Toshkent «yangiyo‘l poligraf servis»



Yüklə 3,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/68
tarix07.03.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#102055
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   68
www.idum.uz oqish 4 uzb 2017

OMONATGA XIYONAT
Kunlardan bir kuni bir kishi o‘ralgan, muhrlangan 
bir xaltachani do‘stining huzuriga keltirib:
– Do‘stim, men safarga chiqib ketayotibman, 
ichida ming tanga oltin bo‘lgan shu xaltachani senga 
omonat 
topshiraman, 
safardan 
qaytib kelganimdan so‘ng olaman, 
deb xaltachani topshirdi va 
o‘sha kuni safarga chiqib ketdi. 
Do‘sti omonatga xiyonat qilib, 
xaltachaning bir tomonini so‘kdi, 
oltinlarni olib, tangalar bilan 
to‘lg‘izdi, so‘kilgan joyini hech 
bilinmaydigan qilib tikib qo‘ydi. 
Oradan o‘n yil o‘tgandan keyin 
omonat egasi safardan qaytib 


33
k
elib, do‘stidan qo‘ygan omonatini talab qildi. Omonat 
egasi xaltachani ochib tangalarni ko‘rgach, hayron 
bo‘lib, do‘stidan:
– Xalta ichidagi oltinlarim qani? – deb so‘ra gan da,
do‘sti inkor qilib: 
– Xaltachaga nima solib qo‘ygan bo‘lsang, 
shunday turibdi, qarab ko‘r, bosgan muhring ham 
buzilmagan, tag‘in nima da’vo qilasan? – dedi. 
Omonat egasi xaltachani olib, shahar qozisining 
huzuriga bordi va voqeani bayon qildi. Qozi juda 
aqlli va tadbirli odam edi. U darhol xiyonatchi 
do‘stini chaqirib olib, omonat egasining shikoyatini 
aytdi. Xiyonatchi do‘st inkor etishda davom qildi.
– Omonatni qabul qilganingga necha yil bo‘ldi? – 
deb so‘radi qozi. U o‘n yil bo‘lganini aytdi.
Qozi hamma tangalarning bosilgan yillariga ko‘z 
tashladi. Tangalarning bosilganiga ikki-uch yildan ortiq 
bo‘lmagan edi. Qozi xiyonatchi do‘stga tangalarning 
bosilgan yillarini ko‘rsatgan edi, u sharmanda bo‘lib, 
qilgan aybiga iqror bo‘ldi. Tadbirli, farosatli qozi 
oltinlarni xiyonatchidan olib, egasiga topshirdi.
Qozining buyrug‘i bilan xiyonatchini eshakka teskari 
mindirdilar. «Omonatga xiyonat qilgan kishilarning 
jazosi shunday bo‘ladi!» – deb qichqirib, shahar 
ko‘chalari va bozorlarni aylantirdilar.
1. Qozi omonatga xiyonat qilinganini qanday aniqladi?
2. «Menga 
xiyonat 
qilinsa...» 
mavzusida 
og‘zaki 
hikoya tuzing.
2–O‘qish kitobi, 4-sinf


34

Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə