Toshkent «yangiyo‘l poligraf servis»



Yüklə 3,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/68
tarix07.03.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#102055
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   68
www.idum.uz oqish 4 uzb 2017

HAR KIM EKKANIN O‘RAR
Munavvarqori Abdurashidxonov
Bir kishining otasi
Ko‘p yashamish, qartaymish.
Soch-soqoli oqarmish,
Bellari kuchdan qolmish.
Non yeganda lablari
Burni bilan so‘zlashur.
Choy ichganda qo‘llari
Qaltirashib, titrashur.
Beli ikki bukilgan
Yuray desa yurolmas.
Bir o‘tirsa o‘rnidan
Ko‘tarmasang, turolmas.
O‘g‘il, kelin, nevara
Zerikdilar bu holdan.
Qutulmoqchi bo‘ldilar
Bir ish qilib u choldan.
O‘g‘il bilan nevara
Kun kech bo‘lgach turdilar.
Ko‘tardilar u cholni
Sahro sari yurdilar.
Bir o‘ringa yetganda
So‘zga kirdi asta chol.
Dedi: «O‘g‘lim, so‘zimga
Birozgina quloq sol.
Men otamni bir zamon
Bu o‘ringa keltirib,
Tashlab ketgan chog‘imda
Qolgan edi termulib.


30
Navbat keldi o‘zimga,
Sen ham meni keltirding.
Men otamga ne qilsam,
Endi menga sen qilding.
Menga yarar shul o‘rin,
Bir kun senga ham yarar.
El aro bor bir matal:
«Har kim ekkanin o‘rar».
1. Rivoyatni ifodali o‘qing va sarlavhasi mazmunini 
izohlang.
2. O‘zingiz cholning o‘gli o‘rnida bo‘lganingizda nima qil
-
gan bo‘lardingiz?
CHAQIMCHIGA «MUKOFOT»
Qadim zamonda hokimlardan biri ovga chiqdi. 
Hokim va u bilan birga ovga chiqqanlar bir yer
-
ga kelib to‘xtadilar. Hamma biror ish bilan mashg‘ul 
bo‘ldi. Hokim o‘z jilovdori – otboqarini yoniga chaqi-
rib:
– Sen bilan birga otda chopishni ko‘p vaqtdan 
beri orzu qilaman, kimning oti chopqir ekanini bilish
-
ni istayman, – dedi.
Otboqar qabul qildi, otiga minib chopdi, hokim 
uning ketidan quvladi. Shikor joyidan ancha uzoq-
qa ketdilar. Hokim otini to‘xtatib, otboqarga ham 
to‘xtashga buyruq berdi, uni yoniga o‘tqazib:
– Ey jilovdor, ko‘nglimga kelgan bir fikrni ayt
-
moqchi bo‘lib, sen bilan birga bu xoli yergacha ot 


31
choptirib keldim. Hammadan ko‘ra senga ishonganim 
uchun sirimni faqat senga bayon qilaman, ehtiyot 
bo‘l, hech kim sezmasin, – dedi.
Otboqar ta’zim qilib:
– Modomiki, siz menga ishongan ekansiz, siri -
n gizni hech kimga oshkor qilmayman, hech kim vo
-
qif bo‘lmaydi, – deb hokimga va’da berdi.
Hokim 
otboqarning 
so‘zidan 
xursand 
bo‘lib,
ko‘nglidagi sirini unga aytdi:
– Ukamning shu kunlarda qilgan harakatidan 
shubhaga tushib qoldim, meni o‘ldirmoqchi bo‘lsa 
kerak. Shuning uchun men ukamni yo‘q qilmoqchi
-
man. Sen yonimdan uzoqqa ketmay, meni asrab 
yur!
Otboqar hokimning sirini saqlashga, o‘zini asrash
-
ga va’da berib, qasam ichdi. Hokim ovdan qaytib, 
o‘z saroyiga kirishi bilanoq otboqar bevafolik qilib, 
xiyonat ko‘chasiga qadam qo‘ydi. 
Fursat topib, hokim ning ukasi
-
ga eshitganlarini ba yon qildi. 
Hokimning ukasi bu chaqimchi 
otboqardan xursand bo‘lib, unga 
ino yat va va’dalar qildi.
Hokimning ukasi yaxshi tadbir 
bilan o‘zini asrar edi. Oradan 
ko‘p vaqt o‘tmay, hokim vafot 
etdi. Uning o‘rniga ukasi hokim 
bo‘lib, darrov chaqimchi otboqar
-
ni dorga osishga buyruq berdi.


32
Chaqimchi 
otboqar 
o‘zining 
qilgan 
xizmatini 
so‘zlab, ko‘p zor-u tazarru qilsa ham, yangi hokim 
qabul qilmay:
– Sirni fosh qilishdan, chaqimchilikdan yomon
-
roq gunoh yo‘qdir. Akam senga ishonib sirini aytdi, 
sen xiyonat qilib, sirini fosh qilding, menga kelib 
chaqding. Akamga vafo qilmagan odam menga vafo 
qilarmidi? Ana endi chaqimchiligingning jazosini tort, 
– deb dorga ostirdi.
1. Hokim otboqardan nimani iltimos qildi?
2. Chaqimchilik qanday odat ekan? Bu haqda o‘z 
fikri ngizni kengroq bayon eting.

Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə