Toshkent «yangiyo‘l poligraf servis»



Yüklə 3,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/68
tarix07.03.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#102055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   68
www.idum.uz oqish 4 uzb 2017

ENG ULUG‘ FAZILAT
Qadim zamonda bir mo‘tabar odamning uch o‘g‘li
bor edi. Bir kuni ularni huzuriga chaqirib, shunday debdi:


27
– O‘g‘illarim, sizlarni sinamoqchiman, bir oy sayohat 
qiling. Shu bir oylik umringizni xalqqa foydali, yaxshi 
ishlarga sarf eting. Qaysi biringizning qilgan yaxshili-
gingiz eng ulug‘ fazilat kasb etsa, barmog‘imdagi mana 
shu juda qimmatbaho uzukni unga beraman.
O‘g‘illari har tarafga tarqalib, sayohatga chiqib ketib
-
dilar. Bir oy sayohat qilib yurib, yana otalarining hu
-
zuriga qaytib kelibdilar. 
Ota katta o‘g‘lidan so‘rabdi: 
– O‘g‘lim, shu bir oy ichida qanday eng ulug‘ fa
-
zilatli ish qilding?
– Otajon, bir kuni tanho o‘zim bir bog‘ ko‘chasidan 
o‘tib ketayotsam, bir yerda juda ham qimmat
-
li olmos tushib yotgan ekan. Uni olib darhol tegishli 
ma’murlarga topshirdim. Ma’murlar boshlig‘i menga ta-
shakkur aytdi. Qo‘limga mana shu taqdirnomani yozib 
berdi. Olmosning egasini toptirib, unga topshirdi. Shu 
qilgan ishim to‘g‘riligimga bir dalil. Shu harakatim eng 
ulug‘ fazilat emasmi?
– Juda to‘g‘ri ish qilgansan, o‘g‘lim! Vijdonan vazi
-
fangni ado etgansan. Lekin u olmos sening xususiy 
mulking emas-ku!
Keyin o‘rtancha o‘g‘li so‘zga kirishdi: 
– Men bir kuni katta bir ariq yoqasidan ketib bo
-
rardim. Shu choqda bir yosh bola suvga tushib ketdi. 
Halok bo‘lish xavfi ostida ekanini ko‘rib qoldim. Dar
-
hol o‘zimni suvga tashladim. Ko‘p mashaqqat chekib, 
bolani suvdan olib chiqdim. Uni halokatdan qutqazib, 
ota-onasiga eson-omon topshirdim. Ota-onasi mendan 
ko‘p minnatdor bo‘lib, haqimga duo qildilar. Hayotim 
qo‘rqinch ostida qolsa ham yosh bolani halokatdan 


28
qutqazish uchun qilgan shu harakatim bilan mukofotin
-
gizga loyiq bo‘lsam kerak, deb o‘ylayman.
Otasi o‘rtancha o‘g‘lining qo‘lini ushlab, shunday dedi: 
– Ofarin, o‘g‘lim. Seni tabriklayman, faqat shu 
go‘zal ishing tufayli qalbing zavq-shavq bilan to‘lganini 
his etgansan. Shuning o‘zi mukofot emasmi?
Keyin kichik o‘g‘li otasiga ta’zim qilib aytdi:
– Otajon, menga doimo dushmanlik nazari bilan boqib
zarar yetkazib yurgan bir odam bor. Men unga hech bir 
yomonlik qilmagan bo‘lsam ham, u payimda yuradi. Hat
-
to meni yo‘q qilish uchun fursat kutadi. Kecha u dush
-
manimning bir jar yoqasida uxlab yotganini ko‘rdim. Agar 
uyqusirab, bir yondan ikkinchi yonga ag‘darilsa yoki qat
-
tiqroq tovush chiqarib uyg‘otilsa, turishga harakat qilib, jar
-
ga qulab tushishi mumkin edi. Men tovush chiqarmasdan
sekingina yurib uning yoniga bordim. Juda ehtiyotkorlik bi
-
lan uni ushlab, asta-sekin o‘z tomonimga torta boshladim. 
Ancha beriga kelib xavf-xatardan qutulgandan keyin ruhim 
ko‘tarildi, shodlanib yo‘limda davom etdim.
Otasi o‘g‘lining bu yaxshi ishidan, oliyjanobligidan 
shod lanib ko‘ziga yosh oldi. Uni quchoqlab, yuz-ko‘zi-
dan o‘pib dedi:
– Bor bo‘l, o‘g‘lim! Yasha, umring uzoq bo‘lsin! Mu
-
kofotimni olishga sen haqlisan, chunki dunyoda eng ulug‘ 
fazilat – yomonlikka yaxshilik qilishdir, – deb qimmatli 
uzugini o‘g‘lining barmog‘iga taqdi, uning haqiga duo qildi.
1. Ertak mazmuni yuzasidan reja tuzing va qisqartirib 
hikoya qiling. 
2. Nima uchun kenja o‘g‘ilning ishi otasiga ma’qul kel
-
ganini o‘ylab ko‘ring.
3. «Menga shunday topshiriq berilsa...» degan mavzuda 
kichik matn yarating.


29

Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə