Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi


Tikuv buyumlarini ishlab chiqarish texnologik jarayon grafi



Yüklə 7,45 Mb.
səhifə9/74
tarix12.05.2023
ölçüsü7,45 Mb.
#109938
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   74
ТЖЛ majmua LP

Tikuv buyumlarini ishlab chiqarish texnologik jarayon grafi
Tikuv buyumlarini tayyorlash texnolgik jarayonlarini loyixalash tajribasida jarayon xaqidagi ma`lumot buyumlarni yig‘ish sxemasi, texnologik operatsiyalar ruyxati va jarayon grafi ko‘rinishida beriladi.
Birinchi 2 ta usul nafakat to‘liq tavsiflash uchun balki kelgusidagi ishlar xaqida xam etarli ma`lumot bera olmaydi. Buni e`tiborga olib, ishlab chiqarish jarayonini loyihalashda TBTJ tuzilishidan foydalanish, texnologik jarayon elementlarining o‘zaro bog‘lanishini tasavvur qilish maqsadida ularni tartib grafi deb xisobga olish kerak.
Buyumga ishlov berish jarayoni grafida (8- rasm) xar kanday texnologik operatsiya ma`lum operatsiya tartibida joylashgan. Operatsiyalar tartibi texnologik jarayoni operatsiyalarini navbatma – navbat bajarishni ta`minlaydi. TJ grafida tartib raqamini qayd qilinishi operatsiyani bajarish tartibini o‘zida ifodalab ko‘rsatadi va texnologik jarayon ma`lumotnomasida ushbu operatsiyani topish uchun xizmat qiladi. Tikuv buyumlariga ishlov berish va yigish bo‘yicha texnologik operatsiyalar ma`lumotnomasi tikuvchilik korxonalarida buyum turiga tuziladi. Ma`lumotnoma shakli aniq buyum modeli uchun qo‘llaniladigan operatsiyalarning texnologik ketma – ketligi shakliga o‘xshaydi.
Tikuv buyumlarini tayyorlash texnologik jarayonini yo‘naltirilgan «daraxt» ga o‘xshatish mumkin.
Tikuv buyumlarini tayyorlash texnologik jarayon grafini qurishda buyum birligini, ya`ni boshqa detallar bilan ko‘proq konstruktiv-texnologik bog‘lanishga ega bo‘lgan detalni shartli ajratishdan boshlash kerak. Buning uchun buyumda detallarni o‘zaro bog‘lanish matritsasi tuziladi (1-jadval), undagi detallarning tartib raqami ostida boshqa detallar bilan konstruktiv –texnologik bog‘lanishi «1» va bog‘lanish bo‘lmaganda «0» bilan belgilanadi.
1-jadval
Tikuv buyum detallarini o‘zaro konstruktiv – texnologik bog‘lanish matritsasi

Detal kodi.

01

02

03

04

05

06

07

Bog`lanish yig`indisi

01

-

1

0

1

0

1

1

4

02

1

-

1

0

0

0

1

3

03

0

1

-

1

0

0

0

3

V.x.

























g

8-rasm. Texnologik jarayon grafi strukturasi


Bog‘lanish bo‘yicha katta yig‘indiga ega bo‘lgan detal asosiy deb qabul qilinadi va jarayon graf qurishda u o‘rtaga joylashtiriladi.
Buyumga ishlov berish jarayonini grafini qurishda buyumga ishlov berish xususiyatlarini e`tiborga olish lozim Buyum detallariga parallel ishlov berish grafda parallel zanjir bilan belgilanadi Detallarni yoki buyum birligini yig‘ishda ularni yig‘ish boshlanishi bir darajada ko‘rsatiladi. Bu jarayon grafda ularni yig‘ish bo‘yicha zanjirdan iborat o‘ziga xos rombikni xosil qiladi.
Buyumga ishlov berishda rombiklar «yoki – yoki» xolatni tavsiflab beradi, ya`ni ishlov berishda u yoki boshqasi birinchi ishtiroq etadi. Natijada mexnat taksimoti sxemasi tuzilgandan keyin, ikkala zanjir ketma-ket bajariladi, chunki ikkala zanjirdagi operatsiyalar bitta detalga oid bo‘lganidan parallel amalga oshirish mumkin emas.
Tikuv buyumlariga ishlov berishning texnologik xususiyatlaridan biri shundaki, shartli nom olgan - «suzuvchi» operatsiyalardir. «Suzuvchi» operatsiya buyumga ishlov berishning aniq istalgan davr oralig‘ida bajarilishi mumkin (9-rasm). Masalan, ko‘ylakning choklarini yorib dazmollash, erkaklar kuylagi chuntagini dazmollash ularni tayyorlagandan keyin emas, balki buyumga ishlov berish so‘ngida bajarish mumkin. Jarayon grafida bunday operatsiyalar shartli ravishda oraliq vaqt ko‘rsatilgan xolda asosiy jarayon sifatida beriladi.

a b v g d
9-rasm Tikuv buyumlarini ishlab chiqarish texnologik jarayonida operatsiyalarni joylashtirish taribini o‘ziga xosligi
a-ketma-ket ishlov berish; b-parallel ishlov berish; v,g-«yoki-yoki»;
d-«suzuvchi» operatsiyalar.
Buyum bo‘laklarini yig‘ish sxemasi qurilgandan keyin uning elementlari buyumga ishlov berish ketma-ketligiga mos xolda operatsiyalar guruxi bilan to‘ldiriladi. Operatsiyalar bilan to‘ldirilgan buyum detallari va bo‘laklarini yig‘ish sxemasi TBTJ grafini ifodalaydi.
Nazorat va muxokama savollari.

  1. “Texnalogik jarayon” va “Ishlab chiqarish jarayon”larining tushinchasi.

  2. Tikuv korxonalirining oqim turlari va ularning tavsifi.

  3. Texnologik jarayon goafini tuzish.




Yüklə 7,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə