Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi


Nazorat va muxokama savollari



Yüklə 7,45 Mb.
səhifə6/74
tarix12.05.2023
ölçüsü7,45 Mb.
#109938
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
ТЖЛ majmua LP

Nazorat va muxokama savollari.

  1. Tikuv korxonalarining turlari.

  2. Tugallangan va tugallanmagan tsikli tikuv korxona turlari.

  3. “Texnalogik jarayon” va “Ishlab chiqarish jarayon”larining tushinchasi.



MA`RUZA № 3 (2 soat)
MAVZU: TIKUV BUYUMLARNI TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI VA TEXNOLOGIK JARAYONLAR
Reja:
1. Tikuv buyumlarni yakka, seriyali va ommaviy ishlab chiqarish turlari. Ularning afzallaga va kamchiligi
2. Texnologik jarayon tushunchasi.
Tikuv buyumlarni yakka, seriyali va ommaviy ishlab chiqarish
Tikuv korxonalari tayyorlanadigan maxsulot turlari, takrorlanuvchanlik darajasi va korxonani ixtisoslashtirilishiga ko‘ra yakka, seriyali va ommaviy ishlab chiqarish turlariga bo‘linadi.
Yakka ishlab chiqarish turida bir-biridan farq qiladigan buyumlar donalab tayyorlanadi. Ular konstruktiv va texnologik jixatidan bir-biriga o‘xshamaydi. Ularni tikishda qo‘llaniladigan gazlama turlari, buyumni mavsumbopligi, o‘lcham va bo‘ylari, tashqi qo‘rinishi boshqa modellardan farq qilib turadi.
Buyumni yakka tartibda ishlab chiqarish uchun kuyidagi ishlar olib boriladi: buyurtmachidan o‘lcham olish, unga mos modelni tanlash, asos konstruktsiyasini tuzish, modellash, andaza tayyorlash, bichish, tikish usullarini tanlash va tartibini aniqlash, buyurtmachini gavdasiga moslash va ishlab chiqarish jarayoniga tushirish. Yakka ishlab chiqarishda texnologik jarayon ikki bosqichga ajratiladi: bichish va tikish. Bichish jarayonida buyum yakka xolda donalab bichiladi. Bu usulni kamchiligi shundaki, andazalar orasidagi chiqindilar ko‘p bo‘lib, gazlamadan ratsional foydalanish imkoniyati bo‘lmaydi. Bu esa buyumni tannarxiga ta`sir etadi. Yakka tartibda ishlab chiqariladigan buyumlarni tannarxi ommaviy ishlab chiqariladiganiga nisbatan ancha katta bo‘ladi.
Tikish jarayoni bitta ishchi yoki bir-nechta ishchilar tomonidan bajariladi. Avval buyum birinchi o‘lchab ko‘rishga tayyorlanadi. Tikish jarayonida yuqori unumli mashinalar, avtomat va yarimavtomatlarni qo‘llash chegaralanadi, chunki ularning quvvatlaridan ratsional foydalanish imkoniyati bo‘lmaydi, ko‘l mexnati ko‘p ishlatiladi. Mexnatni mexanizatsiyalashtirish darajasi past bo‘ladi. Natijada buyumni yakka tartibda tikish vaqti ommaviy tikish vaqtiga qaraganda 3-5 marta ko‘p bo‘ladi. Yakka tartibda ishlab chiqaradigan jarayonlarning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari past bo‘ladi.
Ishlab chiqarishning bu turiga atelelar va yakka tartibda buyurtma bilan kiyim tikuvchi ustaxonalar kiradi.
Seriyali ishlab chiqarish turida ma`lum vaqt ichida bir necha xil bir turli buyumlarni kichik seriyalarda navbatma-navbat ishlab chiqariladi. Buyumlarni seriyali tayyorlashda avval bir kiyim to‘pi ishlab chiqariladi, so‘ng keyingi to‘pga o‘tiladi. Masalan, ayollar ko‘ylagi tikilgandan so‘ng, ayollar kostyumi tikiladi. Bir to‘p kiyimlarni tikib bo‘lguncha texnologik jarayon o‘zgarmaydi. Ishlab chiqarishning bu turida universal va maxsus mashinalar, presslar, moslamalar, zamonaviy asbob-uskunalar keng ishlatiladi, materiallardan va asbob-uskunalardan unumli foydalaniladi. Buyumlarni yakka tartibda ishlab chiqarishga nisbatan andazalar orasidagi va boshqa chiqindilar miqdori kamayadi, mexnat unumdorligi oshadi. Bu esa maxsulotni tannarxini kamayishiga olib keladi va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari yuqoriroq bo‘ladi.
Ommaviy ishlab chiqarish turida doimiy ravishda ko‘p miqdorda bir xil turdagi buyumlar ishlab chiqariladi. Ommaviy ishlab chiqarishda ishlab chiqarish jarayoni ixtisoslashtiriladi. Bunda ishlab chiqarishni xar bir bosqichi aloxida tsexlarda bajariladi: tajriba, tayyorlov, bichish, tikish va pardozlash tsexlari. Bu esa barcha texnologik jarayonlarida yuqori unumli texnika va texnologiyadan keng foydalanish, avtomat va yarim avtomatlarni qo‘llash, ishchilar orasida mexnatni ratsional taqsimlash, qo‘l mexnatini qisqartirish, og‘ir jismoniy mexnatni engillashtirish, ishlab chiqarishni barcha bosqichlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish imkonini yaratadi. Texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar yuqori darajada bo‘ladi.
Ammo ommaviy ishlab chiqarishda maxsulotlar savdo tashkilotlarining buyurtmasi asosida rejalashtirib ishlab chiqariladi. Natijada axolining bir qismi o‘ziga mos kiyimlarni tanlab olishga qiynaladi. Shuning uchush ommaviy ishlab chiqaradigan korxonalarda shaxsiy buyurtma asosida buyumlarni ishlab chiqarish tashkil qilinadi. Bunday korxonalarda shaxsiy buyurtma bo‘yicha tayyorlangan buyumlarning narxi yakka ishlab chiqarish turida tayyorlanadigan buyumlarga nisbatan arzon va 2 baravar qisqa muddatda tayyorlanishi ta`minlanadi.



Yüklə 7,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə