maydonda,
Yuragida qo‘r bo‘lsin».
Bu gapi-ku yomonmas,
Hamma mard bo‘lsa qani!
Bilimga oid gapi
O‘ylatib qo‘ydi mani.
Aqlni faqat ilm
Yorug‘ qilar, ukajon.
Yorug‘ aql Vatanni
Olg‘a boshlar begumon.


15
O‘g‘ilga mardlik kerak,
Ilm ham kerak tayin.
Ilmsiz mardning esa
Holiga yig‘lar maymun.
1. She’rni ifodali o‘qing va yod oling. «Ilm», «mardlik», 
«aql» so‘zlarini izohlang.
KICHIK VATAN
Ashurali Jo‘rayev
O‘shanda uchinchi sinfda o‘qirdim. Biz oilamiz 
bilan 
boshqa 
qishloqqa 
ko‘chadigan 
bo‘ldik. 
Ko‘chishimizdan bir kun oldin akam bilan otam 
mollarni haydab, yangi uyimizga ketishdi. Ularga 
itimiz ham ergashdi. 
Ko‘chamiz, degan kundan buyon bobomda qanday-
dir bezovtalik boshlandi. U kishining ranglari o‘zgarib, 
biroz g‘amgin bo‘lib qoldilar.
Ertaga ko‘chamiz, degan kuni bobomda umuman 
halovat bo‘lmadi. Buvimning aytishlaricha, tuni bilan 
bezovta bo‘lib, uxlamay chiqibdilar.
Uydagi qolgan-qutgan narsalarni yig‘ishtirib, tugun-
larga bog‘lab, kichik qutilarga joylagach, bobom foti-
haga qo‘shib tilovat qildilar. Bobomdagi xomushlik fo-
tihadan so‘ng bir lahza hammamizni chulg‘agandek 
bo‘ldi. Birozdan so‘ng bobom aytgan Shoyim tog‘a 
mashinasida yetib keldi. Bobom mendan boshqa 
hammani mashinaga chiqishga taklif qildi. Yuklarni 


16
ortib bo‘lganimizdan so‘ng buvim bilan eng kichik 
ukam kabinaga joylashdi. Qolganlar mashinaning 
kuzoviga chiqishdi.
– Yaratgan egam hamrohlaring bo‘lsin. Sog‘-omon 
yetib olinglar! – bobom fotiha berdilar.
Bobom bilan huvullagan hovlida yana birpas 
qoldik. Bobom bog‘imizdagi daraxtlarga, ishkomga, 
hovli etagidagi shiyponchaga, molxona va bostirma 
tomonlarga qarab yana bir bor xo‘rsindi.
Bu orada uyimizni sotib olgan Erdon tog‘a ko‘ch-
ko‘roni bilan kelib qoldi. Bobom bilan salom-alik 
qilishdi. Bobom qo‘lidagi kalitlarni unga topshirib duo 
qildi: 
– Iloyo, bu uyda to‘ylar qiling, xonadoningizda 
yaxshi va baxtli kunlar ko‘p bo‘lsin. 
– Keyingi haftada uy to‘yi qilamiz. Xabar beramiz, 
kelasiz-da, Jo‘ra bobo, – dedi Erdon aka. 
– Albatta kelaman, Erdonboy, – dedi bobom
ko‘zlari kulib. Uyning yangi egalari ko‘chlarini tushirish 
va kiritish bilan mashg‘ul edi.
Bu manzarani kuzatib turgan bobomning ko‘zlari 
yoshlanganini ko‘rib, mening ham ko‘nglim buzildi. 
Buni sezgan Erdon tog‘a bobomni bir piyola choyga 
taklif qildi. Agar xohlasa, qolib mehmon bo‘lib ketishini 
ham alohida ta’kidladi. 
Bizning eski chorpoyamizga yangi dasturxon yozildi. 
Non, choy, qand-qurs qo‘yishdi.
– Bu hovli-joy otamdan qolgan edi, – deb 
hikoyasini boshladi bobom hazin ovozda. – Bolaligim 


17
mana shu hovlida o‘tdi. Shu hovlida uylanib, bola-
chaqalik bo‘ldim. Shu hovlida soch-soqolim oqardi. 
Hayotimdagi eng yaxshi va yomon kunlarim ham shu 
hovlida o‘tdi. Rahmatli ota-onam va bir farzandimni 
ham shu hovlidan chiqardim. Tug‘ilib o‘sgan uying 
kichik Vatan ekan, Erdonboy. Endi bu Vatanni sizga 
topshiraman. 
– Bobojon, kichik Vatan ham bo‘ladimi? – beixtiyor 
so‘radim.
– Bo‘ladi, bolam, bo‘ladi. Odamning yashaydigan 
uyi, hovli-joyi – kichik Vatani. Ana shu kichik Vatanlar 
yig‘ilib-yig‘ilib, birlashib O‘zbekiston degan ulug‘ Vatanga 
aylanadi...
Bobom bilan katta yo‘lga chiqqanimizda, hamon 
shu kichik Vatan – uyimiz va do‘stlarim bilan bog‘liq 
shirin xotiralar og‘ushida edim. 
1. Yangi hovliga ko‘chayotgan bobo nima uchun g‘amgin 
bo‘lib qolishi sababini izohlang.
2. U «kichik Vatan» haqida nimalarni gapirib berdi?
3. «Mening mahallam» mavzusida kichkina matn tuzing.


18

Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə