2-Mavzu: Korxona – milliy iqtisodiyotning asosiy bo’g’ini sifatida. Uslubiy ko‘rsatmalar



Yüklə 15,05 Kb.
səhifə1/3
tarix29.11.2023
ölçüsü15,05 Kb.
#141536
  1   2   3
amaliy mashg\'ulot 3


2-Mavzu: Korxona – milliy iqtisodiyotning asosiy bo’g’ini sifatida.
Uslubiy ko‘rsatmalar
Korxonalarda ishlab chiqarish mohiyati, korxona bo‘linmalari, ularning aloqalari, ishlab chiqarish strukturasi va uni tashkil etish turlari hamda ularni takomillashtirish yo‘nalishlari haqidagi bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan masalalar beriladi.
Har bir korxona turli sex, uchastka va xo‘jaliklardan, boshqaruv organlari va korxona xodimlariga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlardan tashkil topadi.
Korxonaning ishlab chiqarish bo‘g‘inlari, boshqaruv va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘linmalar, ularning soni va ishlovchi xodimlar soni, korxonaning umumiy strukturasini tashkil etadi.
Sex, uchastka va xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar korxonaning ishlab chiqarish bo‘linmalari hisoblanib ular o‘rtasidagi aloqalar esa ishlab chiqarish strukturasini tashkil etadi.
Ishlab chiqarish strukturasi – moddiy ishlab chiqarishning texnik iqtisodiy va iqtisodiy-geografik sharoitlarida mehnat unumdorligi darajasini, ishlab chiqarish Harajatlarini tabiiy boyliklar ekspluatatsiyasi samaradorligini namoyon etadi.
Korxona ishlab chiqarish strukturasining birligi sex hisoblanib, u korxonaning mahsulot yoki uning bir qismini tayyorlash, ishlab chiqarishning ma’lum bir bosqichi amalga oshiriladigan odministrativ jihatdan chegaralangan bo‘lishidir. ular 4 guruhdan iborat: asosiy, yordamchi, yondosh va tomorqa xo‘jaligi.
Bulardan tashqari, korxonaning ishlab chiqarish strukturasida konstruktorlik va texnalogik bo‘linmalar, ilmiy tadqiqot institutlari va laborotoriyalar ham asosiy rol’ o‘ynaydi.
Korxona ishlab chiqarish strukturasi 3 xil ko‘rinishda bo‘ladi: buyumli, texnologik va aralash.
Buyumli strukturada sexlarning alohida turdagi mahsulotlarini ishlab chiqarishga moslashtiriladi.
Texnologik strukturaga sexlarda texnologik jihatdan bir xil jarayonlar bajariladi.
Aralash strukturada esa, turli belgiga ko‘ra ixtisoslashgan sexlar o‘zaro birga tashkil etiladi.
Ishlab chiqarishning 3ta asosiy turini farqlash mumkin: yakka tartibli, seriyali va ommabop.
Yakka tartibli ishlab chiqarishda cheklangan miqdordagi turli xil va doimiy bo‘lmagan nomenklaturadagi mahsulotlar ishlab chiqariladi. Seriyali ishlab chiqarishga bir nechta detallar ustida ma’lum bir ketma-ketlikda muntazam ravishda bir nechta doimiy operatsyailarni bajaradigan ish o‘rinlari xosdir.
Ommaviy ishlab chiqarish bir turdagi cheklangan nominklaturadagi, uzoq muddatga mo‘ljallangan katta xajmdagi mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan.
Ishlab chiqarish strekturasini takomillashtirishning asosiy yo‘llari quyidagilar:
Korxona va sexlarni yiriklashtirish, asosiy yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi sexlar o‘rtasidagi ratsional munosabatlarni saqlash, ishlab chiqarish kombinatsiyalarini kuchaytirish, mahsulotning keng unifikatsiyalashtirish va standartlashtirish orqali uning konstruktiv-texnologik jixatdan birligiga erishish, korxona mahsulotining xarakterini, ixtisosini va ishlab chiqarish turini o‘zgartirish va boshqalar.
Ishlab chiqarish jarayoni strukturasining to‘g‘ri tashkil qilinishi, korxona sexlari va xizmatchi bo‘limlari o‘rtasidagi nisbatni to‘g‘ri tanlashga Ishlab chiqrish jarayoni strukturasining to‘g‘ri tashkil qilinish, korxona sexlari va xizmatchi bo‘limlari o‘rtasidagi nisbatni to‘g‘ri tanlanishiga, ishlab chiqarishni to‘g‘ri tashkil qilinishga ta’sir qiladi. Bu esa o‘z navbatida bir qator texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarning yaxshilanishiga olib keladi; ishlab chiqarishning uzluksizligini ta’minlanishiga, mahsulotni ishlab chiqarishning maromiyligini yaxshilashga, tugallanmagan ishlab chiqarish hajmiga, aylanma mablag‘larning meyorlashtirilishiga, mehnat, material vamoddiy resurslarning maqsadga muvofiq ishlatilishiga olib keladi.

Yüklə 15,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə