Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi



Yüklə 7,45 Mb.
səhifə4/74
tarix12.05.2023
ölçüsü7,45 Mb.
#109938
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
ТЖЛ majmua LP

MA`RUZALAR MATNI
MA`RUZA № -1 (2 soat)
MAVZU: KIRISH. TIKUV BUYUMLARINI ISHLAB CHIQARISH STRUKTURASI
Reja:

  1. Tikuv buyumlarini ishlab chiqarish strukturasi.

  2. Asosiy va yordamchi ishlab chiqarish sexlari va ularning vazifalari

Tikuv buyumlarni ishlab chiqarish bir nechta bosqichlardan iborat bo‘lib tikuv korxonalarida amalga oshiriladi.


Korxona - bu o‘ziga qarashli ishlab chiqarish vositalaridan foydalangan holda ishlab chiqarish jarayonlarini bajaruvchi jamoadir. Bir necha korxonalar birlashmani tashkil etadi. Birlashmani tashkil etishdan maqsad, ishlab chiqarishni bir erga to‘plash, ixtisoslashtirishni chuqurlashtirish.
Keyingi paytlarda tikuv korxonalarini «firma» terminida qo‘llash ham uchrab turadi. Firma tushunchasi, bunda mahsulot iste`molchisi oldiga aniq bir qo‘shimcha majburiyatni qo‘yishni bildiradi. Umuman olganda korxona va firma bir xil vazifani bajaradi. Korxona mahsulotni ishlab chiqarishda xuquqiy, texnikaviy, iqtisodiy xamda tashkiliy ishlarni bajaradi.
Har qanday korxona faoliyatining asosini ishlab chiqarish jarayoni tashkil etadi. Bu esa o‘z navbatida, o‘zaro bog‘lanib umumlashgan mexnat jarayonlaridan iborat.
Tikuv sanoati korxonalaridagi ishlab chiqarish asosiy va yordamchi ishlab chiqarish jarayonlariga bo‘linadi
Asosiy ishlab chiqarish tsexlariga: tajriba, tayyorlov, bichish, tikish va pardozlash tsexlari kiradi.
Korxonaning asosiy ishlab chiqarish tsexlariga bug‘, issiq suv, elektr energiya, extiyoj qism, asbob-uskuna va moslamalar bilan ta`minlashni, mashinalarni uzluksiz ishlash uchun ta`mirlash ishlarini yordamchi ishlab chiqarish tsexlari amalga oshiradi.
Asosiy ishlab chiqarish tsexlari chiqindilaridan qo‘shimcha maxsulot ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi tsexlar ikkinchi darajali ishlab chiqarish tsexlari deb ataladi. Unga keng iste`mol tsexlari misol bo‘ladi.
Korxonaning asosiy ishlab chiqarish tsexlarini furnituralar, tayyor maxsulolarni o‘rab-joylash materiallari va boshqalar bilan ta`minlash vazifasini amalga oshiradigan qismi yordamchi xo‘jalik tsexlari deb yuritiladi.
Korxonada xomashyo, asosiy va yordamchi, xamda boshqa shunga o‘xshash materiallarni tashish va saqlash vazifalarini bajaradigan transport va ombor xo‘jaliklari xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik deb yuritiladi.
Tikuvchilik ishlab chiqarish jarayonining xar bir bosqichi ma`lum bir vazifani bajaradi.
Tajriba tsexining asosiy vazifasi ishlab chiqarish uchun zamonaviy va sifatli modellarni tayyorlab berish, ya`ni modellarni konstruktiv va texnologik tayyorlash: andazalar tayyorlash va joylashmalar bajarish, gazlama sarf normasini aniqlash, buyum tikish texnologik tartibini tuzish, model namunasini tikish, yangi modelga texnik xujjatlarini tuzish va ishlab chiqarishga tushirish.
Tikuv korxonasining tayyorlov tsexida gazlamalar sifati va miqdori bo‘yicha qabul qilinadi, ishni beto‘xtov borishini ta`minlash uchun ularning zaxirasi tashkil etiladi, gazlamalar bichishga tayyorlanadi, xujjatlar rasmiylashtiriladi.
Bichish tsexida buyum detallari bichiladi, ularni tikishga tayyorlanadi, komplektlanadi va bichiqlarni tikuv tsexiga uzatiladi.
Tikuv tsexlarida detallarga ishlov beriladi, buyum bulaklari tayyorlanadi va tayyor maxsulotlar yig‘iladi.
Tayyor maxsulotning sifatiga ta`sir etuvchi pardozlash ishlari tikuv ishlab chiqarishining oxirgi bosqichi xisoblanadi. Bu ishlarni pardozlash tsexida yoki tikuv tsexining pardozlash bo‘limida amalga oshiriladi.
Tikuv korxonasining asosiy tarkibiy bo‘limi bu tsexdir. TSex-bu ishlab chiqarish jarayonining ma`lum bir vazifasini bajarish uchun korxonaga ajratilgan joyning bir qismidir.
Mexnat quroliga texnologik ta`sir etib jarayonning ma`lum bir vazifasini bajarish uchun tsexlarda ishlab chiqarish oqimlari tashkil etiladi. Ishlab chiqarish oqimlari esa sektsiyalarga ajratiladi.

1 расм Тикув корхона структураси



1- rasm. Tikuv korxona strukturasi


Sektsiya-texnologik jarayonning qaysidir qismini bajarish uchun mo‘ljallangan uzluksiz ishlab chiqarish oqimining bo‘lagidir. (Masalan, detallarni tayyorlash sektsiyasi, yig‘uv sektsiyasi va x.k.). Ishlab chiqarish oqimi va sektsiyalar ish o‘rinlaridan iborat.


Ish o‘rinlari - ma`lum bir ishni bajarishga mo‘ljallangan ishlab chiqarish satxining bir qismidir.
Operatsiya - jarayonning ma`lum bir ishini texnologik jixatdan bajarishga mo‘ljallangan yaxlit bir elementidir.
Ish o‘rni va operatsiya birgalikda ishlab chiqarish jarayonining elementini tashkil etadi.



Yüklə 7,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə