Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi


Gazlamalarni bichish jarayoni



Yüklə 7,45 Mb.
səhifə3/74
tarix12.05.2023
ölçüsü7,45 Mb.
#109938
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
ТЖЛ majmua LP

Gazlamalarni bichish jarayoni. Bichuv sexida vazifasi. Gazlamani to`shash usullari va uskunalari

Gazlamalarni bichish texnologiyasi va uskunalari


Detallarni komplektlash, nomerlash, marshrut varaqasini to`ldirish. Bichuv sexini yakuniy ishlari



77
79

83

84



87
92

AMALIY MASHG’ULOTLARI




1

Model tanlash va asoslash.

95

2

Material tanlash va asoslash.

96

3

Asbob-uskuna va tikish usullarini tanlash hamda asoslash.

96

4

Buyum tikish texnologik tartibini tuzish

97

5

Ishlab chiqarish oqim turini tanlash va hisoblash.

98

6

Ishlab chiqarish oqimini texnologik sxemasini tuzish.

99

7

Texnologik sxemasining tahlili.

102

8

Texnika iqtisodiy ko‘rsatkichlarini hisoblash

104

9

Ishlab chiqarish oqimida ish o’rinlarini joylashtirish. Sex planini tuzish.

107

10

Qo‘shimcha assortiment hisoblash

109

MUSTAQIL TA`LIM MASHG’ULOTLARI

110

GLOSSARIY

122

ILOVA

125


KIRISH
Mustaqil Respublikamiz mexnatkashlarini o‘sib borayotgan moddiy ehtiyojini har tomonlama qondirish masalasini xal qilishda yengil sanoat va uning eng yirik tarmog‘i - tikuvchilik ishlab chiqarish zimmasiga muxim vazifa yuklatilgan. Tikuvchilik sanoatini vazifasi O‘zbekiston xalqini yuqori sifatli keng assortimentdagi zamonaviy kiyimlar bilan ta`minlash. Bu vazifani bajarish uchun modellarni avtomatik ravishda tayorlash, yangi kam operatsiyali texnologiyalarni joriy qilish, tikuv buyumlarning asosiy xillariga unifikatsiyalashgan texnologiyani joriy qilish, ishlab chiqarishda eng yangi jixozlar, avtomat va yarim avtomatlarni qo‘llash, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirishni davom ettirish, mehnatni ilmiy asosdan tashkil qilish yo‘lidan borish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyoti va erkin raqobat sharoitida yengil sanoat korxonalarining ishlash imkoniyatini oshirishning asosiy omillaridan biri bu ularning rivojlanishi uchun sifatli va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishdir. Bu shartlarni bajarish uchun mahsulot ishlab chiqarishni doimo takomillashtirish, yangi buyum loyihalash jarayonini tezlashtirish zarur.
Tikuvchilik sanoatida ishlab chiqarish korxonalarini va firmalarni tashkil qilishni kengaytirish tikuv korxonalarni ixtisoslashtirishni amalga oshirish, yangi texnika va texnologiyaga ega tayyorlov-bichish va pardozlash tsexlarini tashkil qilish, tikuv buyumlarini tayyorlash bo‘yicha yukori unumli kompleks mexanizatsiyalashgan oqimlarni sanoatga tadbiq etish, texnologik konstruktsiya bo‘yicha buyum ishlab chiqarishni tashkil etishni talab etadi. Texnologik jarayonlarni tashkil qilishning asosiy shakllari esa texnologik jarayonlarni yarimavtomat va avtomat mashinalarini keng qo‘llab kompleks mexanizatsiyalashtirish uchun sharoit yaratadigan ko‘p fasonli oqimlar hisoblanadi.
Insonlarning zamonaviy va sifatli kiyimga bo‘lgan ehtiyojining doimiy o‘sib borishi korxonalar tomonidan ularning assortimentini ko‘paytirish va yaxshilash, sifatini oshirishni talab etadi. Bu vazifani bajarish tikuv korxonalari samaradorligini oshirish va birinchi navbatda ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlarini qo‘llash asosida kiyim tayyorlash jarayonini modellashtirish va loyihalashni takomillashtirish bilan uzviy bog‘liq.
Bozor sharoitida modelning sifati va ishlab chiqarishga tayyorlash muddatlari alohida ahamiyatga ega. Shuning uchun hozirda tikuvchilik sanoatining asosiy vazifalaridan biri moslanuvchan ishlab chiqarishni ta`minlaydigan texnologiyani ishlab chiqish va tadbiq etish, maxsulot raqobatbardoshligini oshirish, buyum assortimentini tezda almashtirish imkoniyati, ularni tannarxini pasaytirish hisoblanadi. Fan va texnikaning rivojlanishi texnologik jarayonlarni EXM ni qo‘llab loyihalashni takomillashtirish vazifalarini yechish bo‘yicha ushbu muammolarni xal qilish imkoniyatini beradi.
Ko‘p tikuv korxonalarida texnologik jarayonlarni loyixalashning avtomatlashtirilgan tizimlari (SAPR) qo‘llanilmoqda. Bunday tizimlardan foydalanish mehnat sharoitlarini yaxshilash, qo‘l mehnatini qisqartirish, bir qator ishlarni avtomatlashtirish, maxsulot sifatini yaxshilash, mexnat unumdorligini oshirish va ish kuchiga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishga imkoniyat aratadi. SAPR kiyimni konstruktsiyalash, kiyimni konstruktiv modellashtirish, andazalar komplektini qurish, buyumni gradatsiyalash, andazalarni joylashtirish, konstruktorlik xujjatini ishlab chiqish, shuningdek, texnologik ma`lumotlarni tayyorlash, ya`ni tikuv buyumlarni tayyorlash bo‘yicha texnologik operatsiyalar ma`lumotnomasini ishlab chiqish, elektron me`yoriy ma`lumotnomadan foydalanib sarf vaqti normasi va furnitura sarfi bo‘yicha hisoblarni avtomatik bajarish, kiyim ishlab chiqarish jarayonining tashkiliy-texnologik sxemasini avtomatik shakllantirish, alohida ishchilarni va korxonani ishlab chiqarish bo‘yicha amaldagi ma`lumotlarni hisobga olish, tikuv buyumini va oqimni to‘liq sikl davomida loyihalashni ma`lumotnoma va loyiha ma`lumotidan foydalanishning yagona yondashuvini ishlab chiqish, chiqish hujjatlarini avtomatik shakllantirish vazifasini bajaradi.
Tikuvchilik sanoatida ishlab chiqarishning turli jarayonlarida operatsiyalarni bajaruvchi va xizmat qiluvchi robotlar va manipulyatorlar qo‘llanilmoqda. Ular yordamida tayyorlov sexida ko‘tarish va tushirish operatsiyalari, bichish sexida gazlama to‘shamalaridan detallarni qirqib olish, tikuv sexida mehnat predmetlarini ish o‘rinlariga tashish, berish va olish operatsiyalarini, belgilangan chiziq bo‘yicha detallarni tikish va ularni taxlash operatsiyalari bajaradi. Bundan tashqari avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari ham qo‘llanilmoqda.

Yüklə 7,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə