Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi



Yüklə 7,45 Mb.
səhifə7/74
tarix12.05.2023
ölçüsü7,45 Mb.
#109938
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   74
ТЖЛ majmua LP

MA`RUZA № 4 (2 soat)
MAVZU: TIKUV BUYUMLARINI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIK
GRAFINI TUZISH
Reja:
1. Tikuv buyumlarini ishlab chiqarish texnologik tartibi asosida detallarni o`zaro bog`lanish matritsasini tuzish
2. Tikuv korxonalarda oqimli ishlab chiqarishni tashkil qilish.
3.Tikuv buyumlarini ishlab chiqarish texnologik jarayon grafi.
Tikuv buyumlarini tayyorlash texnologiyasi
va texnologik jarayonlar
Har qanday masalaning asosida, ko`rilayotgan ob`ektni xar tomonlama o‘rganish yotadi. O‘rganilayotgan ob`ekt, o‘nga yaqin bo‘lgan tizim belgilari, ya`ni qo‘yilgan maqsadning vazifalari, tarkibiy tavsiflar va tashqi muxit bilan bog‘liq belgilar bilan yaqin bo‘lgan ma`lum bir tizimdir.
“Texnologik jarayon” tushunchasi amaliyotda qo‘llanilayotgan “texnologiya”, “ishlab chiqarish texnologiyasi” tushunchasi bilan birdek deb tushunib kelinadi. Ushbu tushunchalarning turdoshligi ularni bir-biri bilan almashinib kelishiga olib keladi, bu esa ular ustida izlanishlar olib borishda ma`lum bir kiyinchiliklarga olib keladi. Shuning uchun «texnologiya» va «texnologik jaryonlar» ni bir xil tushuncha emasligini tasdiqlab o‘tish zarur. «Texnologiya» ilmiy jixatdan, fan va texnika yutuqlari asosida texnologik jarayonlarning yangi, ratsional sxema ishlab chiqadi, ularning ketma-ketlik qonun-qoidalarini aniqlab beradi va konstruktorlarga kerakli uskunalar majmuasini ishlab chiqishga topshiriq bergan xolda mexnat quroliga ta`sir etish usullari sifatida o‘rganiladi.
Texnologiya va mexnat quroli, bular birgalikda, moddiy ishlab chiqarishning texnikaviy bazasini tashkil etadi. Bunda texnologiya etakchi qism bo‘lib, texnika esa texnologiyaning tashkil etuvchisi xisoblanadi va uni yordamida yuzaga keladi. «Texnologik jarayon» tikuvchilik va sanoatning boshqa tarmoqlarida turlicha talqin etiladi. Bu, xar bir ishda texnologik jarayonning ayrim jixatlariniginanazarga olinishini bildiradi. Ya`ni ba`zi bir ishlarda texnologik jarayonni ob`ektlarning qayta ishlanishi “sifat” o‘zgarishi bilan bog‘liq ishlab chiqarish jarayoning bir qismi deb qaralsa, boshqa ishlarda esa texnologik jarayonni texnologik operatsiyalar yig‘indisining iqtisodiy va texnologik jarayon (TJ) ning tarkibiy jixatlari debqaraladi.
O‘tkazilgan izlanishlar natijalarini umumlashtirib, texnologik jarayonni (TJ) ni maqsadlarga qaratilgan, ya`ni tayyor maxsulotlarni olish maqsadida mexnat predmetiga ta`sir etuvchi mexnat vositasi deb qarash mumkin.

Yüklə 7,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə