Toshkent «yangiyo‘l poligraf servis»



Yüklə 3,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/68
tarix07.03.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#102055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
www.idum.uz oqish 4 uzb 2017

ISTIQLOL BOLALARI
Dilshod Rajab
Istiqloldan bahra olgan,
Yurt mehrini dilga solgan,
Shodlik kuyin baland chalgan,
Biz bolalar, biz bolalar –
Quvnoq o‘g‘il-qiz bolalar.
Vatan – ozod, Vatan obod,
Kelajakka boramiz shod,
Shodon avlod – sog‘lom avlod,
Biz bolalar, biz bolalar –
Quvnoq o‘g‘il-qiz bolalar.
A’lo o‘qish – chin ontimiz,
O‘zbek elin quvonchimiz,
Buyuk Vatan ishonchimiz,
Biz bolalar, biz bolalar –
Quvnoq o‘g‘il-qiz bolalar.
1. Shoirning bolalar nomidan jo‘shib kuylashining sababi 
nimada deb o‘ylaysiz?
2. She’rning «Istiqlol bolalari» deb nomlanishini o‘z 
so‘zlaringiz bilan tushuntiring.


8
O‘ZBEKISTON – VATANIM MANIM
SERQUYOSH O‘LKA
Zafar Diyor
Do‘stlar, mening yurtimni
O‘zbekiston deydilar,
Dong‘i tutgan dunyoni
Bog‘-u bo‘ston deydilar.
Osmoni keng, beg‘ubor,
Shifobaxshdir havosi,
Dimog‘larni chog‘ etar
Uning shodon navosi...
Bog‘larida mevalar
Sharbat bo‘lib pishadi,
Uzum, olma, behilar
Yo‘lingizga tushadi...
Shunga ko‘ra deydilar:
Serquyosh O‘zbekiston,
Baxtiyor bu zamonda
Yashnagan bog‘-u bo‘ston.
1. She’rni ifodali o‘qing va yod oling.
2. She’rdagi «serquyosh o‘lka» iborasini qanday so‘zlar 
bilan almashtirish mumkinligini aniqlang.


9
XARITA
Normurod Norqobil
I
Matematikani demasa, Rasul boshqa fanlardan xiyla 
nochor o‘qirdi. Ayniqsa, rasm darsini jini suymasdi. 
Qizlar kashta tikkanday, allaqanday gullar-u jismlarning 
shaklini erinmay chizib o‘tirishga sira toqati yo‘q edi. 
Shuning uchun ham sinf rahbari uni eng a’lochi o‘quv-
chilardan Samadga biriktirib qo‘ygandi. 
Ammo u akasi uyda kezlardagina Samadning izmi
-
ga bo‘ysunar, ya’ni tinchgina darsini qilar, qolgan payt 
Samadni kurashga tortib, torgina darsxonaning changi
-
ni chiqarardi. Shu bois, Samad har gal istar-istamas 
ostona hatlardi. Ammo bu safar u hovliqib kirib keldi. 
Qo‘lidagi papkasini bir chetga uloqtirib, qo‘ynidan to‘rt 
buklangan qog‘oz chiqardi.
– Qara, nimani chizdim, – dedi hayajonlanib. – 
Qishlog‘imiz xaritasini... Manavi yerga chegarachilarni 
qo‘ydim. Qalay, zo‘rmi? 
– Shuning nimasiga hovliqasan, buncha? – dedi 
Rasul hayron bo‘lib. – Oddiy rasm-da.
– Hali bizda hech kim qishlog‘imiz xaritasini chiz
-
magan, – dedi Samad qizishib. – Buni birinchi bo‘lib 
men chizdim. Sen yaxshilab qaragin, juda qiziq bu. 
Manavinisi o‘zimiz yozda cho‘miladigan ko‘l, buni
-
si podayotoq... Katta ko‘cha sal qiyshiq chiqibdi. Bu
-
nisi maktab, shifoxona... Lekin o‘zimizning hovlini juda 
o‘xshatib chizdim. 


10
Rasulga egri-bugri chiziqlar bo‘ylab borayotgan 
chegarachilar, ulardan ham ko‘ra iti ko‘proq ma’qul 
bo‘ldi.
Rasul ostonaga yaqin joyda xumday boshini oyoq-
lari ustiga qo‘yib yotgan itiga g‘amgin tikildi. Itining 
holi yo‘qligiga juda achindi. Lekin sir boy bermaslik
-
ka urinib, chegarachilarga imo qildi:
– Unda manavilar kim?
– Oldindagisi men, keyindagisi sen. Qishlog‘imizni 
qo‘riqlayapmiz. Qiziq bo‘lsin deb chizdim-da.
– Qishloqni nimadan qo‘riqlaymiz? – Rasul hay
-
ron bo‘ldi.
– Nimadan bo‘lardi... – Samad javob topolmay, 
bir muddat chaynalib qoldi. – Nimadan bo‘lardi, 
bo‘rilardan-da. O‘tgan qish qo‘ylarimizni qiyratib ke
-
tishgani esingdan chiqdimi?
– Unda buni chegarachi emas, qorovul deydilar.
– Nima farqi bor, – Samad tumshayib, rasmga 
qo‘l cho‘zarkan, birdan yuzi yorishib ketdi. – Ayt-
gancha, muallimimizning gapi esingdami? U kishi 
qish log‘imizning o‘zi bir vatan, kichik vatan, degandi
-
lar. Vatanni qorovul emas, chegarachi qo‘riqlaydi.
Bu gap dastlab o‘zining xayoliga kelmaganidan 
Rasul ichida o‘zidan qattiq ranjidi. Shunda u birdan 
ikkinchi chegarachiga nisbatan birinchisi xiyla durust 
chizilganini payqab qoldi.
– Ikkinchisi emas, birinchisi men, – dedi u.
– Yo‘q, birinchisi men.


11
– Meni bukriga o‘xshatib qo‘yibsan-ku!
– Hecham-da, – Samad qog‘ozni buklab qo‘yniga 
soldi. – O‘zing chizolmaysan, chizganni ko‘rolmaysan. 
Bu gap Rasulga ayilday botdi.
– Chizolmaymanmi?
– Chizolmaysan! – dedi Samad tap tortmay. 
– Bu senga shunchaki rasm emas, xarita. Xarita 
chizish uchun kalla kerak. Hammaning ham qo‘lidan 
kelavermaydi bu.
– Chizolmaymanmi?
– Yo‘q chizolmaysan!
Ularning tortishuvi Samadning arazlab ketishi bilan 
yakunlandi.
1. Samadning qishlog‘i xaritasini chizishining sababi 
nimada deb o‘ylaysiz?
2. Bolalarning tortishib qolishi sababini izohlang.
II
Samadning gapi turib-turib Rasulga juda alam 
qildi. «Sen chizgan narsani men chizolmaymanmi? 
– dedi ichida, – hali shunday bir zo‘r xarita chizayki,
hayratdan og‘zing ochilib qolsin». U qishlog‘i va 
uning atrofidagi dala-dashtlarni xayolan ko‘z o‘ngida 
gavdalantirib, stolga o‘tirdi. Ammo chizgani o‘ziga 
yoqmadi, ikkinchi, uchinchisi ham ma’qul kelmadi. 
Samadning rasmida chegara nuqtali chiziqlar bilan 
chizilgan bo‘lib, ayni shu nuqtalar suratni juda bezab 
turardi. Boz ustiga, shuncha harakat qilsa-da, nuqtalar 


12
bir xil chiqmas – biri katta, biri kichik, Samadniki esa 
xuddi qolipdan chiqqan g‘ishtdek bir tekis edi...
Bu sirning tagiga yetolmay, Rasulning juda boshi 
qotdi. Bir xayoli, chizmani yig‘ishtirib otmoqchi ham 
bo‘ldi-yu, Samadning gapini eslab, tag‘in fikridan 
qayt di. U yerga mukka tushib, qog‘oz yuziga dastlabki 
chiziqni tortdi. Tortdi-yu, quvonchidan qichqirib yubordi. 
Chiziq qog‘oz yuziga nuqta-nuqta bo‘lib tushgandi.
– Buni qara, buni qara! – dedi u o‘rnidan sakrab 
turarkan, qog‘ozni akasiga ko‘rsatib. 
Akasi kitobdan boshini ko‘tarib, qog‘oz yuziga 
loqayd tikildi.
– Nima edi? – dedi so‘ng quvonchi sababini 
tushunmay.
– Qaragin, nuqta-nuqta... 
– Nima bo‘pti, gilamga qo‘yib chizganingdan keyin 
nuqta-nuqta bo‘ladi-da.
O‘zi uchun zo‘r kashfiyot bo‘lib tuyulgan ishning 
akasi tomonidan tez va osongina ilg‘anishi Rasulni 
ham hayratga soldi, ham uyaltirdi. 
Dastlab ish juda yengil ko‘chdi. Rasul cho‘l 
va daryolar tasvirini osongina tushirdi-yu, lekin 
shaharlarga kelganda biroz o‘ylanib qoldi. Negadir 
xaritadagi tasvirni aynan ko‘chirgisi kelmadi. Ko‘hna 
yodgorliklarning jimitdek tasviri uni qanoatlantirmadi. 
Akasining kitobini titkilab, undan Shohi Zindani 
topdi-da, iloji boricha o‘xshatishga harakat qildi. 
Keyin yoniga «Samarqand» so‘zini bitdi. Buxoroda 
ikkita 
osmono‘par 
minora 
bilan 
qanoatlandi.


13
«Xiva» degan joyga Shohi Zindaga o‘xshash 
yodgorliklarning 
rasmini 
ishladi. 
Keyin 
umrida 
ko‘rmagan Toshkentni o‘zicha tasavvur qilib, ko‘p 
qavatli binoning rasmini chizdi-da, yoni ga avtobusni 
tir kab qo‘ydi. So‘ng xaritada faqat nomi bitilgan 
boshqa sha harlarga ham shunga o‘x shash suratlar 
ish lab chiqdi. Qog‘oz yu zi to‘lgan sayin, battar 
zavqi oshib cho‘l de gan joy ga qo‘yning suratini ish 
-
-ladi. Jonivor qo‘ydan ko‘ ra ko‘proq itga o‘xshab 
qolganiga ham e’tibor ber madi. Lekin paxta suratini 
juda chiroyli tushirdi. «Tog‘li zona» degan bo‘limga 
tog‘ning suratini chizib, oppoq bulutlar ustiga nur 
sochib turgan oftobni qo‘ndirdi...
Qilayotgan ishi uni o‘ziga qattiq mahliyo qilib 
qo‘ygan edi. Xaritani ko‘rgan akasi hayratlandi.
– Nomini nima deb qo‘yamiz, nomini? – dedi Rasul 
maqtovga zig‘ircha e’tibor bermay.
Akasi o‘ylab o‘yiga yetguncha nomni o‘zi topdi 
va qo‘lidagi qalami bilan xarita tagiga «O‘zbekiston» 
so‘zini bitdi.
Papkasini unutib qoldirgan Samad qaytib kirganida 
Rasul xaritaga mahliyo bo‘lib termulib turardi.
1. Rasulning xaritada Samarqand, Buxoro, Xiva sha
-
harlarini ko‘hna yodgorliklar misolida tasvirlashining 
sababini ayting.
2. Daftaringizga O‘zbekistonga chegaradosh davlatlarning 
nomlarini va ularning poytaxtlarini yozing.


14

Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə