Toshkent «yangiyo‘l poligraf servis»


MA’NAVIYAT — QALB QUYOSHI



Yüklə 3,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/68
tarix07.03.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#102055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
www.idum.uz oqish 4 uzb 2017

MA’NAVIYAT — QALB QUYOSHI
SALOMLASHISH ODOBI
Husayn Voiz Koshifiy
Salom – salomatlik ma’nosini ifodalaydi. Agar 
sendan necha mavridda salomlashish kerak, deb 
so‘rasalar, yetti holatda, deb javob bergin. Avvalo: 
yor-u do‘stlarni, aka-ukalarni ko‘rganda salomla shish 
kerak. Ikkinchi: jamoat joylariga borganingda salom beri-
shing lozim. Uchinchi: biror xonadonga borsang, u yer-
ga salom berib kirgin. To‘rtinchi: bir yerda jam bo‘lib 
o‘tirgan kishilar davrasiga kirsang, salomlashgin. Beshin
-
chi: kishilar huzuridan turayotganingda ham salomla-
shishni unutma, uni vidolashish (xayr-u xo‘sh) salomi 
deyiladi. Oltinchi: maqbaraga, qabristonga borsang, sa
-
lom ber. Yettinchi: o‘z xonadoningga kirganingda ham 
oila a’zolaringga salom berishni kanda qilma.
Hammomda salom berilmaydi. Qazoyi hojatdagi 
kishilarga, baland ovoz bilan qiroat qilayotgan odam
-
larga salom bermaydilar. Otliq piyodaga, turgan odam 
o‘tirganlarga salom berishi lozim. Kichiklar kattalarga, 
yolg‘iz odam jamoat bo‘lib turganlarga salom beradi. Sa
-
lom berayotgan kishi ochiq chehrali bo‘lishi darkor. Imo-
ishora bilan emas, ovoz chiqarib salomlashish kerak.
1. Matndan salomlashish lozim bo‘lgan va 
lozim bo‘lmagan holatlarni aniqlang.


25
ODAMDAN NIMA QOLADI?
Yusuf Xos Hojib
Qo‘ling el aro uzun bo‘lsa, sen o‘z fe’l-atvoring
-
ni ezgu tut. Yigitlik mangu emas, u juda tez kechadi. 
Tiriklik chirog‘i ham ko‘z ochib-yumguncha o‘chadi. Ha-
yot tushdek bir gap. U yashindek tez kechadi. Tirik
-
likda jami ezguliklarni yig‘moq kerak. Ular keyincha
-
lik yegulik va kiygulik bo‘ladi. Kishilarning ezgusi bu 
haqda shunday deydi:
– Olamda tug‘ilgan odam
-
zodning biri ozroq, boshqa biri 
ko‘proq yashaydi, so‘ng baribir 
vafot etadi. Lekin podshoning 
ham, oddiy odamning ham va
-
fotidan keyin qoladigan narsasi 
– nomi.
Ana endi o‘zing aytgin-chi
sening tabiatingga ezgulik mosmi 
yoxud yomonlik?
Tilaging qanaqa bo‘lsa, shundan kelib chiqib o‘zing 
birini tanlab ol. Keyin o‘kinib yurma.
Shunga o‘xshatibdi sinagan odam,
Sinagan odamga ayondir olam.
Yaxshi nom oladi, ko‘r, ezgu kishi,
Yomonlar nasibi – el-yurt qarg‘ishi.
Tajribalarda juda ko‘p marta tasdiqlangan shunday 
hikmat bor: yomonlarning omadi hech qachon kelmaydi, 
ularning ishi har vaqt orqaga ketadi:
Yomonlik go‘yo o‘t, yondirar, yoqar,
O‘tishga kechig yo‘q: u soy tez oqar.


26
Agar 
o‘tmishdagi 
ajdodlarga 
nazar 
solguday 
bo‘lsang, bir holatni kuzatasan: oddiy odam ham
katta martabadagi kishilar ham bilimli va dono 
bo‘lsa, ular el-yurt taqdirini o‘ylashgan. Bugun ham 
ezgu deb atalgan har qanday odam ezgularga bosh 
bo‘ladi. Boshliq bilimli va dono bo‘lsa, atrofiga o‘ziga 
o‘xshaganlarni yig‘adi. Bu xil boshliq elini boyitadi. Bi-
limli va dono boshliq saxiy degan nom oladi. Saxiy 
o‘lsa ham, nomi tirik qolaveradi. 
Jahonda bilimdan ulug‘, bilimdan aziz nima bor? 
Bilimsiz desalar, bu inson uchun haqoratdir.
Ammo donoga quyidan, poygakdan o‘rin tegsa, 
o‘sha poygak to‘rdan ham baland sanaladi. Donoga 
ko‘rsatiladigan bunday izzat-ikrom, hurmatning sababi, 
hech shubhasiz, bilimdir.
Bilimsiz kishi yilqi – hayvon bilan teng. Bilimsizni 
aql-idrok egalari ko‘zi ko‘r odamga qiyoslashadi. Ey 
o‘g‘lon, bilimdan ulush olgin!
Kishi so‘zni tili bilan so‘zlaydi. So‘zlari yaxshi 
bo‘lsa, uning yuzi suv oladi, ya’ni obro‘ qozonadi, 
e’tibor topadi.
1. Matndan ezgulik va yovuzlik ta’riflangan o‘rinlarni dafta-
ringizga ko‘chiring.
2. Bilimlining ulug‘ligi-yu bilimsizning ko‘zi ko‘r kishiga 
o‘xshatilishini izohlang.

Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə