Biyiklik keldi himmatdin nishona – Ki, himmatsizni past etti zamona. Ulug‘lik himmat nishonasidir. Himmatsiz kimsalarning qadr-qiymatini zamona pastlashtirdi. 2 Dedi



Yüklə 56,52 Kb.
səhifə1/3
tarix23.12.2023
ölçüsü56,52 Kb.
#155041
  1   2   3
2 40 bayt Farhod va Shirin dan


1
Biyiklik
keldi himmatdin nishona –
Ki, himmatsizni past etti zamona.

Ulug‘lik himmat nishonasidir. Himmatsiz kimsalarning qadr-qiymatini zamona pastlashtirdi.


2
Dedi:
har ishki qilmish odamizod,
Tafakkur birla bilmish odamizod.
Dedi: odamizod nima ish qilgan bo‘lsa, barchasini tafakkur yordamida amalga oshirgandir.

3
Yozilg‘on nuktani tag‘yir qilmoq,


Erur suv uzra xat tahrir qilmoq.
Qazo kilki – taqdir qalami nimani yozgan bo‘lsa, uni o‘zgartirish imkoni yo‘q. Qismatga bitilganni o‘zgartirishga urinish, suv yuziga xat yozishday behuda bir ishdir.

4
Kishining


yer yuziga hukmi yetsun,
Qazoyi osmoni yetsa netsun.

Inson butun dunyoga hukmronlik qilsa ham, qismatiga bitilgan o‘lim yetib kelsa, unga qarshi hech narsa qilolmaydi.

5
Xirad
gar bo‘ldi ersa chorapayvand,
Natija choradin topqay xiradmand.
Aql agar yo‘lboshchi bo‘lsa, aqlli odam har qanday ishda albatta yaxshi natijani qo‘lga kiritadi.
6
Ko‘ngul
dardig‘a darmondur nasihat,
Qiloli ulcha imkondur nasihat.

Pand-nasihat ko‘ngil dardiga darmondir. Keling, imkon yetguni qadar nasihat qilaylik.


7
Manga
ne yor-u ne oshiq havasdur,
Agar men odam o‘lsam, ushbu basdur.

Men yorni ham, oshiqni ham havas qilmayman. Men agar odam bo‘lsam, o‘shaning o‘zi basdir.


8
Xatodin
xoli ermas odamizod,
Erur Haq ishda sahv etmoqdin ozod.

Odamzod xato va kamchilikdan xoli emas. Faqat Haq biror-bir ishda xato qilishdan ozoddir, ya’ni beayb bir Parvardigor.


9
Birovg‘akim,
birovdin yetti ofot,
Hamonokim qatig‘roqdur mukofot.

Birovdan boshqa bir kimsaga biror ziyon yetsa, jazosi bergan ziyonidan qattiqroq bo‘ladi.

10
Quyoshliq
istasang, kasbi kamol et,
Kamol ar kasb etarsen, bemalol et.
Quyoshday ziyo taratishni istasang, komillik sir-asrorini o‘zlashtir, kamolotga erish. Agar kamolotga yetsang, quyoshdek boshqalar hayotiga nur bag’ishlashda malollanma, barchaga birday naf yetkaz .
11
Erursen
shoh – agar ogohsen sen,
Agar ogohsen sen – shohsen sen.

Sen shohsan – agar har bir nafasingdan ogohsan, agar nafsingdan ogohsan – sen shoh sen.


12

Yüklə 56,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə