Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi


Tikuv korxonalarda oqimli ishlab chiqarishni tashkil qilish



Yüklə 7,45 Mb.
səhifə8/74
tarix12.05.2023
ölçüsü7,45 Mb.
#109938
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74
ТЖЛ majmua LP

Tikuv korxonalarda oqimli ishlab chiqarishni tashkil qilish
Oqimli ishlab chiqarishga tizimli yondashish
Texnologik jarayonlarni, EXMni qo‘llab avtomatik ravishda loyixalash usullarining rivojlanishi zamonaviy matematik usullardan foydalanib ularning qonun-qoidalarini yanada chuqurroq o‘rganishini talab etadi. Shu sababli texnologik jarayonlarni, yangi murakkab tizimlar deb tasavvur qilina boshlandi. Tizimlarga yondashgan xolda obektlarni turli funktsional munosabatlar bilan bog‘liq va yaxlit bir shakllanish deb qaraladi. Shunday bo‘lsada, bunday obektlar tashqi muxit bilan bog‘liq va nisbatan murakkab tizimning bo‘lagi xisoblanadi. Izlanish olib borilayotgan obektlarning xususiyat va vazifalari murakkab tizimlar doirasida funktsional sharoitlariga bog‘liq va ularni tashkil etuvchi elementlar xususiyatlarining yig‘indisi deb xisoblanmaydi. Ular bazi bir elementlardagi kabi yangi xususiyat va vazifalarga ega bolmasligi mumkin. Shunday qilib, texnologik jarayon tizim kabi F-funktsiya, tuzilishi, tavsiflar yig‘indisi, tashki muxit bilan bog‘liq.
Xar qanday texnologik jarayonning funktsiyasi –F, obektning dastlabki So xolatidan, yakuniy Sya xolatiga o‘zgarishi bilan aniqlanadi:
F : So Sya
Mexnat predmetlarini tayyor maxsulotga o‘tkazishni kuyidagicha ifodalash mumkin:
F(S0)=S01 S12 S23,. . . . .,  Sya-1ya Sya
bu erda:
S0, Sya – mexnat predmetlarini dastlabki va yakuniy xolati;
S1, S2,….Sya – mexnat predmetlarini oraliqdagi xolati;
1, 2, ….yamexnat predmetlarini va jonli mexnatni o‘zaro ta`siri.
Ishlab chiqarishjarayonining tizim funktsiyasini tikuv buyumni ishlab chiqarish jarayonining modeli ko‘rinishida berish mumkin (7-rasm).

7-rasm. Tikuv buyumni tayyorlash texnologik jarayonini modeli
Bir necha parametrlar bilan ifodalanadigan ishlab chiqarish oqimi tizimi son va sifat ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi.
Zk=Z1,Z2,….,Zn
Z1,Z2,….,Zn– oqimni ifodalovchi parametrlar
Asosiy parmetrlar Z–texnologik operatsiyalarni bajarish uchun asbob-uskunalar va moslamalar turi; texnologik operatsiyani bajarish vaqti; razryad; ishlov berish tartibi va x.k. lardir. Bunda ishlab chiqarish jarayonini tasnifi nafaqat texnologik operatsiyalarni tasnifiga, balki operatsiyalararo o‘zaro ta`siriga bog‘liq.
Tikuv maxsulotlarini texnologik jarayonlarining (TMTJ) tuzilishi, texnologik jarayon elementlarning bir - biriga munosabatini aniqlab beradi. Texnologik jarayonni elementlari xar xil bo‘limlardan iborat bo‘lishi mumkin. Texnologik jarayonning bo‘linish usullari kuyilgan masalani echilishiga bog‘liq.
Tikuv maxsulotlari tayyorlashning texnologik jarayon tuzilishi ishlov berish usullari sxemalari ko‘rinishida, buyumga ishlov berish texnologik tartibi ko‘rinishida va texnologik jarayon grafi ko‘rinishida beriladi.
Texnologik ishlov berish sxemasi va buyumga ishlov berish texnologik tartibi maxsulotlarga ishlov berish bo‘yicha operatsiyalar bajarilishining ketma – ketligi to‘g‘risida fakatgina umumiy jixatlarni ko‘rsatib bersada, TBTJ tarkibidagi barcha elementlar orasidagi o‘zaro bog‘lanishni ko‘rsatib bera olmaydi.
Texnologik jarayon graf ko‘rinishida keltirilishi, TBTJ elementlari orasidagi bog‘lanishga, texnologik operatsiyalarni operativ tarzda tashkiliy operatsiyalarga komplektlashga imkon beradi va x.k.
Tikuv maxsulotlar tayyorlashda texnologik jarayoning tashqi muxit – N bilan bog‘liqligi texnologik jarayon bo‘limlari bilan korxonani boshqarish tizimlari bog‘liqligini aks etadi. Tikuv maxsulotini tayyorlashning texnologik jarayoni, xar qanday boshqa xil maxsulotni tayyorlashning texnologik jarayoni kabi ishlab chiqarishning tashkil etuvchi kismlaridan biri xisoblanadi.
Ishlab chiqarish jarayoni asosiy, yordamchi va ko‘shimcha ishlab chiqarishdan iborat.
Tikuvchilik sanoatida asosiy ishlab chiqarish jarayoni tayyor maxsulotgacha bo‘lgan bosqichlarni, ya`ni gazlama, yarim fabrikatlar va tayyor buyum jarayonini o‘z ichiga oladi. Texnologik jarayon, asosiy ishlab chiqarish jarayonini bir qismi bo‘lib, unda ishlov berilayotgan ob`ktning sifat ko‘rinishi o‘zgaradi. Masalan, detal yarim fabrikatga, yarimfabrikat buyumga.

Yüklə 7,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə